Sayt test rejimida ishlamoqda

Shodmonov Akbar Akramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Steroid-moyil va steroid-rezistent shakldagi nospesifik yarali kolitni davolashda gravitatsion jarrohlikni asoslash", 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3. PhD/Tib2165.
Ilmiy rahbar: Kurbaniyazov Zafar Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Eshonxodjaev Otabek Juraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nospesifik yarali kolitning gormonga moyil va gormonal rezistent shakllarini davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nospesifik yarali kolitning steroidga moyil va steroidga chidamli shakllari bilan bemorlarni kompleks davolashda gravitatsion xirurgiya kursining samaradorligi yo‘g‘on ichak shilliq qavatidagi yallig‘lanish jarayonining faolligini klinik, laborator, hamda endoskopik ko‘rinishini monitoringi orqali isbotlangan;
qayta quyish va shu orqali transfuzion reaksiyalar chastotasini minimallashtirish imkonini beruvchi plazmaning bilvosita elektrokimyoviy oksigenatsiyasi orqali o‘tkaziladigan takomillashtirilgan plazmaferez usuli ishlab chiqilgan;
nospesifik yarali kolitning steroidga moyil va steroidga chidamli shakllarida plazmaferez kursi o‘tkazish orqali tezlashtirilgan remissiyaga, hamda uzoq muddat kortikosteroidlar va sitostatiklar qabul qilish bilan bog‘liq asoratlarni kamaytirishi asoslangan;
nospesifik yarali kolitning steroidga moyil va steroidga chidamli shakllari bo‘lgan bemorlarda kolektomiyalar sonining etarlicha qisqarishi va bemorlar yashash sifatining yahshilanishiga olib keluvchi plazmaferezning takomillashtirilgan usulini qo‘llash klinik asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalatining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2024-yil 18-mart 23-son xulosasiga ko‘ra:
ilmiy yangilikning mohiyati: nospesifik yarali kolitning steroidga moyil va steroidga chidamli shakllari bilan bemorlarni kompleks davolashda gravitatsion xirurgiya kursining samaradorligi yo‘g‘on ichak shilliq qavatidagi yallig‘lanish jarayonining faolligini klinik, laborator, hamda endoskopik ko‘rinishini monitoringi orqali isbotlanadi; Ilmiy yangilikning ahamiyati: yo‘g‘on ichak shilliq qavatidagi yallig‘lanish jarayonining faolligini klinik, laborator, hamda endoskopik ko‘rinishini monitoringi orqali nospesifik yarali kolitning steroidga moyil va steroidga chidamli shakllari bilan bemorlarni kompleks davolashda samarali usullardan bo‘lgan gravitatsion xirurgiya kursi tavsiya etilgan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: nospesifik yarali kolit bilan bemorlar davolash sifatini yahshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 12.01.2024 y. 17-son buyrug‘i va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 27.02.2024 y. 421-7-107-TB/2024-son buyruqlari bilan xirurgiya va koloproktologiya bo‘limlari amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ekspertlik kengashining 2024 yil 22 yanvardagi 4-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: nospesifik yarali kolitning steroidga moyil va steroidga chidamli shakllari bilan bemorlarni kompleks davolashda gravitatsion xirurgiya kursining samaradorligi yo‘g‘on ichak shilliq qavatidagi yallig‘lanish jarayonining faolligini endoskopik ko‘rinishini monitoringi natijasida asosiy guruh bemorlarida (64%) taqqoslash guruhiga nisbatan 2 barobar ko‘p (38%) endoskopik remissiyaga erishilganligi isbotlandi (r<0.05). Hatto taqqoslash guruhining 4 (7%) nafar bemoriga o‘tkazilgan davo umuman naf bermaganligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Nospesifik yarali kolit bilan bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 4 893 350 so‘m (Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 755 400 so‘m sarflanadi. Agarda bemorlarda to‘liq davo seansidan keyin endoskopik ko‘rinish remissiyasi 2 barobarga yaxshilanganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 1 510 800 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: Nospesifik yarali kolit bilan bemorlarda tavsiya qilingan kompleks davo usulini qo‘llanilishi 1 yilda 1 510 800 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 453 240 so‘m budjet mablag‘lari, 1 057 560 so‘m budjetdan tashqari mablag‘lar. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Steroid-moyil va steroid-rezistent shakldagi nospesifik yarali kolitni davolashda gravitatsion jarrohlikni asoslash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 05-martdagi №1898-sonli xati yuborilgan.
ilmiy yangilikning mohiyati: qayta quyish va shu orqali transfuzion reaksiyalar chastotasini minimallashtirish imkonini beruvchi plazmaning bilvosita elektrokimyoviy oksigenatsiyasi orqali o‘tkaziladigan takomillashtirilgan plazmaferez usuli ishlab chiqilgan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: ishlab chiqilgan plazmaning bilvosita elektrokimyoviy oksigenatsiyasi orqali o‘tkaziladigan takomillashtirilgan plazmaferez usuli orqali transfuzion reaksiyalar chastotasi kamaytirildi; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: nospesifik yarali kolit bilan bemorlar davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 12.01.2024 y. 17-son buyrug‘i va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 27.02.2024 y. 421-7-107-TB/2024-son buyruqlari bilan xirurgiya va koloproktologiya bo‘limlari amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ekspertlik kengashining 2024 yil 22 yanvardagi 4-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  ishlab chiqilgan takomillashtirilgan plazmaferez usulini to‘liq seansidan so‘ng nospesifik yarali kolitning etakchi simptomlaridan biri bo‘lgan tez-tez chiquvchi suyuq defekatsiya simptomi chastotasining asosiy guruhdagi NYaKning og‘ir kechishi bo‘lgan bemorlarda taqqoslash guruhidagi bemorlarga (15%) nisbatan 4 marta kam (4%) uchraganligi isbotlandi (r<0.001). Bu bemorlar uchun kuchli ijtimoiy-psixologik rol o‘ynab, yashash sifatining yaxshilanishiga katta ta’sir qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Nospesifik yarali kolit bilan bemorlarda taklif etilgan takomillashtirilgan plazmaferez kursining to‘liq seansiga odatda umumiy o‘rtacha 1 180 400 so‘m sarflanadi (Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan kompleks davo natijasida ijobiy natijalar 4 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 4 721 600 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Nospesifik yarali kolit bilan bemorlarda tavsiya qilingan kompleks davo usulini qo‘llanilishi 1 yilda 4 721 600so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 1 416 480 so‘m budjet mablag‘lari, 3 305 120 so‘m budjetdan tashqari mablag‘lar. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Steroid-moyil va steroid-rezistent shakldagi nospesifik yarali kolitni davolashda gravitatsion jarrohlikni asoslash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 05-martdagi №1898-sonli xati yuborilgan.
ilmiy yangilikning mohiyati: nospesifik yarali kolitning steroidga moyil va steroidga chidamli shakllarida plazmaferez kursi o‘tkazish orqali tezlashtirilgan remissiyaga, hamda uzoq muddat kortikosteroidlar va sitostatiklar qabul qilish bilan bog‘liq asoratlarni kamaytirishga erishilgan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: taklif etilgan takomillashtirilgan plazmaferez kursini o‘tkazish orqali nospesifik yarali kolitning steroidga moyil va steroidga chidamli shakllarida tezlashtirilgan remissiyaga, hamda uzoq muddat kortikosteroidlar va sitostatiklar qabul qilish bilan bog‘liq asoratlarni kamaytirishga erishiladi; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: nospesifik yarali kolit bilan bemorlar davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 12.01.2024 y. 17-son buyrug‘i va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 27.02.2024 y. 421-7-107-TB/2024-son buyruqlari bilan xirurgiya va koloproktologiya bo‘limlari amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ekspertlik kengashining 2024 yil 22 yanvardagi 4-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nospesifik yarali kolitning steroidga moyil va steroidga chidamli og‘ir kechuvchi shakllaridagi bemorlarda taklif etilgan takomillashtirilgan plazmaferez kursini qo‘llagan holda, davolashning to‘liq seansidan keyin odatdagi gormonal usulda davolanayotgan bemorlarga (22%) nisbatan 4,5 barobar ko‘p holatda (96%) klinik remissiyaga erishildi (r<0.001). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Nospesifik yarali kolit bilan bemorlarda taklif etilgan takomillashtirilgan plazmaferez kursining to‘liq seansiga odatda umumiy o‘rtacha 1 180 400 so‘m sarflanadi (Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan kompleks davo natijasida 4.5 barobar ko‘p holatda klinik remissiyaga erishilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 5 311 800 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Nospesifik yarali kolit bilan bemorlarda tavsiya qilingan kompleks davo usulini qo‘llanilishi 1 yilda 5 311 800 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 1 593 540 so‘m budjet mablag‘lari, 3 718 260 so‘m budjetdan tashqari mablag‘lar. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Steroid-moyil va steroid-rezistent shakldagi nospesifik yarali kolitni davolashda gravitatsion jarrohlikni asoslash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 05-martdagi №1898-sonli xati yuborilgan.
ilmiy yangilikning mohiyati: nospesifik yarali kolitning steroidga moyil va steroidga chidamli shakllari bo‘lgan bemorlarda kolektomiyalar sonining etarlicha qisqarishi va bemorlar yashash sifatining yaxshilanishiga olib keluvchi plazmaferezning takomillashtirilgan usulini qo‘llash klinik asoslangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: tavsiya qilingan plazmaferezning takomillashtirilgan usulini qo‘llanishi natijasida nospesifik yarali kolitning steroidga moyil va steroidga chidamli shakllari bo‘lgan bemorlarda kolektomiyalar sonining etarlicha qisqarish va bemorlar yashash sifatining yaxshilanish imkonini berdi; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: nospesifik yarali kolit bilan bemorlar davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 12.01.2024 y. 17-son buyrug‘i va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 27.02.2024 y. 421-7-107-TB/2024-son buyruqlari bilan xirurgiya va koloproktologiya bo‘limlari amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ekspertlik kengashining 2024 yil 22 yanvardagi 4-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tavsiya qilingan plazmaferezning takomillashtirilgan usulini bemorlarda qo‘llanilishi nospesifik yarali kolitning gormonga moyil va gormonal rezistent shakllari bo‘lgan bemorlarda jarrohlik aralashuvlar chastotasini 9,42% dan 4,08% gacha (2 barobar) qisqartirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi Nospesifik yarali kolit bilan bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 4 893 350 so‘m (Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra) sarflanadi. Bu summaning ichida operativ davo va 2 kun reanimatsiya bo‘limidagi o‘rin-kunlar 1 829 900 (431 300 + 1 398 600) so‘mni tashkil qiladi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan kompleks davo natijasida jarrohlik aralashuvlar chastotasini 2 barobar qisqartirishini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3 659 800 so‘mni (2 ta bemorga) tashkil etadi. Xulosa: Nospesifik yarali kolit bilan bemorlarda tavsiya qilingan kompleks davo usulini qo‘llanilishi 1 yilda 3 659 800 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 1 097 940 so‘m budjet mablag‘lari, 2 561 860 so‘m budjetdan tashqari mablag‘lar. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanilishi: «Steroid-moyil va steroid-rezistent shakldagi nospetsifik yarali kolitni davolashda gravitatsion jarrohlikni asoslash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 05-martdagi №1898-sonli xati yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish