Navruzova Visola Sarimbekovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fertil yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni saratonini davolash samaradorligini baholash va rejalashtirish», 14.00.14–Onkologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib80.

Ilmiy rahbar: Yuldasheva Nargiza Shavkatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.

Rasmiy opponentlar: Yusupbekov Abrorjon Axmedjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ataxanova Nigora Ergashevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston onkologiya va radiologiya ilmiy-tekshirish instituti (Qozog‘iston Respublikasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadia’zoni saqlab qoluvchi xirurgik davoni optimallashtirish hamda kombinatsiyalashgan va kompleks davo samarasini oshirish yo‘li bilan BBS bilan fertil yoshdagi ayollar hayot sifatini yaxshilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

BBS bosqichlari va o‘sma jarayoni tarqoqligini hisobga olgan holda tibbiy vizualizatsiyaning zamonaviy usullarini qo‘llab va ularning informativligi ko‘rsatkichlarini aniqlab, kasallik diagnostikasi kompleksi optimallashtirilgan;

tuxumdonlarni oziqlantiruvchi «oyoqcha»da va voronka-chanoq bog‘lamida joylashgan qon tomir-asab bog‘lanishlarni saqlab qolgan holda qorin bo‘shlig‘i yuqori qavatiga transpozisiyasi bilan kengaytirilgan gisterektomiya amaliyoti takomillashtirilgan;

BBS bilan bemorlarni kombinatsiyalashgan davo usulida gisterektomiya hamda tuxumdonlar morfofunksional holatini saqlab qolish va transpozisiyasini nazarda tutuvchi optimallashtirilgan sxemasi qo‘llanganda MENQOL so‘rovnomasi bo‘yicha hayot sifatini yaxshilanishi isbotlangan;

BBS bilan bemorlarni kombinatsiyalashgan davo usulida tuxumdonlar morfofunksional holatini saqlab qolish hamda nur va regionar arteriya ichi poliximioterapiya turli variantlarini nazarda tutuvchi optimallashtirilgan sxemasi qo‘llanganda yashab qolish ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

BBS bilan fertil yoshdagi ayollarni davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

gormon ishlab chiqaruvchi faoliyatni saqlab qolish va nurli axtalashning oldini olishga qaratilgan «tuxumdonlarni oziqlantiruvchi «oyoqcha»da va voronka-chanoq bog‘lamida joylashgan qon tomir-asab bog‘lanishlarni saqlab qolgan holda qorin bo‘shlig‘i yuqori qavatiga transpozisiyasi bilan kengaytirilgan gisterektomiya usuli» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 9 sentyabrdagi 8n-d/25-son ma’lumotnomasi) taklif etilgan. Ishlab chiqilgan usul operatsiyadan keyingi davrda fertil yoshdagi ayollar hayot sifati ko‘rsatkichlarini 2,3–5,2 barobar yaxshilash imkonini bergan;

fertil yoshdagi ayollarda BBS diagnostikasi va davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan dissertatsiya ishining olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiy markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiy markazining Jizzax filiali faoliyatiga, shuningdek, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining ul`tratovush diagnostikasi bilan onkologiya kafedrasi o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 9 sentyabrdagi 8n-d/25-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan kompleks yondashuvning qo‘llanishi BBS bilan fertil yoshdagi ayollarning uzoq muddatli yashab qolish ko‘rsatkichlarini uch yillik muddatga kelib, 78,6% dan 87,4% gacha yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish