Nazarov Behzod Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jinsiy a’zolar prolapsi mavjud bemorlarda operatsiyadan oldingi tayyorgarlik va operatsiyadan keyingi bemorlarni olib borishni optimallashtirish”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1611.
Ilmiy maslahatchi: Niyozmetov Raxmatillo Ermatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Negmadjanov Baxodur Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).  
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: jinsiy a’zolar prolapsining III–IV darajasi bo‘lgan bemorlarda innovatsion texnologiyalarni dori vositalar bilan  kompleks qo‘llagan holda jarroxlik amaliyotidan oldingi tayyorgarlik va keyingi davoni optimallashtirish natijasida jarrohlikdan so‘ngi asoratlar va residivlarni kamaytirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq sharoitida yashovchi ayollarda shahar sharoitida yashovchilardan ko‘ra jinsiy a’zolar prolapsi uchrash chastotasi yuqori bo‘lib, xavf omillar ichida og‘ir jismoniy mehnat, hamda anamnezidagi uch va undan ortiq tug‘ruqlar mavjudligi ahamiyatli ekanligi isbotlangan;
 jinsiy a’zolarning III- IV darajali prolapsini jarrohlik usulida davolashdan oldin va keyingi  yiringli asoratlarni kamaytirishda, standart davo bilan bir paytda innovatsion ul`tratovush kavitatsiya usuli yordamida xlorgeksidinning 0,05% suvli eritmasi qo‘llanilish samaradorligi aniqlangan;
jinsiy a’zolarning III-IV darajali prolapsi aniqlangan bemorlarda innovatsion ul`tratovush kavitatsiya  takomillashtirilgan usulni qo‘llash, qin mikrobiotsenozini me’yorlashtirish, dekubital yaralarni kichraytirish, prolaps residivni 4,75 baravargacha kamaytirishga olib kelishi isbotlangan;
jinsiy a’zolar prolapsini erta darajalarida aniqlash va xavf omillarini bartaraf etish, jarrohlik amaliyoti talab qilinganda davo samaradorligini oshirish va asoratlarni kamaytirishning bosqichma-bosqich amalga oshirish dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 15 martdagi №24-Z/016  xulossiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutining 2023 yil 28 sentyabrdagi 04/5484-sonli xati yuborilgan.
birinchi ilmiy yangilik: qishloq sharoitida yashovchi ayollarda shahar sharoitida yashovchilardan ko‘ra jinsiy a’zolar prolapsi uchrash chastotasi yuqori bo‘lib, xavf omillar ichida og‘ir jismoniy mehnat, hamda anamnezidagi uch va undan ortiq tug‘ruqlar mavjudligi ahamiyatli ekanligi isbotlangan va Peshku tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq 01.07.2023 y. № 82, Buxoro shahar 8 sonli oilaviy poliklinika bo‘yicha buyruq 27.06.2023 y.; № 37, hamda Buxoro shahar 11 sonli oilaviy poliklinika bo‘yicha buyruq 29.06.2023 y.; № 59 buyruq asosida amaliyotga tadbiq qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qishloq sharoitida yashovchi ayollar orasida jinsiy a’zolar prolapsi uchrash chastotasi va  unga olib keluvchi xavf omillar aniqlanganligini inobatga olinishi, ayollarda davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qishloq sharoitida yashovchi ayollar orasida jinsiy a’zolar prolapsi uchrash chastotasi va  unga olib keluvchi xavf omillar aniqlanganligini inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, operatsiyadan keyingi  asoratlarini oldini olishga hamda residivlarni kamaytirish hisobidan sarflanadigan xarajatlarini 525 600 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: qishloq sharoitida yashovchi ayollar orasida jinsiy a’zolar prolapsi uchrash chastotasi va  unga olib keluvchi xavf omillar aniqlangan, bu o‘z navbatida ayollarning barchasida kasallik asoratlarini oldini olishda inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish hisobidan, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 525 600 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 240 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: jinsiy a’zolarning III- IV darajali prolapsini jarrohlik usulida davolashdan oldin va keyingi  yiringli asoratlarni kamaytirishda, standart davo bilan bir paytda innovatsion ul`tratovush kavitatsiya usuli yordamida xlorgeksidinning 0,05% suvli eritmasi qo‘llanilish samaradorligi aniqlangan va Peshku tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq 01.07.2023 y. № 82, Buxoro shahar 8 sonli oilaviy poliklinika bo‘yicha buyruq 27.06.2023 y.; № 37, hamda Buxoro shahar 11 sonli oilaviy poliklinika bo‘yicha buyruq 29.06.2023 y.; № 59 buyruq asosida amaliyotga tadbiq qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jinsiy a’zolarning III darajali prolapsida an’anaviy davoga nisbatan innovatsion ul`tratovush kavitatsiya yordamida xlorgeksidinning 0,05% suvli eritmasidan foydalanish usuli ishlab chikilganligini hisobga olinishi operatsiyadan keyingi rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jinsiy a’zolarning III darajali prolapsida an’anaviy davoga nisbatan innovatsion ul`tratovush kavitatsiya yordamida xlorgeksidinning 0,05% suvli eritmasidan foydalanish usuli ishlab chikilganligini hisobga olinishi operatsiyadan keyingi rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini berishi isbotlanganligi hisobiga: 1 nafar bemor ayolning  jarrohlik amaliyotidan oldin va keyingi asoratlar kuzatilganda, o‘rtacha 1 415 000 so‘m sarflanadi, asoratlar profilaktikasi maqsadida  innovatsion kavitatsiya usulini qo‘llaganda, davo 445 400 so‘mni tashkil etib,  byudjetdan tashqari xarajatlardan 969 600 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.  Xulosa: jinsiy a’zolarning III darajali prolapsida an’anaviy davoga nisbatan innovatsion ul`tratovush kavitatsiya yordamida xlorgeksidinning 0,05% suvli eritmasidan foydalanish usuli ishlab chikilganligini hisobga olinishi operatsiyadan keyingi rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini berishi isbotlanganligini hisobga olinishi: davolanish samarasini oshirishga davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: jinsiy a’zolarning III-IV darajali prolapsi aniqlangan bemorlarda innovatsion ul`tratovush kavitatsiya  takomillashtirilgan usulni qo‘llash, qin mikrobiotsenozini me’yorlashtirish, dekubital yaralarni kichraytirish, prolaps residivni 4,75 baravargacha kamaytirishga olib kelishi isbotlanganva Peshku tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq 01.07.2023 y. № 82, Buxoro shahar 8 sonli oilaviy poliklinika bo‘yicha buyruq 27.06.2023 y.; № 37, hamda Buxoro shahar 11 sonli oilaviy poliklinika bo‘yicha buyruq 29.06.2023 y.; № 59 buyruq asosida amaliyotga tadbiq qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jinsiy a’zolarning IV darajali prolapsida jarroxlik amaliyotidan oldin suvda eriydigan konyugirlangan esterogendan foydalanish, an’anaviy davoga nisbatan qin shilliq qavati bazal qismida trofika va reparativ-regenerativ xususiyatlar yaxshilanishiga yordam bergan bo‘lib o‘z navbatida bemorlarda operatsiyadan so‘ngi rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish hisobiga ijtimoiy samaradorlikni oshirish imkoniyatini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jinsiy a’zolarning IV darajali prolapsida jarroxlik amaliyotidan oldin suvda eriydigan konyugirlangan esterogendan foydalanish, an’anaviy davoga nisbatan qin shilliq qavati bazal qismida trofika va reparativ-regenerativ xususiyatlar yaxshilanishiga yordam bergan bo‘lib o‘z navbatida bemorlarda operatsiyadan so‘ngi rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish hisobiga 1 nafar bemor ayolning  jarrohlik amaliyotidan oldin va keyingi asoratlar kuzatilganda, o‘rtacha 1 415 000 so‘m sarflanadi, asoratlar profilaktikasi maqsadida  innovatsion ul`tratovushli kavitatsiya usulini qo‘llaganda (davomiyligi 7 kun), davo 645 310 so‘mni tashkil etib,  byudjetdan tashqari xarajatlardan 769 690 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.  Xulosa: jinsiy a’zolarning III darajali prolapsida an’anaviy davoga nisbatan innovatsion ul`tratovush kavitatsiya yordamida xlorgeksidinning 0,05% suvli eritmasidan foydalanish usuli ishlab chikilganligini hisobga olinishi operatsiyadan keyingi rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini berishi isbotlanganligini hisobga olinishi: davolanish samarasini oshirishga davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: jinsiy a’zolarning IV darajali prolapsida jarroxlik amaliyotidan oldin suvda eriydigan konyugirlangan esterogendan foydalanish, an’anaviy davoga nisbatan qin shilliq qavati bazal qismida trofika va reparativ-regenerativ xususiyatlar yaxshilanishiga yordam bergan bo‘lib o‘z navbatida bemorlarda operatsiyadan so‘ngi rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jinsiy a’zolar prolapsini erta darajalarida aniqlash va xavf omillarini bartaraf etish, jarrohlik amaliyoti talab qilinganda davo samaradorligini oshirish va asoratlarni kamaytirishning bosqichma-bosqich amalga oshirish dasturi ishlab chiqilgan va Peshku tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq 01.07.2023 y. № 82, Buxoro shahar 8 sonli oilaviy poliklinika bo‘yicha buyruq 27.06.2023 y.; № 37, hamda Buxoro shahar 11 sonli oilaviy poliklinika bo‘yicha buyruq 29.06.2023 y.; № 59 buyruq asosida amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jinsiy a’zolarning prolapsini erta bosqichlarda aniqlash va jarrohlik amaliyotigacha bemorni taklif etilayotgan algoritm asosida davolashda jarrohlik amaliyotidan oldingi davoda o‘simliklardan tayyorlangan fitopreparatlar va jarrohlik amaliyotidan keyin davrda uch komponentli qin shamchalarni qo‘llash bemor ayollarda asoratlarni oldini olish va statsionar davo kunlarini qisqartirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jinsiy a’zolarning prolapsida jarrohlik amaliyotidan oldingi davoda o‘simliklardan tayyorlangan fitopreparatlar va jarrohlik amaliyotidan keyin davrda uch komponentli qin shamchalarni qo‘llash hisobiga bemorning statsionarda davolanish muddatini  o‘rtacha 6,0 kunga  qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga 685 600 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: jinsiy a’zolarning prolapsida jarrohlik amaliyotidan oldingi davoda o‘simliklardan tayyorlangan fitopreparatlar va jarrohlik amaliyotidan keyin davrda uch komponentli qin shamchalarni qo‘llash, o‘z navbatida, operatsiyadan so‘ngi davrda rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga bemorning statsionarda davolanish muddatini  qisqartirib, 1 bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 685 600 so‘mg mablag‘larni iqtisod qilish imkonini berdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish