Murodov Yusufjon Jo‘raboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bosh miya astrotsitomalarida kompleks davolashni takomillashtirish» 14.00.14 – Onkologiya; 14.00.28 – Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1713.
Ilmiy rahbarlar: Gafur-Axunov Mirza-Ali Aliyorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Saidov G‘afur Normurodovich, tibbiyot fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Abduvoxid Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shodiev Amirkul Shodievich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nur terapiyasi va kimyoterapiyani optimallashtirish orqali bosh miya astrotsitomalarida kompleks davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bosh miya astrotsitomalarida modifikatsiyalashgan kompleks davolashda radiomodifikator bir vaqtning o‘zida mul`tifraksion nur terapiyasi bilan birgalikda qo‘llanilganda o‘sma hujayralarining sezuvchanligini oshirish natijasida organizmda zaharlanish darajasining oshmasligi isbotlangan;
bosh miya astrotsitomalarida nur terapiyasining mul`tifraksion usulda (bir martalik o‘choqli qiymati–1,5 Gr, umumiy kunlik o‘choqli qiymati–3 Gr, umumiy o‘choqli qiymati–60 Gr), bir soat oldin radiomodifikator bilan birga qo‘llanilishi, o‘sma hujayralarining mitotik sikliga dastlabki 6-8 soat davomida ta’sir qilib, o‘smaning qaytalanishini pasayishi va yashovchanlik darajasining uzayishiga olib kelishi isbotlangan;
bosh miya astrotsitomalarida o‘smaning aksariyat holatlarda palliativ subtotal olingandan so‘ng, qoldiq o‘smaga kimyoviy va mul`tifraksion nur hamda ad`yuvant kimyoviy terapiya o‘tkazilishi, o‘sma hujayralarining mitotik siklini keskin pasayishiga va ayrim holatlarda to‘liq regressiyasiga olib kelishi isbotlangan;
bosh miya astrotsitomalarida majmuaviy davo usulining qo‘llanilishi (operatsiya, nur va ad`yuvant kimyoviy terapiya) kasallikning nevrologik simptomlarining (tutqanoq xuruji, miyacha ataksiyasi, gemiparez, gemiplegiya, motor afaziya) neyrogen o‘tkazilchanligi yaxshilanish xisobiga, hayot sifatini yaxshilash xususiyatlari isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ekspert kengashining 2024 yildagi 29 fevraldagi 2-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2024 yil 29 fevraldagi 05/5421-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: bosh miya astrotsitomalarida ilk marotaba modifikatsiyalashgan kompleks davolash: kimyoterapiya -temozolamid radiosensibilizator sifatida bir vaqtning o‘zida mul`tifraksion nur terapiyasi bilan birgalikda qo‘llanilganda, umumiy toksiklik darajasining oshmasligi aniqlanib, uning klinik samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: bosh miya astrotsitomalarida ilk marotaba modifikatsiyalashgan kompleks davolash: kimyoterapiya -temozolamid radiosensibilizator sifatida bir vaqtning o‘zida mul`tifraksion nur terapiyasi bilan birgalikda qo‘llanilganda umumiy toksiklik darajasining oshmasligi aniqlanib, uning klinik samaradorligi bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialining 2023 yil 13 martdagi №9u-sonli hamda Qashqadaryo filialining 2023 yil 16 martdagi №74-T/2 -sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bosh miya astrotsitomalarida ilk marotaba modifikatsiyalashgan kompleks davolash: kimyoterapiya -temozolamid radiosensibilizator sifatida bir vaqtning o‘zida mul`tifraksion nur terapiyasi bilan birgalikda qo‘llanilganda, umumiy toksiklik darajasining oshmasligi aniqlanib, bunday davolash tartibining ijtimoiy samaradorligi, kasallik asoratlarining kamayishi natijasida tibbiy taktikada ishlab chiqilgan yondashuv, yotoq kunlarining sezilarli darajada qisqarishi orqali davolash sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bosh miya astrotsitomalarida ilk marotaba modifikatsiyalashgan kompleks davolash: kimyoterapiya -temozolamid radiosensibilizator sifatida bir vaqtning o‘zida mul`tifraksion nur terapiyasi bilan birgalikda qo‘llanilganda), umumiy toksiklik darajasining oshmasligi, RIOvaRIATM Buxoro filialida onkologik kasal bilan bemorning shifoxonadagi davolanish davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bir nafar bemorning nur terapiyasi uchun kuniga o‘rtacha 250000 so‘m sarflanishini nazarda tutilsa, an’anaviy kompleks davolanish davomiyligi o‘rtacha 42 kunni tashkil etishini oldindan bashoratlash bilan, bir nafar bemorga 10,5 million so‘m sarflangan, modifikatsiyalashgan kompleks davolashda esa jami davolanish davomiyligi 14 kunga qisqartirilganda, bir nafar bemorda 7 million so‘mni tejash imkonini bergan. Xulosa: bosh miya astrotsitomalarida ilk marotaba modifikatsiyalashgan kompleks davolash: kimyoterapiya -temozolamid radiosensibilizator sifatida bir vaqtning o‘zida mul`tifraksion nur terapiyasi bilan birgalikda qo‘llanilganda, umumiy toksiklik darajasining oshmasligi natijasida, jami davolanish davomiyligi 14 kunga qisqartirilganda, bir nafar bemor uchun 7 million so‘mni tejash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: bosh miya astrotsitomalarida nur terapiyasining samaradorligini oshirish maqsadida, klassik fraksiyadan farqli o‘laroq, mul`tifraksion usul qo‘llanilib (bir martalik o‘choqli qiymati – 1,5 Gr, umumiy kunlik o‘choqli qiymati – 3 Gr), qisqa vaqt ichida rejalashtirilgan umumiy o‘choqli qiymati – 60 Grga etkazilganda o‘sma qaytalanishining pasayishi va umumiy yashovchanlik darajasini oshirish tartibi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: bosh miya astrotsitomalarida nur terapiyasining samaradorligini oshirish maqsadida, klassik fraksiyadan farqli o‘laroq, mul`tifraksion usul qo‘llanilib (bir martalik o‘choqli qiymati – 1,5 Gr, umumiy kunlik o‘choqli qiymati – 3 Gr) qisqa vaqt ichida rejalashtirilgan umumiy o‘choqli qiymati – 60 Grga etkazilganda o‘sma qaytalanishining pasayishi va umumiy yashovchanlik darajasini oshirish tartibi sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialining 2023 yil 13 martdagi №9u-sonli hamda Qashqadaryo filialining 2023 yil 16 martdagi №74-T/2 -sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bosh miya astrotsitomalarida nur terapiyasining samaradorligini oshirish maqsadida, klassik fraksiyadan farqli o‘laroq, mul`tifraksion usul qo‘llanilib (bir martalik o‘choqli qiymati – 1,5 Gr, umumiy kunlik o‘choqli qiymati – 3 Gr) qisqa vaqt ichida rejalashtirilgan umumiy o‘choqli qiymati – 60 Grga etkazilganda o‘sma qaytalanishining pasayishi va umumiy yashovchanlik darajasini oshirish natijasida an’anaviy kompleks davolash usuli (OP+NT+KT) bilan solishtirganda, yotoq kunlarining davomiyligi sezilarli darajada qisqardi (o‘rtacha 42 kundan 28 kungacha) va nur terapiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar ham kamaydi. Modifikatsiyalashgan kompleks davolashdan keyin, o‘smaning qaytalanishi va o‘smaning davomiy o‘sishi standart yondashuvga nisbatan sezilarli darajada kamayishi aniqlanligi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: RIOvaRIATM Buxoro filialida bir nafar bemorning nur terapiyasi uchun kuniga o‘rtacha 250000 so‘m sarflanishini inobatga olgan holda modifikatsiyalashgan kompleks davolashda davolanish davomiyligi 14 kunga qisqartirilishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik bir nafar bemor uchun 3,5 million so‘mni tashkil etgan. Nazoratga olingan 34 nafar bemor uchun 119 million so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: bosh miya astrotsitomalarida nur terapiyasining samaradorligini oshirish maqsadida, klassik fraksiyadan farqli o‘laroq, mul`tifraksion usul qo‘llanilib (bir martalik o‘choqli qiymati – 1,5 Gr, umumiy kunlik o‘choqli qiymati – 3 Gr) qisqa vaqt ichida rejalashtirilgan umumiy o‘choqli qiymati – 60 Grga etkazilganda o‘sma qaytalanishining pasayishi va umumiy yashovchanlik darajasini oshirish natijasida 119 million so‘mni tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: bosh miya astrotsitomalarida o‘smaning aksariyat holatlarda palliativ subtotal olinishi munosabati bilan mul`tifraksion nur, kimyoviy hamda ad`yuvant kimyoviy terapiyaning o‘tkazilishi o‘sma hujayralari bo‘linishining keskin pasayishi va ayrim hollarda to‘liq regressiyasiga olib kelishi oqibatida, qaytalanish va davomiy o‘sishini pasaytirgan, shuning bilan davolash tartibining samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: bosh miya astrotsitomalarida o‘smaning aksariyat holatlarda palliativ subtotal olinishi munosabati bilan mul`tifraksion nur, kimyoviy hamda ad`yuvant kimyoviy terapiyaning o‘tkazilishi o‘sma hujayralari bo‘linishining keskin pasayishi va ayrim hollarda to‘liq regressiyasiga olib kelishi oqibatida, qaytalanish va davomiy o‘sishini pasaytirgan hamda davolash tartibining samaradorligi isbotlanganligi, sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialining 2023 yil 13 martdagi №9u-sonli hamda Qashqadaryo filialining 2023 yil 16 martdagi №74-T/2 -sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bosh miya astrotsitomalarida o‘smaning aksariyat holatlarda palliativ subtotal olinishi munosabati bilan mul`tifraksion nur, kimyoviy hamda ad`yuvant kimyoviy terapiyaning o‘tkazilishi o‘sma hujayralarining bo‘linishining keskin pasayishi va ayrim hollarda to‘liq regressiyasiga olib kelishi oqibatida, qaytalanish va davomiy o‘sishini pasaytirgan hamda davolash tartibi samaradorligining ortishi natijasida yotoq kunlari davomiyligi sezilarli darajada kamaygan (o‘rtacha 42 kundan 28 kungacha) va nur terapiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlarning kamayishi, bemorlarda yashovchanlik davomiyligining uzayishi va hayot sifatini yaxshilanishiga erishilganligi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bosh miya astrotsitomalarida o‘smaning aksariyat holatlarda palliativ subtotal olinishi munosabati bilan mul`tifraksion nur, kimyoviy hamda ad`yuvant kimyoviy terapiyaning o‘tkazilishi o‘sma hujayralari bo‘linishining keskin pasayishi va ayrim hollarda to‘liq regressiyasiga olib kelishi oqibatida, qaytalanish va davomiy o‘sishini pasaytirishga erishilgan. RIOvaRIATM Buxoro filialida an’anaviy kompleks davolash usulida, bir nafar bemorning nur terapiyasi uchun kuniga o‘rtacha 250000 so‘m sarflanishi hisobga olinganda, jami bir bemor uchun o‘rtacha 42 kunda 10,5 million so‘m mablag‘ xarajat qilingan. Ishlab chiqilgan yangi yondashuv usulida esa, bir nafar bemorning nur terapiyasi uchun kuniga o‘rtacha 250000 so‘m sarflanishini bashoratlash bilan, jami bir bemor uchun o‘rtacha 42 kundan 28 kungacha, ya’ni 14 kunga qisqarishi hisobiga 7 million so‘m mablag‘ sarflangan, yotoq kunlarining davomiyligi sezilarli darajada qisqarganligi hisobidan bir nafar bemor uchun to‘liq kurs davomida 3,5 million so‘mning tejash imkonini bergan. Xulosa: bosh miya astrotsitomalarida o‘smaning aksariyat holatlarda palliativ subtotal olinishi munosabati bilan mul`tifraksion nur va kimyoviy hamda ad`yuvant kimyoviy terapiyaning o‘tkazilishi o‘sma hujayralari bo‘linishining keskin pasayishi va ayrim hollarda to‘liq regressiyasiga olib kelishi oqibatida, o‘smaning qaytalanishi hamda davomiy o‘sishini pasaytirganligi va klinik amaliyotga joriy etilishi natijasida yotoq kunlarining davomiyligi sezilarli darajada qisqarganligi (14 kunga qisqarishi) bir nafar bemor uchun 3,5 million so‘mning tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bosh miya astrotsitomalarida kombinirlashgan davoga nisbatan ilk marta temozolamidning radiosensibilizator sifatida va nur terapiyasining mul`tifraksion tartibida birgalikda qo‘llanilishi kompleks davoning samaradorligini oshishiga, dinamikada kasallik nevrologik simptomlarining (tutqanoq xuruji, miyacha ataksiyasi, gemiparez, gemiplegiya, motor afaziya) pasayishi, yashovchanlik darajasini o‘sishi, hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan xususiyatlari asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: bosh miya astrotsitomalarida kombinirlashgan davoga nisbatan ilk marta temozolamidning radiosensibilizator sifatida va nur terapiyasining mul`tifraksion tartibida birgalikda qo‘llanilishi kompleks davoning samaradorligini oshishiga, dinamikada kasallik nevrologik simptomlarining (tutqanoq xuruji, miyacha ataksiyasi, gemiparez, gemiplegiya, motor afaziya) pasayishi sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialining 2023 yil 13 martdagi №9u-sonli hamda Qashqadaryo filialining 2023 yil 16 martdagi №74-T/2 -sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bosh miya astrotsitomalarida kombinirlashgan davoga nisbatan ilk marta temozolamidning radiosensibilizator sifatida va nur terapiyasining mul`tifraksion tartibida birgalikda qo‘llanilishi kompleks davoning samaradorligining oshishi, dinamikada kasallik nevrologik simptomlarining (tutqanoq xuruji, miyacha ataksiyasi, gemiparez, gemiplegiya, motor afaziya) pasayishi, yashovchanlik darajasining o‘sishi, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash hamda davolash samaradorligini oshirishi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: RIOvaRIATM Buxoro filialida bosh miya astrotsitomalari bilan bir nafar onkologik bemorning shifoxonadagi davolanish davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bir nafar bemorning nur terapiyasi uchun kuniga o‘rtacha 250000 so‘m sarflanishini nazarda tutilsa, an’anaviy kompleks davolanish davomiyligi o‘rtacha 42 kunni tashkil etishini oldindan bashoratlash bilan, bir nafar bemorga 10,5 million so‘m mablag‘ sarflangan. Xulosa: RIOvaRIATM Buxoro filialida bir nafar bemorning nur terapiyasi uchun an’anaviy kompleks davolanish davomiyligi o‘rtacha 42 kunni tashkil etishini oldindan bashoratlash bilan, bir nafar bemorga 10,5 million so‘m mablag‘ sarflangan.