Sayt test rejimida ishlamoqda

Tugizova Dildora Ismoilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homilador ayollarda bachadon bo‘yni saratoninig erta diagnostika usullarini takomillashtirish va olib borish taktikasi» 14.00.14 – Onkologiya; 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3. PhD/Tib1427.
Ilmiy rahbarlar: Djuraev Mirjalol Dexkanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xudoyarova Dildora Raximovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Zaxirova Nargiza Ne’matovna, tibbiyot fanlari doktori; Karimov Axmadjon Xoshimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homilador ayollarda bachadon bo‘yni saratoni rivojlanishining xususiyatlarini erta tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homiladorlik davrida bachadon bo‘yni saratoniga xos bo‘lgan belgilar yuqori aniqlikda topilganda bachadon bo‘ynini ko‘zgularda ko‘rish va sitologik tadqiqotning xavfsizligi asoslangan;
homiladorlik davrida bachadon bo‘yni saratoni jarayonini morfologik tuzilishini tashxislashda kol`poskopik tadqiqot va bioptat material olish orqali tekshiriish natijasini qo‘llash xavfsizligi isbotlangan;
bachadon bo‘yni sartaonida homiladorlikning ikkinchi uch oyligidan boshlab kimyoviy davolash tartibida toksiklik darajasi pastligi homila organogeneziga salbiy ta’sir qilmasligini inobatga olgan holda usulning samaradorligi isbotlangan;
bachadon bo‘yni saratonida kimyoviy davolash tartibining samaradorligini baholashda homiladorlikning 2 chi uch oyligidan 3 chi uch oyligigacha magnitrezonans tomografik hamda 3chi uch oyligidan boshlab transvaginal ul`tratovush tekshiruvining o‘rni va ahamiyatini inobatga olgan tartibida davolash standartiga kiritish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarkanda davlat tibbiyot universiteti Ekspert Kengashiga 2024 yil 12 martdagi 22-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: homiladorlik davrida bachadon bo‘yni saratoniga xos bo‘lgan belgilar yuqori aniqlikda topilganda bachadon bo‘ynini ko‘zgularda ko‘rish va sitologik tadqiqotning xavfsizligi asoslangan;
Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot mobaynida bachadon bo‘yni saratonini bilan kasallangan homilador ayollarni tashxislash va davolash algoritmi ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan algoritmni qo‘llash minimal vaqt sarfi bilan diagnostika va davolash samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi «Bachadon bo‘yni saratoni bilan kasallangan homilador ayollarni davolash taktikasi» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 25.04.2023 yildagi 12-sonli qarori bilan tasdiqlangan) va «Homiladorlik davrida bachadon bo‘yni saratonini erta tashxislash» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 25.04.2023 yildagi 13-sonli qarori bilan tasdiqlangan). Homilador ayollarda bachadon bo‘yni saratonini erta tashxislash va davolash uchun terapevtik va diagnostika tadbirlariga qaratilgan. RIO va RIATM Toshkent shahar filiali, RIO va RIATM Navoiy filiali hamda RIO va RIATM Samarqand filiali klinik amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Ishlab chiqilgan algoritmni qo‘llash, onkologiya bilan bog‘liq akusherlik patologiyalarning xavfini kamaytiradi, ayollarning onkologik yashovchanligini oshiradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Bachadoy bo‘yni saratonini skrining qilish uchun ishlab chiqilgan algoritm amaliyotda sog‘liqni saqlashga tatbiq etish uchun tavsiya etiladi, bu kol`poskopiyaga bo‘lgan ehtiyojni 4,65 baravar kamaytiradi va shu bilan birga rak oldi va rak kasalliklarini erta bosqichda samarali aniqlaydi.
Xulosa: sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida tashxis qo‘yish uchun kompleks tekshirish byudjet hisobidan bir bemor uchun 280 000 so‘m va byudjetdan tashqari 320 000 so‘mni tejashga imkon berdi.
Tugizova Dildora Ismoilovnaning “Bachadon bo‘yni saratoni bilan homiladorlarga erta tashxis qo‘yish usullari va davo taktikasini ishlab chiqish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert Kengashiga 2024 yil 12 martdagi 22-sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: homiladorlik davrida bachadon bo‘yni saratoni jarayonini morfologik tuzilishini tashxislashda kol`poskopik tadqiqot va bioptat material olish orqali tekshiriish natijasini qo‘llash xavfsizligi isbotlangan;
Ilmiy yangilikning ahamiyati: Agarda xomilador ayollarda kamida bittadan ob’ektiv va sub’ktiv belgilar aniqlansa, bachadon bo‘yni saratoniga shubxa bo‘lsa, tashxisni tasdiqlash uchun kol`poskopiya tekshiruvini o‘tkazish tavsiya etiladi va qo‘shimcha sitologik va patomorfologik tekshiruvlar o‘tkazilishi shart.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi «Bachadon bo‘yni saratoni bilan kasallangan homilador ayollarni davolash taktikasi» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 25.04.2023 yildagi 12-sonli qarori bilan tasdiqlangan) va «Homiladorlik davrida bachadon bo‘yni saratonini erta tashxislash» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 25.04.2023 yildagi 13-sonli qarori bilan tasdiqlangan). Homilador ayollarda bachadon bo‘yni saratonini erta tashxislash va davolash uchun terapevtik va diagnostika tadbirlariga qaratilgan. RIO va RIATM Toshkent shahar filiali, RIO va RIATM Navoiy filiali hamda RIO va RIATM Samarqand filiali klinik amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:
Homilador ayollarda kol`poskopiya barcha holatlarda bachadon bo‘yni saratonini aniqlash, gistologik va sitologik tekshirish uchun material to‘plash imkonini beradi. Transvaginal ul`tratovush va kichik chanoq a’zolarining MRT tekshiruvi homilador ayollarda bachadon bo‘yni saratoni bosqichlarini aniqlash uchun informativ va xavfsiz diagnostika usuli hisoblanadi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Homilador ayollarni ginekologik tekshirish, 100% holatlarda bachadon bo‘yni saratoni simptom va belgilarini, shuningdek, 60% holatlarda esa - bachadon bo‘yni fon va predrak patologiyalarining anamnestik belgilarini aniqlash imkonini beradi.
Xulosa: Ishlab chiqilgan algoritmni qo‘llash, onkologiya bilan bog‘liq akusherlik patologiyalarning xavfini kamaytiradi, ayollarning onkologik yashovchanligini oshiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: bachadon bo‘yni sartaonida homiladorlikning ikkinchi uch oyligidan boshlab kimyoviy davolash tartibida toksiklik darajasi pastligi homila organogeneziga salbiy ta’sir qilmasligini inobatga olgan holda usulning samaradorligi isbotlangan;
Ilmiy yangilikning ahamiyati: Ilmiy tadqiqot natijalari homilador ayollarda bachadon bo‘yni saratoni diagnostikasi va davolash bo‘yicha zamonaviy tavsiyalar bilan taqdim etilgan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi «Bachadon bo‘yni saratoni bilan kasallangan homilador ayollarni davolash taktikasi» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 25.04.2023 yildagi 12-sonli qarori bilan tasdiqlangan) va «Homiladorlik davrida bachadon bo‘yni saratonini erta tashxislash» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 25.04.2023 yildagi 13-sonli qarori bilan tasdiqlangan). Homilador ayollarda bachadon bo‘yni saratonini erta tashxislash va davolash uchun terapevtik va diagnostika tadbirlariga qaratilgan. RIO va RIATM Toshkent shahar filiali, RIO va RIATM Navoiy filiali hamda RIO va RIATM Samarqand filiali klinik amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ishlab chiqilgan algoritmni qo‘llash, onkologiya bilan bog‘liq akusherlik patologiyalarning xavfini kamaytiradi, ayollarning onkologik yashovchanligini oshiradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Davolashning yangi usullarini joriy etishda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik muddatlari qisqarishining iqtisodiy samarasi hisoblab ko‘rilganda olingan iqtisodiy samara: E vaq = (90-30) x (26923,1+13333,4)x 40-0,15 x 171938400=24178100
Xulosa: xavf omillarini aniqlash natijasida davo muolajalarini tavsiya qilish va amaliyotga joriy qilish orqali bemorlarning vaqtinchalik mehnatga layoqatligini yo‘qotish holatini kamaytirish oqibatida 24 178 100 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati bachadon bo‘yni saratonida kimyoviy davolash tartibining samaradorligini baholashda homiladorlikning 2 chi uch oyligidan 3 chi uch oyligigacha magnitrezonans tomografik hamda 3chi uch oyligidan boshlab transvaginal ul`tratovush tekshiruvining o‘rni va ahamiyatini inobatga olgan tartibida davolash standartiga kiritish asoslangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: Taklif etilayotgan algoritmni qo‘llash onkologik o‘limni, abort va saraton bilan bog‘liq akusherlik patologiyalarni kamaytirishga hissa qo‘shadi va bu ishlab chiqilgan algoritmni sog‘liqni saqlash amaliyotiga tavsiya qilish imkonini beradi. Ijtimoiy ahamiyati sog‘liqni va ijtimoiy hayotni erta tiklanishi, shuningdek, sog‘ayishning dastlabki bosqichlarida bachadon bo‘yni saratoni bilan kasallangan homilador ayollarning yashovchanlik darajasini oshishi bilan bog‘liq.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: «Bachadon bo‘yni saratoni bilan kasallangan homilador ayollarni davolash taktikasi» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 25.04.2023 yildagi 12-sonli qarori bilan tasdiqlangan) va «Homiladorlik davrida bachadon bo‘yni saratonini erta tashxislash» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 25.04.2023 yildagi 13-sonli qarori bilan tasdiqlangan). Homilador ayollarda bachadon bo‘yni saratonini erta tashxislash va davolash uchun terapevtik va diagnostika tadbirlariga qaratilgan. RIO va RIATM Toshkent shahar filiali, RIO va RIATM Navoiy filiali hamda RIO va RIATM Samarqand filiali klinik amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan algoritmni qo‘llash homilador ayollarda bachadon bo‘yni saratonini samarali va tez tashxislash, poliximioterapiyani o‘z vaqtida boshlash o‘smaning rivojlanishi va regressiyasini oldini olish imkonini beradi. Taklif etilayotgan algoritmni qo‘llash onkologik o‘limni, abort va saraton bilan bog‘liq akusherlik patologiyalarni kamaytirishga hissa qo‘shadi va bu ishlab chiqilgan algoritmni sog‘liqni saqlash amaliyotiga tavsiya qilish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Davolash algoritmi ishlab chiqish orqali davolashdan keyingi uzoq muddatlarda kasallikning qaytalanish darajasini 6 tadan 1 tagacha kamaytirishga erishilgan. Taklif qilinayotgan algorimning tatbiq qilinishi natijasidagi iqtisodiy samaradorlik bemorlarning kasallik tufayli nogironlik darajasini kamaytirishi bilan izohlanadi, ya’ni nogironlik tufayli jismoniy layoqatsiz bemorlar soni mazkur tatqiqot doirasida 5 taga, ya’ni 3,5 martagacha  kamaygan.
Xulosa:1 nafar nogironga to‘lanadigan nafaqa miqdori 648 000 so‘m («Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” gi Qonuni, 7.10.2022 y.) ekanligidan kelib chiqilsa, tatbiq doirasida 1 bemor xisobidan yillik umumiy 8 376 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish