Alixanov Boriy Batirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosida anion sirt faol moddalar va yuqori zichlikga ega burg‘ulash eritmalar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.11 - Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4063.
Ilmiy rahbar: Kadirov Abdusamig Abduvasikovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti DSc.02/30.12.2019. K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Abdikamalova Aziza Baxtiyarovna, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Muxamedov Qobiljon G‘afurovich texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi organik va noorganik sanoat chiqindilaridan anion sirt faol moddalarni olish texnologiyasini ishlab chiqish va gidrofob hamda barqarorlashtiruvchi xususiyatlarga ega fosfogips asosidagi yuqori zichlikdagi burg‘ulash eritmalarini ishlab chiqarish, ishlatilgan burg‘ulash eritmalarini qayta qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat chiqindilaridan sintez qilingan mahalliy montmorillonit va gidroslyuda gillari, akril polimerlar, fosfogips, anion sirt faol moddalar asosida yuqori zichlikka ega barqarorlashgan burg‘ulash suyuqliklarini olish ilmiy asoslangan; ingredientlarning tabiati, turi va tarkibiga qarab ularning fizik-kimyoviy xossalarini boshkarish va texnologik xossalari aniqlangan;
distillangan yog‘ kislota kub koldig‘i, natriy gidroksid, ikkilamchi alyuminiy va issiqlik elektr stansiyalarining (IES) zoloshlak qoldiqlariga asoslangan donador sirt faol moddalar OGSZ olish usuli va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
OGSZ sirt faol moddalari va akril polimerlarining (Uniflok,K-9) burg‘ulash suyuqligiga qo‘shimchalarning optimal konsentratsiyasi aniqlandi, reologik va barqarorlashadigan xususiyatlarga ega kompozisiyaning sinergik ta’siri hamda, burg‘ulash suspenziyasiga 10-15% suvli eritma shaklida OGSZ sirt faol moddasi qo‘shilishi unga gidrofob xossa, bu quduq devorlarining gilli jinslari bo‘kishini va ulardagi burg‘ulash devorini o‘pirish hodisalarining oldini olishi aniqlangan;
burg‘ulashda chiqindisiz texnologiyalarni yaratish maqsadida tarkibida bentonit, neft`, polimerlar, sirt faol moddalar, moylovchi qo‘shimchalari bo‘lgan ko‘p komponentli burg‘ulash suyuqligini qayta ishlatish maqsadida, Orolbo‘yining qurigan tubi hududida tuproq va qumlarni mustahkamlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosida anion sirt faol moddalar va yuqori zichlikga ega burg‘ulash eritmalar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bentonit gili, fosfogips, organik va noorganik chiqindilardan olingan sirt faol modda (SFM) va akril polimer asosida burg‘ulash eritmasi olish texnologiyasi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbek geologiya qidiruv” AJning 2024 yil 20 fevraldagi 01-14-193-son ma’lumotnomasi). Natijada, import qilinadigan qimmat sirt faol modda arzon mahalliy analog bilan almashtirish va burg‘ulash eritmaning tannarhi 25-30%ga kamaytirish imkonini bergan;
anion sirt faol moddalar (SFM) yordamida olingan emul`sion-polimer burg‘ulash eritmasi 140-son brigadasining burg‘ulash quduqlarida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJning “2025 yilda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zbek geologiya qidiruv” AJning 2024 yil 20 fevraldagi 01-14-193-son ma’lumotnomasi). Natijada, katta chuqurliklarda rudalarni burg‘ulash imkoniyatini beradi.