Adinaev Xayitali Fayzullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Molibdenit konsentratini mavhum qaynovchi qatlam pechida kuydirish va uning kuyindisini qayta ishlash texnologiyasi», 02.00.19 – Kamyob, nodir va radioaktiv elementlarning kimyoviy texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4404.
Ilmiy rahbar: Guro Vitaliy Pavlovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Daminova Shaxlo Sharipovna, kimyo fanlari doktori, professor; Yakubov Maxmudjon Muxamedovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mavxum qaynovchi qatlam (MQQ) tajriba pechini ishlab chiqish va molibdenit konsentratini kulsiz organik bog‘lovchilari asosida donadorlab kuydirish va molibden sanoat maxsulotini kuyindisini qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kaolinli bog‘lovchiga nisbatan kuyundida molibden miqdorini yuqori ta’minlaydigan mavxum qaynovchi qatlam pechida kuydirishga mos yangi Mo konsentratini donadorlash bog‘lovchisi ishlab chiqilgan;
Mo kuyundisini yangi "kaolinsiz" ishlab chiqarish texnologiyasi sinash uchun MQQ tajriba pechi yaratilgan;
an’anaviy kaolinli donadorlash sxemasiga nisbatan kaolinsiz Mo-konsentrati bog‘lovchisini qo‘llaganda molibden sanoat yarim maxsuloti molibden kuyindisining molibden bo‘yicha 5% ga boyishi isbotlangan;
mavxum qaynovchi qatlam pechini baraban pechiga almashtirilganda polimer bog‘lovchili Mo-konsentrati donalarini kuydirish jarayonining tezlashishi aniqlangan;
polimer bog‘lovchilarning kaolinga nisbatan Mo-konsentrati kuyundisida g‘ovakliroq strukturani hosil qilish xususiyati aniqlangan;
polimer bog‘lovchilar asosida shakllantirilgan Mo-konsentrati kuyindisi donachalaridan kaolin asosidagi analoglardan farqli ravishda, reniy etti oksidi ko‘proq darajada sublimatsiya qilinishi va kuyindini qayta ishlash keki oltin va kumush bilan boyitilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kulsiz polimer bog‘lovchilar bilan donadorlangan sul`fidli molibdenit konsentratini MQQ pechida kuydirib oksidlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
donador sul`fidli minerallarni mavhum qaynovchi qatlam pechi (MQQ pechi) kuydirib oksidlash tajriba reaktor qurilmasi kombinatning NM va KKICh IIChBda joriy etilgan ("OKMK" AJning 2023 yil 5 iyuldagi 07-23/01-1203-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, jarayonni optimallashtirish uchun Mo-konsentratni kuydirish amaliyoti bo‘yicha statistik ma’lumotlarni yig‘ish imkoniyati yaratilgan;
Mo-konsentrat granulalarini polimer bog‘lovchilar bilan kuydirish davrida reniy etti oksidini tutib qolish usuli “Olmaliq KMK” AJ NM va KKIChIIChB amaliyotiga joriy etilgan ("OKMK" AJning 2023 yil 5 iyuldagi 07-23/01-1203-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud texnologiya asosida 65,0% reniy o‘rniga, yangi texnologiya 98% reniyni ajratib olish imkonini bergan.