Ibragimov Izzatbek To‘lqin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkiston jadidlari ilmiy-ma’naviy merosining xorij olimlari tomonidan o‘rganilishi (Fransiya, AQSh va Turkiya olimlari misolida) 09.00.07 – “Ma’naviyat tarixi va nazariyasi” (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fal925
Ilmiy rahbar: Xo‘jaev Mo‘minjon Isoxonovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/29.12.2022.F/Ss.135.01.
Rasmiy opponentlar: Muxtorov Azamat Muxtorovich, falsafa fanlari doktori, professor, Yo‘ldosheva Farida Xujamkulovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Turkiston jadidlari ilmiy-ma’naviy merosining xorij olimlari tomonidan o‘rganilishi va yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini, xorijda yaratilgan ilmiy-badiiy asarlarda aks etishini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda ma’naviy etuk, zamon talablariga mos ravishda javob beradigan istiqbolli, kreativ fikrlaydigan kadrlarni tarbiyalash strategiyasi jadidlar ilmiy merosining asosini tashkil qiluvchi ma’rifatparvarlik g‘oyalarining ilmiy-innovatsion va dunyoviylik prinsiplariga ko‘ra hamohang ekanligi ochib berilgan;
Fransiya, AQSh va Turkiya olimlarining ilmiy-ma’naviy merosida jadidlarning g‘oyaviy-ma’naviy dunyoqarashini oshirish, mavjud ta’lim tizimini Evropa ta’lim standartlari asosida takomillashtirish, ijtimoiy-huquqiy madaniyatni yuksaltirish, bilimsizlikka, ongsizlikka va mustamlakachilikka qarshi kurashish kabi ustuvor maqsadlari ochib berilgan hamda shu asosda Turkistonda jadidlar harakatining faoliyat gorizonti hududlarning ijtimoiy-ma’rifiy geografiyasidan kelib chiqib yo‘naltirilganligi dalillangan;
Turkiston jadidlari ma’rifatparvarlik g‘oyalarining ijtimoiy-falsafiy hamda ma’naviy-ma’rifiy axborotga doir ilmiy merosidan XX asrning 20–30-yillarida Turkiyada ta’lim sohasini zamonaviylashtirishga qaratilgan islohotlarda samarali foydalanilgani, bu borada matbuotning ochiqlik, oshkoralik, tezkorlik va xolislik prinsiplari asosidagi faoliyati ijobiy natija bergani ochib berilgan;
jadidlar ilmiy-ma’naviy merosida milliy ta’lim tizimini modernizatsiyalash (shaxsning ongi, qobiliyatini rivojlantirish va takomillashtirish)ga qaratilgan islohotlar yutug‘i bugungi kundagi kabi raqobatbardosh, yaratuvchan kadrlarni tarbiyalashga bevosita, ijtimoiy muhitni tartibga soluvchi ma’naviy-axloqiy normalarga bilvosita bog‘liqligi mantiqiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turkiston jadidlari ilmiy-ma’naviy merosining xorij olimlari tomonidan o‘rganilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda ma’naviy etuk, zamon talablariga mos ravishda javob beradigan istiqbolli, kreativ fikrlaydigan kadrlarni tarbiyalash strategiyasi jadidlar ilmiy merosining asosini tashkil qiluvchi ma’rifatparvarlik g‘oyalarining ilmiy-innovatsion va dunyoviylik prinsiplariga ko‘ra hamohang ekanligi ifodalangan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatida foydalanilgan. (Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2023-yil 27-fevraldagi 02-03/1294-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi malaka oshirish markazida bosh imom-xatiblar, diniy ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari hamda otinoyilar uchun tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusidagi malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlari, ma’ruza matnlari va tezislarini ishlab chiqishda keng foydalanilgan;
Fransiya, AQSh va Turkiya olimlarining ilmiy-ma’naviy merosida jadidlarning g‘oyaviy-ma’naviy dunyoqarashini oshirish, mavjud ta’lim tizimini Evropa ta’lim standartlari asosida takomillashtirish, ijtimoiy-huquqiy madaniyatni yuksaltirish, bilimsizlikka, ongsizlikka va mustamlakachilikka qarshi kurashish kabi ustuvor maqsadlari ifodalangan ilmiy taklif va xulosalaridan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2023-yil 21-fevraldagi 08/17-167-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi konsepsiyasini tayyorlashda, shuningdek, 6 ta kitob-albom, 1 ta monografiya, ilmiy adabiy jurnalning 4 va 5-sonlarini hamda “Uchinchi Renessans – Yangi O‘zbekiston” kitob-fotoalbomini tayyorlashga xizmat qilgan;
Turkiston jadidlari ma’rifatparvarlik g‘oyalarining ijtimoiy-falsafiy hamda ma’naviy-ma’rifiy axborotga doir ilmiy merosidan XX asrning 20–30-yillarida Turkiyada ta’lim sohasini zamonaviylashtirishga qaratilgan islohotlarda samarali foydalanilgani, bu borada matbuotning ochiqlik, oshkoralik, tezkorlik va xolislik prinsiplari asosidagi faoliyatiga oid ilk bor dalillar asosida isbotlangan ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 15-maydagi 48-992-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Ochiq dars” va “Hamma uchun” ko‘rsatuvlari ssenariylarini yozishda Fransiya, AQSh, Turkiya olimlarining Turkiston jadidlari ilmiy-ma’naviy merosiga bag‘ishlangan tadqiqotlarini maxsus hamda yaxlit tarzda tadqiq etishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
Jadidlar ilmiy-ma’naviy merosida milliy ta’lim tizimini modernizatsiyalash (shaxsning ongi, qobiliyatini rivojlantirish va takomillashtirish)ga qaratilgan islohotlar yutug‘i bugungi kundagi kabi raqobatbardosh, yaratuvchan kadrlarni tarbiyalashga bevosita, ijtimoiy muhitni tartibga soluvchi ma’naviy-axloqiy normalarga bilvosita bog‘liqligi mantiqiy asoslanganligidan kelib chiqib, jadidlar ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganishning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyatiga doir ilmiy xulosa va takliflar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatiga tatbiq etilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan berilgan 2023-yil 2-martdagi 71-sonli dalolatnoma). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda buyuk ajdodlarimiz merosi asosida o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish usullarini takomillashtirishga xizmat qilgan.