Saidrasulova Gulizebo Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ankilozlovchi spondiloartrit radiografik rivojlanishida klinik-immunogenetik ko‘rsatkichlarning o‘rni» 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2678.
Ilmiy rahbar: Miraxmedova Xilola To‘xtasinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Xalmurad Sadullayevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Akbar Xatamovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertasiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ankilozlovchi spondiloartritning turli bosqichlarida klinik-immunogenetik, radiografik kechish xususiyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinik, laborator, immuno-genetik va asbobiy tekshiruv natijalariga asosan, ankilozlovchi spondiloartritning struktur rivojlanishida erkak jinsi, HLA-B27 antigeni, faollik darajasining yuqoriligi va mavjud struktur o‘zgarishlarning ta’siri asoslangan;
ankilozlovchi spondiloartritda yallig‘lanish oldi sitokini interleykin-17 miqdorining ortishi va transformatsiyalovchi o‘sish omili β-1 miqdorining kamayishi yallig‘lanish jarayonining jadallashishiga olib kelishi aniqlangan;
ankilozlovchi spondiloartritda matriks metalloproteinaza-3 miqdorining ko‘payishi, yallig‘lanish jadallashuvi va sakroileal bitishmada eroziyalar sonining ortishi bilan namoyon bo‘lishi asoslangan;
ankilozlovchi spondiloartritda umurtqa pog‘onasi sindromini baholash (mSASSS-Modified Stoke Ankylosing Spondylitis Spinal Score) indeksi bilan interleykin-17 va matriks metalloproteinaza-3 miqdori o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024-yil 14-martdagi 103/083-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: klinik, laborator, immuno-genetik va asbobiy tekshiruv natijalariga asosan, ankilozlovchi spondiloartritning struktur rivojlanishida erkak jinsi, HLA-B27 antigeni, faollik darajasining yuqoriligi, kasallik markyorlari va mavjud struktur o‘zgarishlarning ta’siri asoslangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: 3-son shahar klinik shifoxonasida 26.09.2023 yildagi 32-sonli buyruq, Mirobod tumani 1-son oilaviy poliklinikasida 22.09.2023 yildagi 468-14-199-DOR/2023-sonli buyruq va Yashnobod tumani 32-son oilaviy poliklinikasida 28.09.2023 yildagi 11/07-213-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ankilozlovchi spondiloartritda HLA-B27 antigenining aniqlanishi, kasallikning struktur o‘zgarishlari rivojlanishining oldini olishga, skeletdan tashqari belgilar paydo bo‘lishi, faolligi va markyorlarining ortishiga hamda ularni nazorat qilish orqali kasallik avj olishining oldini olishga imkoniyat beradi; bundan tashqari, uveit, yurak-qon tomir shikastlanishi va kasalxonada qayta davolanish sonini 36% ga kamaytiradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) ankilozlovchi spondiloartritda HLA-B27 genini aniqlanishi yordamida 31% bemorlarda kasallikni erta bosqichda tashxislash va kasallik mavjud bemorlarda uni avj olib borishi oldini olishga imkoniyat berdi 2) kasallik markyorlarini aniqlash orqali, uni erta tashxislash, kasallikni avj olib borishini nazorat qilgan holda 64% bemorlarda kasallikning avj olishi sekinlashtirilib, remissiyaga erishildi.
Xulosa: ankilozlovchi spondiloartritda birgina HLA-B27 genining aniqlanilishi, kasallikni erta tashxislashga, uning avj olib borishini kamaytirishga va 64% bemorlarda uning avj olishini sekinlashtirilib, remissiyaga erishilishiga imkon beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Ankilozlovchi spondiloartrit radiografik rivojlanishida klinik immuno-genetik ko‘rsatkichlarining o‘rni” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 9-oktyabrdagi 10-23/43-x-sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ankilozlovchi spondiloartritda yallig‘lanish oldi sitokini interleykin-17 miqdorining ortishi va transformatsiyalovchi o‘sish omili β-1 miqdorining kamayishi yallig‘lanish jarayonining jadallashishiga olib kelishi aniqlangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: 3-son shahar klinik shifoxonasida 26.09.2023 yildagi 32-sonli buyruq, Mirobod tumani 1-son oilaviy poliklinikasida 22.09.2023 yildagi 468-14-199-DOR/2023-sonli buyruq va Yashnobod tumani 32-son oilaviy poliklinikasida 28.09.2023 yildagi 11/07-213-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ankilozlovchi spondiloartrit bemorlarida yallig‘lanish oldi sitokini interleykin-17 va transformatsiyalovchi o‘sish omili β-1 miqdorini aniqlash orqali kasallikning rivojlanishi va avj olishini, interleykin-17ning yuqori miqdori ankilozlovchi spondiloartritning struktur o‘zgarishlari rivojlanishini rag‘batlantiruvchi sitokinligini baholash imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ankilozlovchi spondiloartritda yallig‘lanish oldi sitokini interleykin-17 va transformatsiyalovchi o‘sish omili β-1 miqdorini aniqlash natijasida, erta tashxislash chora-tadbirlarining qo‘llanilishi orqali bemorlarning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 8 kungacha qisqartirib, to‘lov miqdorini 724 ming so‘mga kamaytirgan va bemorlarda yil mobaynida kasallikni past faollik darajasi va remissiya davriga o‘tkazishga imkon bergan hamda mehnat faoliyatining qisman tiklanishiga erishilgan.
Xulosa: ankilozlovchi spondiloartritda yallig‘lanish oldi sitokini interleykin-17 va transformatsiyalovchi o‘sish omili β-1 miqdorini aniqlash, natijada mavjud yallig‘lanish, kasallik faolligini kuzatish va kamaytirishga qaratilgan choralar natijasida bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 8 kungacha qisqartirib, to‘lov miqdorini 724 ming so‘mga kamaytirgan va bemorlarda kasallikni past faollik darajasi va remissiya davriga o‘tkazishga imkon bergan hamda mehnat faoliyatini qisman tiklanishiga erishilgan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Ankilozlovchi spondiloartrit radiografik rivojlanishida klinik immuno-genetik ko‘rsatkichlarining o‘rni” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 9-oktyabrdagi 10-23/43-x-sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ankilozlovchi spondiloartritda matriks metalloproteinaza-3 miqdorining ko‘payishi, yallig‘lanish jadallashuvi va sakroileal bitishmada eroziyalar sonining ortishi bilan namoyon bo‘lishi asoslangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: 3-son shahar klinik shifoxonasida 26.09.2023 yildagi 32-sonli buyruq, Mirobod tumani 1-son oilaviy poliklinikasida 22.09.2023 yildagi 468-14-199-DOR/2023-sonli buyruq va Yashnobod tumani 32-son oilaviy poliklinikasida 28.09.2023 yildagi 11/07-213-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sakroileal bitishmadagi mavjud yallig‘lanish belgilari va eroziyalar sonining ortishi, kasallikning struktur o‘zgarishlari rivojlanishini potensial rag‘batlantiradi va bemorlarda matriks metalloproteinaza-3ning yuqori miqdori bilan birga keladi. Matriks metalloproteinaza-3 miqdorini nazorat qilish orqali ankilozlovchi spondiloartritda eroziyalar va ularda struktur o‘zgarishlar rivojlanishiga olib kelishini nazorat qilish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: matriks metalloproteinaza-3 miqdorining aniqlanishi uchun har bir bemordan 170 ming so‘mdan sarflanildi. Ushbu markyorning aniqlanishi va individual davolash uchun qo‘llanilishi natijasida yil davomida bemorlarda kasallik avj olishini 2,6 martadan 1,3 martagacha kamaytirilishiga erishildi. Bu esa o‘z navbatida har bir bemor uchun 941200 so‘m mablag‘ning tejalishiga olib keldi.
Xulosa: ankilozlovchi spondiloartritda matriks metalloproteinaza-3 miqdorining aniqlanishi sakroileal bitishmada mavjud yallig‘lanish darajasi va kasallik faolligini kamaytirish uchun qo‘llaniladi. Kasallik faolligi va yallig‘lanish darajasining kamayishi, uni rivojlanishini pasaytiradi hamda erta nogironlik rivojlanishining oldini olish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Ankilozlovchi spondiloartrit radiografik rivojlanishida klinik immuno-genetik ko‘rsatkichlarining o‘rni” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 9-oktyabrdagi 10-23/43-x-sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ankilozlovchi spondiloartritda interleykin-17, matriks metalloproteinaza-3 miqdori va ankilozlovchi spondiloartrit umurtqa pog‘onasi sindromini baholash (mSASSS-Modified Stoke Ankylosing Spondylitis Spinal Score) indeksi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi asoslangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: 3-son shahar klinik shifoxonasida 26.09.2023 yildagi 32-sonli buyruq, Mirobod tumani 1-son oilaviy poliklinikasida 22.09.2023 yildagi 468-14-199-DOR/2023-sonli buyruq va Yashnobod tumani 32-son oilaviy poliklinikasida 28.09.2023 yildagi 11/07-213-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) ankilozlovchi spondiloartritda struktur o‘zgarishlarning rivojlanishini baholash, hamda uning rivojlanishini mSASSS indeksi yordamida nazorat qilish orqali bemorlarda erta nogironlik paydo bo‘lishini oldini olish imkonini beradi; 2) interleykin-17, matriks metalloproteinaza-3 kabi kasallik markyorlari bemorlarda kasallikning va struktur o‘zgarishlarning rivojlanishiga olib keluvchi potensial markyorlar bo‘lishi mumkinligini anglatadi. Ushbu markyorlarning nazorati kasallikning rivojlanishini kamaytirishga va remissiyaga erishishga imkon beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mSASSS indeksi yordamida kasallikning, struktur o‘zgarishlarning rivojlanishini baholash va interleykin-17, matriks metalloproteinaza-3 miqdori bilan birga kelishini bilgan holda ushbu markyorlarning nazorati sababli bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 8 kungacha qisqartirilib, to‘lov miqdorining 724 ming so‘mga tejalishiga yordam bergan va 64% bemorlarda kasallikni past faollik darajasi va remissiya davriga o‘tkazishga imkon bergan hamda mehnat faoliyatining qisman tiklanishiga erishilgan.
Xulosa: ankilozlovchi spondiloartritda kasallikning avj olishi va struktur o‘zgarishlarning rivojlanishini nazorat qilish orqali bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 8 kungacha qisqartirilib, to‘lov miqdorining 724 ming so‘mga tejalishiga yordam bergan va 64% bemorlarda kasallikning past faollik darajasi, remissiya davriga o‘tkazishga imkon bergan hamda mehnat faoliyatining qisman tiklanishiga erishilgan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Ankilozlovchi spondiloartrit radiografik rivojlanishida klinik immuno-genetik ko‘rsatkichlarining o‘rni” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 9-oktyabrdagi 10-23/43-x-sonli xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish