Sayt test rejimida ishlamoqda

Yo‘ldashev Ko‘palboy Razzaqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Xorazm viloyatidagi kommunal va qishloq xo‘jalik korxonalari oqova suvlarida yuksak suv o‘simliklarini ko‘paytirish va suvni tozalash», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/B372.
Ilmiy rahbar: Bo‘riev Sulaymon Bo‘rievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Ajiev Alisher Baxtibaevich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Mamutov Nizammadin Karammadinovich, biologiya fanalari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyatidagi kommunal va qishloq xo‘jalik korxonalari oqova suvlarida yuksak suv o‘simliklarini ko‘paytirish va suvni tozalashdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor eyxorniya va azolla suv o‘simliklarining viloyat suv iqlim sharoitiga moslanish xususiyatlari o‘rganildi va ularning oqova suvlarda o‘sishi, rivojlanishi, ko‘payishi hamda suvlarni organo-mineral moddalardan tozalash darajalarining yuqoriligi ilmiy asoslangan;
kommunal va parrandachilik korxonalaridan ajralib chiqqan oqova suvlarda laboratoriya sharoitida eyxorniya o‘stirilganda 1m2 suv yuzasida 150-200 dan 900-950 gramm gacha biomassa to‘plashi hamda organo-mineral moddalardan tozalash darajasi 90-94% ga, azolla o‘stirilganda 1m2 suv yuzasida 150-200 dan 403-750 gramm, suvdagi har xil organo-mineral moddalardan tozalanish darajasi 88-92% gacha etishi ilmiy asoslangan;
viloyat sharoitida biologik hovuzlardagi kommunal xo‘jalik oqova suvlarda eyxorniya va azolla dala sharotida o‘stirilganda, 8 kunlik natijaga ko‘ra o‘simliklar 200-760 g/m2 va 200-485 g/m2 biomassasi hosil qilgani hamda suvni tozalash darajasi ko‘rsatkichlar bo‘yicha 88-90 % etganligi aniqlangan;
parrandachilikda tejamkor texnolgiyalarni joriy qilish asosida azolla o‘simligi biomassasidan broyler jo‘jalarini boqishda qo‘shimcha ozuqa sifatida foydalanish mumkinligi va asosiy ozuqa (har 1000 bosh jo‘jaga) 25-30% ga, sarflanadigan mablag‘ 18-22% ga tejalishi amalda isbotlagan;
viloyat sharoitida yuksak  o‘simliklar ta’sirida biologik tozalanib chiqqan oqova  suvlardan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda qayta foydalanish va g‘allachilikda (sholichilik) qo‘llash asosida toza suv miqdorini tejash samaradorligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xorazm  viloyatidagi kommunal va qishloq xo‘jalik korxonalari  oqova  suvlarida yuksak  suv o‘simliklarini ko‘paytirish va suvni tozalash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kommunal va qishloq xo‘jalik korxonalari oqova suvlarida yuksak  suv o‘simliklarini ko‘paytirish va suvni tozalash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Xorazm viloyatidagi “Polvonbek Sardorbek”, “Boyqozoq balig‘i”, “Tursinboy o‘g‘li Jamolbek”, “Jonibek Jumaniyoz o‘g‘li” fermer xo‘jaliklarida amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi Vazirligining 2021 yil 25 maydagi 02/022-2232-son ma’lumotnomasi). Natijada, ifloslangan suv havzalarini biologik tozalash hamda oqova suvlarni tozalash jarayonida  hosil bo‘lgan yuksak o‘simliklar biomassasidan parrandachilik va baliqchilikda qo‘shimcha ozuqa sifatida foydalanish imkonini bergan;
kommunal xo‘jalik korxonalari oqova suvlaridan qayta foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar “Xorazm suv taʼminoti” MChJ, Bog‘ot tumanidagi “Noyman balig‘i”, “Boyqozoq balig‘i”, “Tursinboy o‘g‘li Jamolbek”, Xonqa tumani hududida joylashgan “Jonibek Jumaniyoz o‘g‘li”, Xiva tumanidagi “Xiva fayzli voha” fermer xo‘jaliklarining oqova suv havzalarida va biologik hovuzlarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 14 sentyabrdagi IL71024237-son ma’lumotnomasi). Natijada biologik tozalangan kommunal xo‘jalik oqova suvlaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini (g‘alla) sug‘orishda  qayta foydalanish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish