Axmadjonov Akrom Abduxakimovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kvars qumi -mikrokremnezyom” kompozisiyasi asosida shisha hosil bo‘lish jarayonining o‘ziga xosligi, shaffof va rangli shisha sintezi», 02.00.15 – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/K710.
Ilmiy rahbar: Kadirova Zulayxo Raimovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Mirjalil Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor; Rumi Marina Xristaforovna, kimyo fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Tomdi kvars qumi-mikrokremnezem” kompozisiyasida shisha hosil bo‘lish jarayonlarining o‘ziga hosligini aniqlash hamda shaffof va rangli shisha sintezidan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli maqsadlardagi shishalarni sintez qilish uchun Tamdi koni kvars qumi, “O‘zmetkombinat” AJ mikrokremnezemli chiqindisi, Dehqonobod dolomiti bilan foydalanish imkoniyatlari asoslangan;
past haroratli qaynatish jarayonida shisha suyuqlanmasini shakllanishining o‘ziga xosligi va undagi kremnezemni polimorf ko‘rinishlariga  fazaviy o‘tishlari aniqlangan;
shisha hosil bo‘lishining fizik-kimyoviy jarayonlari va “kvars qumi-dolomit”, ‘kvars qumi-soda”, ‘dolomit-soda”, “mikrokremnezem-dolomit”, ‘mikrokremnezem-soda” ikkilamchi sistemalarining fazaviy o‘zaro munosabat qonuniyatlari asoslangan;
“kvars qumi-dolomit-soda” va “mikrokremnezem-dolomit-soda” uchlamchi sistemalari asosida shisha namunalarining yangi tarkiblari sintez qilingan va rangsiz, hamda kvars qumini mikrokremnezem bilan almashtirishda turli gamma ranglariga ega shisha namunalari olishning maqbul parametrlari aniqlangan;
mikrokremnezemdan foydalanib, qaynash xaroratiga bog‘liq  holda shisha massasining “tarkib-struktura-xossa” funksional bog‘liqligi o‘rnatilgan va o‘rganilayotgan uchlamchi sistemalardagi shisha maqbul tarkiblarining sohalari va erish haroratining evtetik nuqtalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Suyuqlanma hosil kiluvchi qo‘shimchalar bilan Tomdi kvars qumi va mikrokremnezem asosida sintez qilingan shishalarning fizik-kimyoviy va o‘ziga xos hususiyatlarini aniqlagan holda shisha hosil bo‘lish jarayonlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kvars qumi, mikrokremnezem, dolomit asosidagi ikkilamchi va uchlamchi sistemalarda yuqori haroratda boradigan qattiq fazali reaksiyalari, shisha suyuqlanmasining hosil bo‘lishdagi fazaviy o‘zgarish qonuniyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar “Qurilish va texnik maqsadlardagi silikat va funksional materiallarning energiya va resurstejamkor tarkiblari va olish texnologiyalarini ishlab chiqish” byudjet mavzusi bo‘yicha tadqikotlarni bajarishda qo‘llanma material sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 17 yanvardagi 4/1255-107-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, past haroratda shisha hosil bo‘lish jarayonlari bo‘yicha ilmiy asoslangan, fundamental ma’lumotlar olish imkonini bergan;
noan’anaviy yuqori kremnezemli xomashyo komponentlari asosida ishlab chiqilgan shisha massasining tarkibi “ASL OYNA” MChJning “2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati“ga kiritilgan («O’zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasiing 2024 yil 26 yanvardagi 05/ 15-198-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talab darajasidagi shisha idishlar uchun shisha mahsulotlarini olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish