Anarova Shahzoda Amanbaevnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Murakkab konfiguratsiyali sterjenlarning fazoviy yuklanish masalalarining chiziqli va geometrik nochiziqli matematik modellari va echish algoritmlari», 05.01.07–Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/T123.

Ilmiy maslahatchi: Yuldashev Tadjimat, texnika fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi DSc.27.06.2017.T.07.01.

Rasmiy opponentlar: Usmanov Rishat Niyazbekovich, texnika fanlari doktori, professor; Xo‘jaev Ismatullo Kushaevich, texnika fanlari doktori; Normurodov Chori Begalievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: murakkab konfiguratsiyalifazoviy yuklanishlardagi statik va dinamik chiziqli va geometrik nochiziqli sterjenlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati  masalalari- ning tadqiqoti uchun matematik model`, hisoblash algoritmi va dasturiy vositalarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

elastiklik deformatsiyasi va Vlasov-Djanelidze-Kabulovlar tomonidan aniqlashtirilgan nazariyalarga asosan fazoviy yuklanishlardagi sterjenlar bo‘ylama, ko‘ndalang, burovchi kuchlarning birgalikda ta’siridagi tebranishlarining statik va dinamik, chiziqli va geometrik chiziqsiz jarayonlarini umumlashgan matematik modeli Ostrogradskiy­ Gamil`ton variatsion tamoyili yordamida ishlab chiqilgan;

fazoviy yuklanishlardagi sterjenlarning ko‘ndalang egilishini, qisilgan buralishini hisobga olgan holda statik va dinamik, chiziqli va geometrik chiziqsiz deformatsion jarayonlarining matematik modellari ishlab chiqilgan;

fazoviy yuklanishlardagi sterjenlarning statik va dinamik, chiziqli va geometrik chiziqsiz masalalarini echish uchun chekli ayirmalar usuli asosida hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;

R-funksiya (RFM) va ketma-ket yaqinlashish usullaridan birgalikda foydalanib turli shakldagi kovaklari bilan ko‘ndalang kesimi ixtiyoriy prizmatik jismlarning qisilgan buralish masalalarini echish uchun taqribiy-analitik algoritm ishlab chiqilgan;

R-funksiya (RFM) va ketma-ket yaqinlashish usullarini birgalikda qo‘llash orqali murakkab konfiguratsiyali prizmatik jismlarning chiziqli masalalarini echish va hisoblash tajribalarini bajarish uchun dasturlar majmui tuzilmasi takomillashtirilgan;

fazoviy yuklanishlardagi sterjenlarning statik va dinamik, chiziqli va geometrik chiziqsiz masalalarini chekli ayirmalar usulida echish va hisoblash tajribalarini bajarish uchun dasturlar majmui tuzilmasi yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Murakkab konfiguratsiyali sterjenlarning fazoviy yuklanishlardagi masalalarining chiziqli va geometrik chiziqsiz matematik modellari va echish algoritmlari, dasturiy majmualar bo‘yicha olingan natijalar asosida:

elastiklik deformatsiyasi va Vlasov-Djanelidze-Kabulovlar tomonidan aniqlashtirilgan nazariyalar asosida fazoviy yuklangan sterjenlar bo‘ylama, ko‘ndalang, burovchi tebranishlardagi nuqtalarining ko‘chishini chiziqli va geometrik chiziqsiz jarayonlarini umumlashgan matematik modeli, hisoblash algoritmi va dasturlar majmui «Qashqadaryo Parmalash ishlari»  aksiyadorlik kompaniyasiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 2 apreldagi 33-8/2238-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot murakkab shaklli sterjenlarning chidamlilik sifatini 10%ga oshirish, avtomatlashtirilgan hisoblash jarayonining vaqtini 4-5 martaga kamaytirish imkonini bergan;

murakkab konfiguratsiyali sterjenlarning fazoviy yuklanishlardagi masalalarining chiziqli va geometrik chiziqsiz matematik modellari va echish algoritmlari asosida yaratilgan «Murakkab konfiguratsiyali elastik prizmatik jismlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hisob-kitob qiluvchi avtomatlashgan tizim» nomli dasturiy ta’minot «Uzbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi «Uztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasi,  «Transgazinjiniring» Unitar korxonasida Er osti gazni saqlash «Gazli» ob’ektining №841, №842 quduqlarini konstruksion-loyihalash jarayonida qo‘llanilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 2 apreldagi 33-8/2238-son ma’lumotnomasi).  Ilmiy tadqiqot natijasida burg‘ulash uskunalarining sterjenli tizimlarini ishlash jarayonini avtomatlashtirish, murakkab konfiguratsiyali sterjenli tizimlarni kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hisoblash orqali ishlab chiqarish 15%ga oshirish va kompyuterda hisoblash ishlarini samaradorligini oshirish hisobidan ishchi kuchini 5-7 martaga kamaytirish imkonini bergan;

elastiklik deformatsiyasi va Vlasov-Djanelidze-Kabulovlar tomonidan aniqlashtirilgan nazariyalar asosida fazoviy yuklangan sterjenlar bo‘ylama, ko‘ndalang, burovchi tebranishlardagi nuqtalarining ko‘chishini chiziqli va geometrik chiziqsiz jarayonlarini matematik modellari va hisoblash algoritmlari asosida yaratilgan «Elastik prizmatik jismlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini buralish masalarida hisob-kitob qilish» nomli dasturiy ta’minot «Geologiya davlat qo‘mitasi»ning «Geotexta’minot» davlat korxonasida geologorazvedka ekspedisiyalaridagi burg‘ulash kolonnalari ishlaridagi ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirishga imkon yaratgan  (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 2 apreldagi 33-8/2238-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida eksperimentlarni o‘tkazish tezligini 5-6 martaga oshirish imkonini bergan;

murakkab konfiguratsiyali sterjenlarning fazoviy yuklanishlardagi masalalarining chiziqli va geometrik chiziqsiz matematik modellari va echish algoritmlari «Neft` va gaz sanoati O‘zbekiston ilmiy muhandislik jamiyati»ga burg‘ulash  uskunalaridagi sterjenli tizimlarning ishlash jarayoniga va sterjenli konstruksiyalarni loyihalashga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 2 apreldagi 33-8/2238-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida murakkab shaklli sterjenlarning chidamlilik sifatini 10%ga oshirish, hisoblash vaqtini 5-6 martaga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish