Sayt test rejimida ishlamoqda

Yunusxanova Kamila Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Revmatoid artrit kasalliklarida parodont yallig‘lanish kasalliklarini stomatologik statusini o‘ziga xosligi va uni davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1953.
Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori. professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Nodira Sharipovna, tibbiyot fanlar doktori; Belenova Irina Aleksandrovna, tibbiyot fanlar doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Etakchi tashkilot: I.K.Axunbaev nomidagi Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi (Qirg‘iziston).
II. Tadqiqotning maqsadi Revmatoid artrit fonida parodont kasalliklarga chalingan bemorlarni davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda parodontitni davolash samaradorligini oshirish uchun, mahalliy preparatlarni qo‘llagan xolda  Bikozen denta malxami bilan ul`tratovush terapiyasi o‘tkazish, xamda  umumiy davoga qushimcha Gemofuzol preparati qo‘llash orkali davolash usuli takomillashtirilgan;
revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda trigger omillar ta’sirida parodont to‘qimasini yalig‘lanishi RA og‘irligiga muvofiq ravishda parodont xolati yalig‘lanish ko‘rsatkichlarining ortishi aniqlangan;
ilk bor, revmatoid artritli bemorlarda parodontit rivojlanganda Staphylococcus aureus, Streptococcus mutans, enterokokklar eliminatsiyasiga ko‘maklashishda va neytrofillarning fagotsitar faollikni oshirishda maxalliy tarzda “Bikozen denta” malhamini ul`trafonoforez va Gemofuzol preparatini kompleks qo‘llashning klinik samaradorligi isbotlangan;
turli  og‘irlik darajagi revmatoid artritli bemorlarda kasallik klinik holatning og‘irligi,  anaerob mikroflora tomonidan ajratilgan toksin va fermentlar ta’siri, mahalliy himoya omillarning o‘zgarishi, immun tolerantlikni yo‘qolishi va parodont to‘qimasidagi yalig‘lanishi jarayoni orasida patogenetik bog‘liqlik aniqlangan.
 IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
 Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2022 yildagi 07 dekabr` 652-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 15 noyabr` 12955-sonli xat yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda parodontitni davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha, mahalliy preparatlarni qo‘llagan xolda  takomillashtirilgan davolash algoritmi ishlab chiqarildi. Takomilashtirilgan davo sxemasida  maxalliy davolash uchun Bikozen denta malxami bilan ul`tratovush terapiyasi o‘tkazildi, shu bilan birgalikda  umumiy davoda bazaviy davoga qushimcha Gemofuzol preparati qo‘llanildi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Revmatoid artrit fonida  parodontit bilan og‘rigan bemorlar uchun parodont to‘qimasini yallig‘lanish kasalliklarini davolashda terapevtik va profilaktik chora-tadbirlar, shu jumladan asosiy kasallikni davolash usullari, biriktiruvchi to‘qimaning metabolizmiga umumiy qabul qilingan ta’sirlar majmuasi taklif qilish orkali bemorlarda kasallik belgilarini qisqa vaktda remissiyaga o‘tishi kuzatildi.  Shuningdek  parodont yallig‘lanish jarayonlarini RA bemorlarda  qisqa vakt ichida bartaraf etilishi  fon kasallikni erta remissiya bosqichiga o‘tishiga xam yordam berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent davlat stomatologiya instituti Terapevtik stomatologiya kafedrasi bo‘yicha 05.10.2022 yildagi 53/1-sonli buyruq hamda Toshkent viloyati Samarqand shahar stomatologiya poliklinikasi davlat unitar korxonasi 28.09.2022 yildagi 27-sonli buyruq bilan klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: RA fonida  parodont patologiyalarini  davolash uchun ishlab chiqilgan algoritmidan foydalanish qabul qilingan davolashdan o‘rtacha umumiy klinik samaradorligi ishonchli darajada  parodontitning engil darajasida 80,1% ga, o‘rta og‘irlikda 62,5% ga oshishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:RA fonida  parodont patologiyalarini  davolash bulgan bemorlarda davolash standartiga taklif kilingan farmakologik tavsiyalar bemorlarni ambulator davolanish kunini 2 dan 5 kungacha qisqargan. Takomillashtirilgan davolash  jami  1.192.000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan, preparat nisbatan arzonligi va bu komleks davolash usulni qo‘llash samaradorligi yuqoriligi sababli.  Xulosa: O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan maxalliy preparatlarni kompleks qo‘llash natijasida, ta’siri og‘iz bo‘shlig‘ini  yallig‘lanish jarayonlarini bartaraf etishga xamda revmatoid artrit kasalligi  klinik belgilarini o‘tkir stadiyadan remissiya qisqa vakt ichida olib kelishi isbotlangan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Revmatoid artrit kasalliklarida parodont yallig‘lanish kasalliklarini stomatologik statusini o‘ziga xosligi va uni davolash usullarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 15 noyabr` 12955-sonli xat yuborilgan.
 ikkinchi ilmiy yangilik: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda trigger omillar ta’sirida parodont yalig‘lanish og‘irligiga muvofiq yalig‘lanish ko‘rsatkichlarining ortishi aniqlangan; Tadqiqod davomida tekshirilgan revmatoid artritli bemorlarning 96% ida  parodont statusida patologik o‘zgarishlar borligi kuzatildi. RA fonida STP bilan og‘rigan bemorlarning davolashdan oldin parodontologik statusida 87% qoniqarsiz gigienik xolat, 45%ida engil va 54% da o‘rta og‘irlikdagi parodontit borligi aniqlangan. CPITN qiymatlari yuqori bo‘lgan, STPED guruxida  kod 2,6ga, STPO‘D  kod 3,7ga teng ekanligi aniqlangan.  Ilmiy yangilikning ahamiyati:  Bu esa RA fonida bemorlarda parodontologik xolatini, barvaqt profilaktikasi, ya’ni ularga og‘iz bushlig‘ini gigienasini o‘rgatish va nazorat kilish kerakligini, ularni davolash  choralarini qo‘llashda parodont kasallikni o‘rta va og‘ir kechish darajalarini inobatga olgan xolda, nafaqat terapevtik balki  xirurgik va ortopedik davolash choralarini kompleks qo‘llab  davolash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent davlat stomatologiya instituti Terapevtik stomatologiya kafedrasi bo‘yicha 05.10.2022 yildagi 53/1-sonli buyruq hamda Toshkent viloyati Samarqand shahar stomatologiya poliklinikasi davlat unitar korxonasi 28.09.2022 yildagi 27-sonli buyruq bilan klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: RA fonida parodontit bilan og‘rigan bemorlarning og‘iz bo‘shligini    kasalliklarini to‘gri tashxislashda,  bemorlarning o‘z vaktida davolanish olish natijasida, ularning kundalik hayot sifatini va faoliyati yaxshilananishiga, asosiy fon kasalligini asoratlarini oldini olishga, uni  erta remissiyaga o‘tishiga, resedivlarini kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: RA fonida parodontit bilan ogrigan bemorlarning ambulator davolanishi taklif qilingan takomillashtirilgan algoritm bilan davolanganda, yuqori samaradorlikka erishgan bemorlarimizda,  davolash  kursi o‘rtacha 2 dan 5 kungacha qiskargan. Guruxlarda iqtisodiy samradorlikni xisoblash natijalariga ko‘ra, tadqiqot davomida an’anaviy davolashga ko‘ra  takomillashtirilgan davolash  jami  1.192.000 so‘mga arzonroq bo‘lgan.  Xulosa: RA fonida parodontit bilan og‘rigan bemorlarda to‘gri tashxislash va davolash-profilaktik chora tadbirlarni qo‘llash, ularda parodontit kasalliklarini davolash natijasida, bemorlarning kundalik hayot sifatini va faoliyati yaxshilananishiga, asosiy fon kasalligini asoratlarini oldini olishga, uni  erta remissiyaga o‘tishiga, resedivlarini kamaytirishga imkon beradi. Shuningdek revmatolog shifokorlar, doimiy ravishda stomatolog parodontologlar bilan birgalikda bu kasalliklarni davolashga e’tibor qaratishlari kerakligini  axamiyatini ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Revmatoid artrit kasalliklarida parodont yallig‘lanish kasalliklarini stomatologik statusini o‘ziga xosligi va uni davolash usullarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 15 noyabr` 12955-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: klinik tadqiqotlar yordamida Staphylococcus aureus, Streptococcus mutans, Streptococcus faecalis (ya’ni enterokokklar), Esherihiyani eliminatsiyasiga ko‘maklashishda va neytrofillarning fagotsitar faollikni oshirishda maxalliy tarzda “Bikozen denta” malhamini ul`trafonoforez va Gemofuzol preparatini kompleks qo‘llash klinik samaradorligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: RA fonida parodontit bilan og‘rigan bemorlarda mikrobiologik tekshiruvlar natijasida parodontitning turli darajasiga mos disbiotik o‘zgarishlar kuzatildi. RA fonida engil parodontit bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘ida disbiotik o‘zgarishlarida, anaerob mikroblar (6,60±0,01 KOE/ml), peptostreptokokklar (6,49±0,01KOE/ml) sonining keskin ko‘payishi, normada topilmaydigan tilla rang stafilokokklar paydo bo‘lishi kuzatildi. RA fonida parodontitlarni engil darajasiga nisbatan o‘rta darajasi bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘ida disbiotik o‘zgarishlar kuchlirok kuzatiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:Toshkent davlat stomatologiya instituti Terapevtik stomatologiya kafedrasi bo‘yicha 05.10.2022 yildagi 53/1-sonli buyruq hamda Toshkent viloyati Samarqand shahar stomatologiya poliklinikasi davlat unitar korxonasi 28.09.2022 yildagi 27-sonli buyruq bilan klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:Davolashdan so‘ng, qiyosiy samaradorlik natijalariga ko‘ra, takomillashtirilgan davo olgan yani 2 guruhlarda 1-guruhga nisbatan,  davolash samarasi sezilarli yahshilandi, mikrofloraning ummumiy miqdori 4,6*106 KOE/ ml  dan 1,1*106 KOE/ ml ga,  va sifat ko‘rsatkichlari ham normaga yaqinlashgani aniqlangan. Og‘izdagi mikrobiotaning sifat va tur jixatidan axamiyati  asosiy fon kasalliginig kechishiga bog‘likligi borligi sababli, bemorlarga og‘iz bo‘shligini gigienasini o‘rgatish va nazorat kilish davolash chora tadbirlarini bir kismi bo‘lib koladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: guruxlarda iqtisodiy samradorlikni xisoblash natijalariga ko‘ra, tadqiqot davomida an’anaviy davolashga ko‘ra  takomillashtirilgan davolash  arzonroq bo‘lgan, davolash samaradorligi esa  yuqori bo‘lgan. Xulosa: RA fonida bemorlarda parodontologik xolatini, barvaqt profilaktikasi, ya’ni ularga ogiz bushligini gigienasini o‘rgatish va nazorat kilish kerakligini, ularni davolash  choralarini qo‘llashda parodont kasallikni o‘rta va og‘ir kechish darajalarini inobatga olgan xolda davolash choralarini kompleks qo‘llash kerakligi shubxasizdir. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Revmatoid artrit kasalliklarida parodont yallig‘lanish kasalliklarini stomatologik statusini o‘ziga xosligi va uni davolash usullarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 15 noyabr` 12955-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: turli  og‘irlik darajagi revmatoid artritli bemorlarda parodont to‘qimasidagi yalig‘lanishi jarayoni orasida patogenetik bog‘liqlik aniqlangan: klinik holatning og‘irligi,  anaerob mikroflora tomonidan ajratilgan toksin va fermentlar ta’sirida, mahalliy himoya omillarning o‘zgarishi, immun tolerantlikni yo‘qotilishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Bu esa ushbu bemorlarda kasallik kechish davomiyligini va klinik kechish xusuiyatlarini erta aniqlash, RA fonida bemorlarda parodontologik xolatini, barvaqt profilaktikasi ularni kundalik hayot faoliyati yaxshilashi, kasallik asoratlarini oldini olish, resedivlarini kamaytirishga imkon beradi. Shuningdek revmatolog shifokorlar, doimiy ravishda stomatolog parodontologlar bilan birgalikda bu kasalliklarni davolashga e’tibor qaratishlari kerakligini  axamiyatini ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent davlat stomatologiya instituti Terapevtik stomatologiya kafedrasi bo‘yicha 05.10.2022 yildagi 53/1-sonli buyruq hamda Toshkent viloyati Samarqand shahar stomatologiya poliklinikasi davlat unitar korxonasi 28.09.2022 yildagi 27-sonli buyruq bilan klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tadqiqod immunologik tekshiruvlar tahliliga ko‘ra STP ni turli darajasiga mos ravishda, immunologik  o‘zgarishlar qayd etildi. Davolashdan so‘ng, bemorlar og‘iz bo‘shlig‘idagi, takomillashtirilgan davo olgan 2- guruhlarda lizotsim titri 12,8±0,3 mg/ml, FAN 50,2±0,2%, IgA miqdori 1,3±0,1ga ko‘tarilgan, 1-guruxga nisbatan immunotanqislik ko‘rsatkichlarini me’yorlashgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Guruxlarda iqtisodiy samradorlikni xisoblash natijalariga ko‘ra, tadqiqot davomida an’anaviy davolashga ko‘ra  takomillashtirilgan davolash  jami 1.192.000 so‘mga arzonroq bo‘lgan. Xulosa: Bemorlarni to‘gri  tashxislash va davolanish natijasida  bemorlarning kundalik hayot faoliyati yaxshilanadi, kasallik ustidan to‘liq nazoratga erishiladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Revmatoid artrit kasalliklarida parodont yallig‘lanish kasalliklarini stomatologik statusini o‘ziga xosligi va uni davolash usullarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 15 noyabr` 12955-sonli xat yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish