Sayt test rejimida ishlamoqda

Xakimova Zulxumor Karimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Epidemiologiya, faktori riska i innovatsionnie aspekti profilaktiki zabolevaniy organa zreniya u dolgojiteley v usloviyax Uzbekistana”, 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot, 14.00.08- Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2. DSc /Tib730.
Ilmiy maslahatchilar: Mamasoliev Nematjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamilov Xolidjan Maxamadjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.04/04.03.2022Tib.95.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.  
Rasmiy opponentlar: Mirsaydullaev Mirmaxmud Mirshaxidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Imsheneskaya Tat`yana Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Belorusiya); Islamov Ziyovuddin Sadriddinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Kursk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi ayrim xududlarida uzoq umr ko‘ruvchilar orasida ko‘z kasalliklari epidemiologiyasi va xamrox turli xil xavf omillarida ularning rivojlanishini o‘rganish, xayot va tibbiy xizmat sifatini  baxolash, shuningdek oftal`mo kontinuumni  samarali innovatsion dasturlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi uzoq umr ko‘ruvchilarida ko‘z kasalliklarini epidemiologik aniqlashda yangicha metodik  yondashuvlar va profilaktik algoritmlar ishlab chiqilgan;
yangicha metodik yondashuv va algoritm asosida, shaxar va qishloq, erkak va ayol uzoq umr ko‘ruvchilar (UUK) orasida ko‘z kasalliklarini  tarqalishi, va to‘r pardaning patologiyalari orasida turli darajadagi gipertonik retinopatiya darajasi aniqlangan;
ko‘z kasalliklari bo‘lgan UUK ni elektron nazorati, dispanserizatsiyasi  ishlab chiqilgan usul yordamida amalga oshirilgan, va shakllanish xususiyatlari va ularni qiyosiy taqqoslanishi, kasalliklarni keltirib chiqaruvchi xavf omillari o‘rganilgan va aniqlangan;
 asosiy umumsomatik kasalliklar va ko‘z xastaliklarini rivojlanishida ularning komorbidligi va boshqa mintaqalarga qaraganda sezilarli darajada axamiyati asoslangan;
analitik prospektiv tadqiqot yo‘li bilan UUKda ko‘z kasalliklarini rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosan uning atrofiyasi shaklida asosiy omillar  isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 27 iyun`dagi 06/14 sonli xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yilda  31  sentyabrdagi №06 I -3 /x –son bilan xat yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: O‘zbekiston Respublikasidagi uzoq umr ko‘ruvchilarning ko‘rish organi kasalliklarini epidemiologik aniqlash bo‘yicha yangi uslubiy yondashuvlar va profilaktika algoritmlari ishlab chiqildi. Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z kasalliklari mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazi Farg‘ona filialida 2023 yil 19 iyun`dagi 80-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z kasalliklari mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazi Namangan filialida 2023 yil 19 iyun`dagi  204-A/F-sonli va Andijon viloyati ko‘z kasalliklari shifoxonasida 2023 yil 19 iyun`dagi  11-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Farg‘ona vodiysi, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida  olib borilgan epidemiologik tadqiqotlar natijasida  uzoq umr ko‘ruvchilarda eng ko‘p  uchraydigan ko‘z kasalliklari aniqlandi va natijada   oftal`molog shifokorlar uchun  ko‘z kasalliklarini erta aniqlash va asoratlarini oldini olish uchun profilaktik algoritm ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Farg‘ona vodiysi, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida  yashovchi UUK da ko‘z kasalliklaridan ko‘z yordamchi apparati kasalligi, gavhar kasalligi, refraksiya anomaliyalari va gipertoniya kasalligidagi ko‘zdagi o‘zgarishlar asosiy ko‘z kasalliklari ekanligini epidemiologik aniqlanishi  oftal`molog shifokorlar uchun  ko‘z kasalliklarini erta aniqlash va asoratlarini oldini olish uchun profilaktik algoritm ishlab chiqilishiga asos bo‘ldi. Natijada  ushbu kasalliklarni erta aniqlash,davolash va ulardan kelib chiqadigan asoratlarni oldini olishdan 2050000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: Farg‘ona vodiysi, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi uzoq umr ko‘ruvchilarda ko‘rish a’zosi kasalliklaridan ko‘z yordamchi apparati kasalligi, gavhar kasalligi, gipertoniya kasalligidagi ko‘zdagi o‘zgarishlar, refraksiya anomaliyalari asosiy ko‘z kasalliklari ekanligi aniqlandi va natijada ularni oldini olish  profilaktik algoritmi ishlab   chiqildi va bu bilan ko‘rlik va nogironlikni samarali profilaktikasiga erishildi. To‘g‘ri  va vaqtida klinik tashxis qo‘yishga va davolashga, profilaktikasiga erishilishi 1 nafar uzoq umr ko‘ruvchini  bir marta ko‘z bo‘limida qayta yotib davolanishi uchun o‘rtacha (hozirgi kunda klinikamizda oftal`mologiya bo‘limida 1 kun yotish 75000 so‘m, dori-darmonga 23000 so‘m) o‘n  kun yotib davolanishdan 980 000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: uzoq umr ko‘ruvchilarda ilk bora eng ko‘p uchraydigan asosiy umumiy terapevtik kasalliklar va  ularning o‘zaro komorbidligi, ko‘ruv a’zosi kasalliklarini rivojlanishidagi roli aniqlandi. Bu yangilik  Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z kasalliklari mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazi Farg‘ona filialida 2023 yil 19 iyun`dagi 80-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z kasalliklari mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazi Namangan filialida 2023 yil 19 iyun`dagi  204-A/F-sonli va Andijon viloyati ko‘z kasalliklari shifoxonasida 2023 yil 19 iyun`dagi  11-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘rganilgan regionlarda yashovchi uzoq umr ko‘ruvchilarda bosh miya qon tomirlarini aterosklerozi, gipertoniya, yurak ishemik kasalliklari, oshqozon ichak trakti kasalliklari, tayanch xarakat tizimi kasalliklari va anemiya kabi umumsomatik kasalliklarini ko‘z yordamchi apparati kasalliklari, gavhar kasalliklari, gipertoniya kasalligidagi ko‘zdagi patologik o‘zgarishlarni rivojlanishidagi xissasini bilish natijasida ko‘z kasalliklarini davolashda, asoratlarini oldini olishda   muhim ko‘rsatkich ekanligini bilishga xizmat qildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘z kasalliklaridan ko‘z yordamchi apparati kasalliklari, gavhar kasalliklari, gipertoniya kasalligidagi ko‘zdagi patologik o‘zgarishlar umumiy kasalliklardan bosh miya qon tomirlari aterosklerozi,  gipertoniya, va boshqa umumiy kasalliklar bilan komorbidlik darajasini  oftal`molog va umumiy amaliyot shifokorlarini bilishlaridan,  bemorlarda ko‘z kasalliklaridan va umumiy kasalligidan kelib chiqadigan asoratlarni, nogironlik va ko‘rlikning  oldini olishga va bemorlarni ko‘z yordamchi apparati kasalliklaridan 34,9% holatda tuzalib ketishiga olib keldi, 26,2% hollarda yaxshilanishga; gavhar kasalliklarida mos ravishda 56,2% tuzalish va 16,0% holatda yaxshilanishga olib keldi. Natijada jami 1 576 000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: UUK da uchraydigan asosiy umumiy kasalliklar va ularni ko‘z kasalliklarni rivojlanishidagi rolini bilish natijasida,  bemorlarda ko‘z kasalliklaridan va umumiy kasalligidan kelib chiqadigan asoratlarni, nogironlik va ko‘rlikning  oldini olishga olib keldi. Natijada jami 1 576 000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilishga erishildi.
uchinchi ilmiy yangilik: ko‘ruv a’zosi kasalliklarini oldini olishning ilmiy asos beruvchi xavf omillari konsepsiyasi ishlab chiqildi. Regionlarda eng keng tarqalgan xavf omili bu yuqori insolyasiya (18,09%) va kasallikni nasldan naslga o‘tishi omili ham hududlarda asosiy omillardan ekanligi, keyingi o‘rinlarda chekish (7,5%) va aksariyat uglevodli ovqatlanish (13,95%) kabi xavf omillari aniqlandi.  Refraksiya anomaliyalarida eng ko‘p xavf omili bu alkogolizm (8,57%) va aksariyat uglevodli ovqatlanish (6,98%) ekanligi aniqlandi. Ushbu yangilik  Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z kasalliklari mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazi Farg‘ona filialida 2023 yil 19 iyun`dagi 80-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z kasalliklari mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazi Namangan filialida 2023 yil 19 iyun`dagi  204-A/F-sonli va Andijon viloyati ko‘z kasalliklari shifoxonasida 2023 yil 19 iyun`dagi  11-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘z kasalliklariga sabab bo‘luvchi xavf omillarini aniqlash va ularni xavflilik darajasini va bir necha xavf omilining birgalikda kechishini oftal`molog va umumiy amaliyot shifokorlarining bilishlari, bu yoshdagi aholini ko‘z kasalliklarini rivojlanishini, ko‘rlik va nogironlik holatining oldini olishga xizmat qildi va ko‘p faktorli profilaktik chora-tadbirlarni qo‘llash zarurligini ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat bo‘ldi: 1) Uzoq umr ko‘ruvchilarda ko‘rish a`zosi kasalliklari uchun xavf omillarini kamida 50% ga kamayishiga erishildi; 2) Uzoq umr ko‘ruvchilarni  100 foizini zarur yuqori sifatli profilaktik yordam / oftal`mologik nazorat bilan ta’minlanishiga erishildi; 3) oftal`mologik "oxirgi nuqtalar" ning kamida 15%, maksimal 20% ni kamaytirishga (nogironlik va erta ko‘rlik) erishildi. Natijada 1 nafar uzoq umr ko‘ruvchini  bir marta ko‘z bo‘limida qayta yotib davolanishi uchun o‘rtacha (hozirgi kunda klinikamizda oftal`mologiya bo‘limida 10 kun yotish 1 420 000 so‘m, dori-darmonga 550000 so‘m) 1 970 000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: Ko‘z kasalliklarining rivojlanishiga olib keluvchi yuqori insolyasiya, nasliy omil, chekish, alkogol` iste’mol qilish, aksariyat uglevodli ovqatlanish tartibi kabi xavf omillarini bilish orqali ko‘rlik va nogironlikni 30% oldini olishga erishildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: O‘zbekistonning turli iqlimiy geografik xududlarida yashovchi uzoq umr ko‘ruvchilarining orasida ko‘z kasalliklari tufayli nogironlanish xususiyatlari o‘rganildi. Bu yangilik  Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z kasalliklari mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazi Farg‘ona filialida 2023 yil 19 iyun`dagi 80-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z kasalliklari mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazi Namangan filialida 2023 yil 19 iyun`dagi  204-A/F-sonli va Andijon viloyati ko‘z kasalliklari shifoxonasida 2023 yil 19 iyun`dagi  11-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: uzoq umr ko‘ruvchilarni ko‘z kasalliklari va bir vaqtdagi umumiy kasalliklari tufayli nogironlanish ko‘rsatgichlarini bilish sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inidagi oftal`molog va umumiy amaliyot shifokorlariga uzoq umr ko‘ruvchilardagi nogironlikka sabab bo‘luvchi omillarini bartaraf etishda va oldini olishda profilaktik chora tadbirlarni ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qildi.         Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘rganilgan regionlardagi ko‘z kasalliklari bo‘lgan uzoq umr ko‘ruvchilarni ko‘z kasalliklari tufayli nogironlanish ko‘rsatkichlarini bilish natijasida  20% ga oldini olishga erishildi, o‘z vaqtida davo muolajalarini belgilashga imkon yaratdi va natijada uzoq umr ko‘ruvchilarda shifoxonada yotib davolanish va davolanishga sarflanadigan iqtisodiy xarajatlarni 50% holatda ko‘z kasalliklarining rivojlanib ketishini to‘xtatishga sabab bo‘ldi. Bir bemorni 10 kun statsionar davolanishidan 1 970 000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: uzoq umr ko‘ruvchilarni ko‘z kasalliklari va bir vaqtdagi umumiy kasalliklari tufayli nogironlanish ko‘rsatgichlarini bilish sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inidagi oftal`molog va umumiy amaliyot shifokorlariga uzoq umr ko‘ruvchilardagi nogironlikka sabab bo‘luvchi omillarini bartaraf etishda va oldini olishda profilaktik chora tadbirlarni ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qildi va natijada bir bemorni 10 kun statsionar davolanishidan 1 970 000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.
beshinchi ilmiy yangilik: uzoq umr ko‘ruvchi aholisi orasida ko‘rish a’zosi kasalliklarini kuzatish, dispanserizatsiyasi, boshqarish, davolash va oldini olish algoritmi va elektron dasturi ishlab chiqildi va amaliyotga Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z kasalliklari mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazi Farg‘ona filialida 2023 yil 19 iyun`dagi 80-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z kasalliklari mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazi Namangan filialida 2023 yil 19 iyun`dagi  204-A/F-sonli va Andijon viloyati ko‘z kasalliklari shifoxonasida 2023 yil 19 iyun`dagi  11-sonli buyruqlar bilan joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yaratilgan algoritm birlamchi tibbiy-sanitariya yordami darajasida ko‘z shifokori va oilaviy shifokorning klinik ko‘rikdan o‘tkazish, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va uzoq umr ko‘ruvchilarda ko‘rik a’zosi kasalliklarini oldini olish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: profilaktik tibbiy ko‘rik algoritmidan foydalanish birlamchi tibbiy-sanitariya yordami darajasida ko‘z kasalliklarini erta aniqlash, tashxis qo‘yish va o‘z vaqtida davolash imkonini berdi; uzoq umr ko‘ruvchilarda holati 3,5 barobarga yaxshilandi, 89% hollarda ko‘z kasalliklarining rivojlanishini to‘xtatishga olib keldi. Bu Farg‘ona vodiysida kuzatuvda bo‘lgan 60 ta uzoq umr ko‘ruvchilar davolanishiga 3 million 360 ming so‘m mablag‘ni tejash imkonini berdi. Xulosa: birlamchi tibbiy-sanitariya yordami darajasida ko‘z kasalliklarini klinik ko‘rikdan o‘tkazish, o‘z vaqtida tashxislash va oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm kasallikni barvaqt aniqlash, tashxis qo‘yish va o‘z vaqtida davolash imkonini berdi va buning natijasida uzoq umr ko‘ruvchilarda xolatini 3,5 barobarga yaxshiladi, ko‘ruv a’zolari kasalliklarini 89% hollarda rivojlanishini to‘xtashiga erishildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish