Maxmudov Abduqaxxor Burxonjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona vodiysi milliy pichoqchilik maktablarining shakllanish tarixi va rivojlanish bosqichlari”, 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tar511
Ilmiy rahbar: Ashirov Adhamjon Azimbaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Ulug‘bek Saydanovich Abdullaev, tarix fanlari doktori, professor; Payzieva Muqaddas Xabibullaevna, Tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi milliy pichoqchilik maktablarining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, mintaqaga xos pichoqchilik maktablaridagi ustoz-shogird munosabatlari, pichoqchilik bilan bog‘liq urf-odat hamda an’analar, pichoqlardagi turli ramzlar va belgilarning semantik tahlili, sohaning bugungi kundagi holati va rivojlanish bosqichlarini tarixiy-etnografik materiallar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi pichoqchilik markazlarida pichoq turlarini tayyorlashda hududga xos uslublar (“qayqi”, “tol bargi”, “qozoqcha”, “damashq”, “to‘g‘ri pichoq”) asrlar davomida turli maktablar asosida  shakllanganligi tarixiy-etnografik materiallar asosida aniqlangan; 
mintaqadagi yirik pichoqchilik markazlari – Shahrixon va Chust maktablarining faoliyati, ushbu maktablarda yasalgan pichoqlarning o‘ziga xosligi, pichoq tig‘i, tuzilishi, dastasi, bezak va ramzlari farqlanishi (pichoq tig‘i qalinligi, tig‘dagi yarim oy va yulduzlar talqini) etnografik ma’lumotlar asosida dalillangan;
XX asrning 80-yillaridan boshlab pichoqchilikda mintaqaga import mahsulotlarning ommaviy ravishda kirib kelishi, mahsulot tayyorlashda xom ashyoning taqchilligi (mustahkam po‘lat va noyob hayvon shoxlarining etishmasligi) milliy pichoqchilik rivojlanishida salbiy ta’sir qilgani hamda milliy maktablar evrilishlarga uchrashiga sabab bo‘lganligi etnografik materiallar asosida ochib berilgan;
pichoqchilik bilan bog‘liq eʼtiqodiy qarashlar va urf-odatlar (“is chiqarish”, “chiroq yoqish”, “fotiha olish”, “bag‘ishlov”  marosimlari) ajdodlardan-avlodlarga o‘tib davom etayotganligi, ularning mohiyatan homiy-pirlarga bo‘lgan eʼtiqod, usta va shogirdlarning kasbga bo‘lgan sadoqati ko‘rinishi sifatida talqin qilinishi tarixiy manbalar va etnografik materiallar asosida yoritilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysi milliy pichoqchilik maktablarini shakllanish tarixi va rivojlanish bosqichlarini tadqiq etish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar, ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Farg‘ona vodiysi pichoqchilik markazlarida pichoq turlarini tayyorlashda hududga xos uslublar (“qayqi”, “tol bargi”, “qozoqcha”, “damashq”, “to‘g‘ri pichoq”) asrlar davomida turli maktablar asosida  shakllanganligi to‘g‘risidagi tarixiy-etnografik ma’lumotlardan Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida Farg‘ona vodiysida pichoqchilik hunarmandchiligi tarixiga bag‘ishlangan yangi ko‘rgazma tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023-yil 23-avgustdagi 02-06/2934-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur materiallar Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining Etnografiya fondini pichoqchilikka oid yangi materiallar bilan boyishi va muzeyga tashrif buyuruvchi soha mutaxassislari hamda tomoshabinlar uchun foydali bo‘lishi bilan bir qatorda hunarmandchilik tarixi haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish, milliy pichoqchilik tarixini ommaga ilmiy asosda tushuntirishda asos bo‘lib xizmat qilgan.
Mintaqadagi Shahrixon va Chust maktablarining faoliyati, ushbu maktablarda yasalgan pichoqlarning o‘ziga xosligi, pichoq tig‘i, tuzilishi, dastasi, bezak va ramzlari farqlanishi (pichoq tig‘i qalinligi, tig‘dagi yarim oy va yulduzlar talqini) to‘g‘risidagi etnografik ma’lumotlardan Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida Farg‘ona vodiysida pichoqchilik hunarmandchiligi tarixiga bag‘ishlangan yangi ko‘rgazma tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023-yil 23-avgustdagi 02-06/2934-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu materiallar Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining Etnografiya fondini pichoqchilikka oid yangi materiallar bilan boyishi va milliy pichoqchilik tarixini ommaga to‘g‘ri targ‘ib qilishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qildgan.
XX asrning 80-yillaridan boshlab pichoqchilikda evrilishlarga mintaqaga import mahsulotlarning ommaviy ravishda kirib kelishi, mahsulot tayyorlashda xom ashyoning taqchilligi (mustahkam po‘lat va noyob hayvon shoxlarining etishmasligi) sababli yuz berganligi  to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat markazi”ning 2023-yil uchun tuzilgan chora-tadbirlar dasturining VIII yoʻnalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 41-bandi “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat markazi” huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 7-dekabrdagi 439-son dalolatnomasi). Bu esa pichoqchilik bilan bog‘liq qarashlar va milliy hunarmandchilik tarmog‘ining tarixiy asoslariga doir tasavvurlarni yosh avlod ongiga singdirishda keng foydalanish imkonini bergan.
Pichoqchilik bilan bog‘liq eʼtiqodiy qarashlar va urf-odatlar (“is chiqarish”, “chiroq yoqish”, “fotiha olish”, “bag‘ishlov”  marosimlari) ajdodlardan-avlodlarga o‘tib davom etayotganligi, ularning mohiyatan homiy-pirlarga bo‘lgan eʼtiqod, usta va shogirdlarning kasbga bo‘lgan sadoqati ko‘rinishi sifatida talqin qilinishi to‘g‘risidagi tarixiy manbalar va etnografik ma’lumotlardan Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat markazi”ning 2023-yil uchun tuzilgan chora-tadbirlar dasturining VIII yoʻnalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 41-bandi “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etishda shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Namangan viloyati boshqarmasida 2022–2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari davomida keng foydalanilgan (Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat markazi” huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 7-dekabrdagi 439-son dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Namangan viloyati boshqarmasining 2023-yil 13-dekabrdagi NA-02/190-son ma’lumotnomasi).  Bu esa pichoqchilik bilan bog‘liq qarashlar, qadimiy urf-odat, an’ana va marosimlarrga doir tasavvurlarni yosh avlod ongiga singdirishda, mahalla va oilalardagi aholi bandligi, milliy hunarmandchilikning hududiy xususiyatlarini rivojlantirishga doir dasturlarni ishlab chiqishga xizmaat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish