Sayt test rejimida ishlamoqda

Boltoeva Feruza Ganjaboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «SOVID-19 bemorlarida gemostaz tizimidagi buzilishlarni tuzatish usullari samaradorligini baholash» 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.I.PhD/Tib2555.
Ilmiy rahbar: Babadjanova Shaira Agzamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019. Tib.30.02. raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kayumov Abduraxmon Abdumavlanovich, tibbiyot fanlari doktori; Boltoev Kamol Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: SOVID-19 o‘tkazgan va postkovid sindrom bilan kasallangan bemorlarda gemostaziologik buzilishlarni o‘rganish va antikoagulyant terapiya samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda koagulyasion gemostazda kasallikning kuchayishi bilan giperkoagulyasiya belgilari mavjudligi aniqlangan;
koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda o‘rta molekulyar geparin bilan davolashda past molekulyar geparin bilan davolashga nisbatan antikoagulyant ta’sir kuchliroq bo‘lganligi sababli o‘rta molekulyar geparin bilan davolaganda gemorragik asoratlar 11,8% holatda kuzatilgan bo‘lsa, past molekulyar geparin bilan davolashda 1,6% bemorda kuzatilishi isbotlangan;
postkovid sindrom asoratlaridan bo‘lgan son suyagi boshchasining aseptik nekrozi, kavernoz sinus va chuqur venalar trombozida gemostaziologik o‘zgarishlarni tekshirganda giperkoagulyasion o‘zgarish borligi aniqlangan;
postkovid sindrom bilan kasallangan bemorlarda ambulator davolash uchun  peroral antikoagulyant terapiyani koagulogramma nazorati ostida uzoq muddat qabul qilish afzalligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 26-fevraldagi 02/080-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda o‘rta molekulyar geparin bilan davolashda past molekulyar geparin bilan davolashga nisbatan antikoagulyant ta’sir kuchliroq bo‘ldi, shuning uchun o‘rta molekulyar geparin bilan davolaganda gemorragik asoratlar 11,8% holatda kuzatilgan bo‘lsa, past molekulyar geparin bilan davolashda 1,6% bemorda kuzatilishi isbotlangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika maxsus 1-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 18.07.2023- yildagi 134-n sonli buyruq, hamda Xorazm viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 10.07.2023- yildagi 93-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan;
 Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan algoritm va kompleks yondashuvdan foydalanish, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda trombozlarni erta tashxislash va prognozlash sifatini yaxshilagan, bu esa nogironlikning oldini oladi.  
SOVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda giperkoagulyasiyani bartaraf etish, trombotik asoratlarni davolash va oldini olish uchun o‘rta molekulyar geparin o‘rniga past molekulyar geparinni amaliyotga tatbiq qilinishida bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘laridan 432 000 so‘mga, 250 nafar bemor uchun esa 108 000 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda og‘ir trombotik asoratlarning xavfi yuqoriligini ko‘rsatuvchi belgilarni tekshirish, trombozlarni erta tashxislash va profilaktika qilish iqtisodiy samaradorligining amaliyotga tatbiq qilinishida tejamkorlik samaradorligi bitta bemorning statsionar sharoitida davolanishi bir kunlik xarajati: 216 000 so‘m bo‘lsa, 2 kun yotoq kuni qisqarishi hisobiga 432 000 so‘m iqtisod qilinadi, 250 nafar  bemor uchun esa 432 000 x 250 = 108 000 000 so‘mni tashkil qiladi.
Xulosa: taklif qilingan trombozlarni erta tashxislash va profilaktika qilish iqtisodiy samaradorligi bir yiliga 108 000 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “SOVID-19 bemorlarida gemostaz tizimidagi buzilishlarni tuzatish usullari samaradorligini baholash”  mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2023- yil 17- iyuldagi 03-5/4604-sonli, 2023- yil 07- iyuldagi 03-5/4404-sonli xatlari yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda koagulyasion gemostazda kasallikning kuchayishi bilan giperkoagulyasiya belgilari mavjudligi aniqlangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika maxsus 1-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 18.07.2023- yildagi 134-n sonli buyruq, hamda Xorazm viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 10.07.2023- yildagi 93-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan;
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olib borilgan gemostaz tizimini kompleks baholash natijalari koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar orasida trombotik asoratlarni oldini olish yo‘li bilan salomatlik indeksining oshirgan, taklif etilgan algoritm va kompleks yondashuvdan foydalanish bemorlarda giperkoagulyasion sindromni tashxislash va prognozlash sifatini yaxshilagan, ushbu kasallik bilan bog‘liq asoratlar kamayishiga olib kelgan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bu mablag‘ning tejalishi, statsionarda davolanish muddatining 2 kungacha kamayishi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslandi. Har bir nafar bemorda statsionar davo kunlari qisqarishi hisobidan 2 kunda 432 000 ming so‘mgacha iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Taklif qilingan FQTV, PTV, fibrinogen va D-dimer faoliyatini laborator tekshirish usuli 120 000 so‘m bo‘lsa, bemordan kunlik 312 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi. 250 bemordan 250x312 000=78 000 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi.
Xulosa: Taklif qilingan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda koagulogramma laborator tekshirish usulini tatbiq etish natijasida bemorlardagi giperkoagulyasion sindromda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar oldi olingan, hamda bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, tadqiqotga jalb qilingan umumiy bemorlar hisobidan 78 000 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishilgan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: SOVID-19 bemorlarida gemostaz tizimidagi buzilishlarni tuzatish usullari samaradorligini baholash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2023- yil 17- iyuldagi 03-5/4604-sonli, 2023- yil 07- iyuldagi 03-5/4404-sonli xatlari yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: postkovid sindrom asoratlaridan bo‘lgan son suyagi boshchasining aseptik nekrozi, kavernoz sinus trombozi va chuqur venalar trombozida gemostaziologik o‘zgarishlarni tekshirganda giperkoagulyasion o‘zgarish isbotlangan.;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika maxsus 1-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 18.07.2023- yildagi 134-n sonli buyruq, hamda Xorazm viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 10.07.2023- yildagi 93-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan;
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olib borilgan gemostaz tizimini kompleks baholash natijalari postkovid sindrom bilan kasallangan bemorlarda trombo-gemorragik asoratlarni oldini olishi, salomatlik indeksini oshishi, taklif etilgan algoritm va kompleks yondashuvdan foydalanish natijasida bemorlarda giperkoagulyasion sindromni tashxislash va prognozlash sifatini yaxshilagan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda trombo-gemorragik asoratlarni oldini olish mablag‘ning tejalishi, statsionarda davolanish muddatining 2 kungacha kamayishi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslandi. Har bir nafar bemorda statsionar davo kunlari qisqarishi hisobidan 432 000 ming so‘mgacha iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Jami bemorlardan 108 060 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi.
Xulosa: postkovid sindrom bilan kasallangan kasallangan bemorlarda koagulyasion gemostazni 6 oygacha nazorat qilish va giperkoagulyasion sindrom tashxislanganda tavsiya etilgan tashxislash usullaridan foydalanish postkovid sindrom asoratlarini oldini oladi va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llash imkonini berdi. Natijada bemorning shifoxonada davolanishlari 4 kunga qisqarib, byudjet mablag‘larining 40% kam sarflanishiga imkon bergan
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “SOVID-19 bemorlarida gemostaz tizimidagi buzilishlarni tuzatish usullari samaradorligini baholash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2023- yil 17- iyuldagi 03-5/4604-sonli, 2023- yil 07- iyuldagi 03-5/4404-sonli xatlari yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor postkovid sindromda antikoagulyant terapiya sifatida ambulator davolash uchun apiksaban peroral preparatini koagulogramma nazorati ostida uzoq muddat qabul qilish afzalligi asoslangan;  
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika maxsus 1-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 18.07.2023- yildagi 134-n sonli buyruq, hamda Xorazm viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 10.07.2023- yildagi 93-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan;
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: postkovid sindromda giperkoagulyasiyani bartaraf etish maqsadida apiksaban preparatini amaliyotga joriy qilish SOVID-19 kechki asoratlarini oldini olish, o‘z vaqtida laborator tashxislash, trombotik asoratlar rivojlanishi va o‘lim holatlarning oldini olish, kasallikni davolash vaqtini kamaytirish hamda nogironlikning oldini oladi, bemorlar hayot sifati yaxshilashga imkon beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif qilingan 2 komponentli antikoagulyant enoksaparin va apiksaban bilan davolash qon ivish tizimi 1-bosqichida quyuqlashish belgilarini 1 oyga kelib samarali bartaraf etishini ko‘rsatdi. Postkovid sindromda gemostazologik o‘zgarishlarni o‘rganish monand davolash usulini qo‘llashga imkon beradi, postkovid sindrom asoratlarining, samarasiz tibbiy muolajalarni kamayishiga olib keldi, bu esa turli a’zolarda va tizimlarda rivojlanish ehtimolligi bo‘lgan nojo‘ya holatlarni kamaytirib, tuzalish muddati hamda yotoq kunini kamaytirgan. Postkovid sindromda giperkoagulyasiyani bartaraf etish maqsadida apiksaban preparatini amaliyotga joriy qilish SOVID-19 kechki asoratlarini oldini olish, o‘z vaqtida laborator tashxislash, trombotik asoratlar rivojlanishi va o‘lim holatlarning oldini olish, kasallikni davolash vaqtini kamaytirish hamda bemorlar hayot sifatini saqlab qolish imkonini bergan.
Xulosa: taklif qilingan davolash usuli iqtisodiy samaradorligi 1 nafar bemor uchun 2 kunga 432 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan
“SOVID-19 bemorlarida gemostaz tizimidagi buzilishlarni tuzatish usullari samaradorligini baholash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2023- yil 17- iyuldagi 03-5/4604-sonli, 2023- yil 07- iyuldagi 03-5/4404-sonli xatlari yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish