Bafoeva Zarnigor Orifovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «SOVID-19 o‘tkazgan, gepatobiliar tizimi buzilishlari bo‘lgan yosh bemorlarni reabilitatsiya qilish xususiyatlari» 14.00.05-Ichki kasalliklar; 14.00.12-Tibbiy reabilitologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3. PhD /Tib3761.
Ilmiy rahbarlar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sobirova Guzal Naimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib30.02. raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muminov Davron Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: SOVID-19 ni o‘tkazgan, jigar va o‘t yo‘llari disfunksiyasi bo‘lgan yosh bemorlar uchun reabilitatsiya usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
engil va o‘rta darajadagi SOVID-19 ni o‘tkazgan bemorlarda jigar funksional holatining sitolitik sindrom va oqsil sintezi faolligining ortishi birga kelishi asoslangan;
SOVID-19 ni o‘tkazgan yosh bemorlarda metobolik o‘zgarishlarning yaqqol namoyon bo‘lishi va jigar yallig‘lanish jarayonining faolligi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik asosida reabilitatsiya marshrutizatsiya shkalasi aniqlangan;
SOVID-19 ni o‘tkazgan bemorlarda jigar funksional buzilishlarini bashorat qiluvchi omillar sifatida anamnezida kam harakatlik, noto‘g‘ri ovqatlanish, ortiqcha vazn hamda jigarning noalkogol yog‘li kasalligi bo‘lishi asoslangan;
mobil qurilmalar asosida ishlab chiqilgan differensiallashgan raqamli reabilitatsiya majmuasidan foydalanish SOVID-19 ni o‘tkazgan yosh bemorlarni reabilitatsiya muddatini qisqartirishga yordam berishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 26 fevraldagi 02/079 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: engil va o‘rta darajadagi SOVID-19 ni o‘tkazgan bemorlarda jigar funksional holatining sitolitik sindrom va oqsil sintezi faolligining ortishi birga kelishi asoslangan;
Ilmiy yangilikning ahamiyati: engil va o‘rta darajadagi SOVID-19 ni o‘tkazgan bemorlarda jigar funksional holatini aniqlash, erta differensiyalashgan reabilitatsiya qo‘llashga hamda postkovid asoratlarni oldini olishga yordam beradi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazida va Chinobod sanatoriysida tadbiq qilindi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SOVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda postkovid sindromlarni aniqlab, o‘z vaqtida davolash va reabilitatsiyani boshlash, bemorlar orasida nogironlikni kamaytirishga olib keladi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Postkovid asoratlar natijasida kasalxonada yotib davolanish kursini 50% kamaytiradi va 38 mln so‘m iqtisod qilinadi.
Xulosa: engil va o‘rta darajadagi SOVID-19 ni o‘tkazgan bemorlarda jigar funksional holatining sitolitik sindrom va oqsil sintezi faolligining ortishi birga kelishi asoslangan holda reabilitatsiya chora tadbirlarini ishlab chiqilgan. Bemorlarda postkovid sindromlarni aniqlash, o‘z vaqtida davolash va reabilitatsiyani boshlashga sabab bo‘ladi. Bu o‘z o‘rnida kasalxonada yotib davolanish kursini 50% kamaytiradi va 38 mln so‘m iqtisod qilinadi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish:  “SOVID-19 o‘tkazgan, gepatobiliar tizimi buzilishlari bo‘lgan yosh bemorlarni reabilitatsiya qilish xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 09 oktyabrdagi 10-23/41-x sonli ma’lumotnomasi.
ikkinchi ilmiy yangilik: SOVID-19 ni o‘tkazgan yosh bemorlarda metobolik o‘zgarishlarning yaqqol namoyon bo‘lishi va jigar yallig‘lanish jarayonining faolligi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik reabilitatsiya marshrutizatsiya shkalasini aniqlashga imkon beradi;
Ilmiy yangilikning ahamiyati: SOVID-19 ni o‘tkazgan yosh bemorlarda metobolik o‘zgarishlarning yaqqol namoyon bo‘lishi va jigar yallig‘lanish jarayonining faolligi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan. Bu guruh bemorlarga medikamentoz va jismoniy reabilitatsiyaning kompleks qo‘llanilishi yuqori samarali bo‘lishi isbotlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazida va Chinobod sanatoriysida tadbiq qilindi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SOVID-19 bilan og‘rigan bemorlarning statsionar va erta reabilitatsiya bosqichida gepatobiliar tizimi disfunksiyasiga xos o‘zgarishlarni erta aniqlash davolash va profilaktika choralari samaradorligini oshirishga bevosita ta’sir qiladi. Bu esa bemorlarda postkovid asoratlar holatlari ulushini va nogironlik foizini kamaytiradi, shuningdek, reabilitatsiya davrida bemorlarning hayot sifati darajasini yaxshilaydi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: agar kutilayotgan iqtisodiy samaradorlikni "taxminiy xarajatlar va ularning samaradorligi" ko‘rsatkichi bo‘yicha hisoblasak, muqobil reabilitatsiya usulini oqilona tanlash qo‘shimcha kasalxonada davolanishni bartaraf etishi aniq bo‘ladi, bu esa bemorlarning mablag‘larini sezilarli darajada tejash (4-5,5 mln. so‘mgacha) imkonini beradi.
Xulosa: SOVID-19 bilan og‘rigan bemorlarning shifoxona va erta reabilitatsiya bosqichida gepatobiliar tizimi disfunksiyasiga xos o‘zgarishlarni erta aniqlab, uning natijasida o‘z vaqtida boshlangan medikamentoz va jismoniy reabilitatsiya kasallar orasida nogironlikni kamaytirishga olib keladi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish:  “SOVID-19 o‘tkazgan, gepatobiliar tizimi buzilishlari bo‘lgan yosh bemorlarni reabilitatsiya qilish xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 09 oktyabrdagi 10-23/41-x sonli ma’lumotnomasi.
uchinchi ilmiy yangilik: SOVID-19 ni o‘tkazgan bemorlarda jigar funksional buzilishlarini bashorat qiluvchi omillar sifatida anamnezida kam harakatlik, noto‘g‘ri ovqatlanish, ortiqcha vazn hamda jigarning noalkogol yog‘li kasalligi bo‘lishi asoslangan;
Ilmiy yangilikning ahamiyati: SOVID-19 ni o‘tkazgan bemorlarda jigar funksional buzilishlarini bashorat qiluvchi omillar sifatida anamnezida kam harakatlik, noto‘g‘ri ovqatlanish, ortiqcha vazn hamda jigarning noalkogol yog‘li kasalligi bo‘lishi aniqlangan. Bu bemorlarga reabilitatsiya usulini tanlashga yordam beradi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazida va Chinobod sanatoriysida tadbiq qilindi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘zbekistonda SOVID-19 bilan kasallangan bemorlarda, gepatobiliar tizim zararlanish belgilari asosan o‘rta va yosh bemorlarga to‘g‘ri keldi. Ularning barchasida kam harakatlik, noto‘g‘ri ovqatlanish, ortiqcha vazn hamda jigarning noalkogol yog‘li kasalligi borligi aniqlandi. Ushbu bemorlarga differensiyalashgan, individuallashgan reabilitatsiya tashkil qilindi. EHM dasturi ishlab chiqilishi va bu keyinchalik bemorlarimizga reabilitatsiya bosqichini aniqlab berish imkonini yaratadi.  Olingan natijalar davolash va profilaktika choralari samaradorligini oshirishga bevosita ta’sir qiladi, bu esa bemorlarda postkovid asoratlar holatlari ulushini va shu tarzda nogironlik foizini kamaytiradi, shuningdek, reabilitatsiya davrida bemorlarning hayot sifati darajasini yaxshilaydi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bemorning 1 yotoq kuniga barcha xarajatlarni shu bilan birga dori-darmonlar xarajati o‘rtacha 650 ming so‘mni va kasalxonada qolishning o‘rtacha davomiyligi 8-10 yotoq kunini tashkil etadi. SOVID-19 bilan kasallangan bemorlarda oqilona tanlangan reabilitatsiya bosqichi, postkovid asoratlar natijasida kasalxonada yotoq kunlari sonini kamaytirishi, bu esa bemorning moddiy mablag‘larini sezilarli darajada tejash imkonini beradi.
Xulosa: reabilitatsiya yo‘nalishi shkalasi SOVID-19 bilan kasallangan bemorlarning funksional buzilishlarini baholashni hisobga olgan holda muvofiqlashtirilgan va uning asosida kuzatuv paytida monitoring talab qiladigan yuqumli jarayonning asosiy patogenetik ko‘rinishlari aniqlash aholi orasida nogironlikkni kamaytirishga olib keladi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish:  “SOVID-19 o‘tkazgan, gepatobiliar tizimi buzilishlari bo‘lgan yosh bemorlarni reabilitatsiya qilish xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 09 oktyabrdagi 10-23/41-x sonli ma’lumotnomasi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: mobil qurilmalar asosida ishlab chiqilgan differensiallashgan raqamli reabilitatsiya majmuasidan foydalanish SOVID-19 ni o‘tkazgan yosh bemorlarni reabilitatsiya muddatini qisqartirishga yordam berishi asoslangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: Mobil qurilma uy sharoitida jismoniy reabilitatsiyani uzluksiz olib borish uchun qulay sharoit yaratadi. Reabilitatsiya kompleksidan foydalanish yosh, mehnatga layoqatli, SOVID-19 ni o‘tkazgan bemorlarda qayta tiklanish muddatini qisqartirishga imkon beradi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy –amaliy tibbiyot markazida va Chinobod sanatoriysida tadbiq qilindi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Biz tomonimizdan yaratilgan davolovchi jismoniy mashqlar kompleksli mobil qurilmalar asosida ishlab chiqilgan differensiyalashgan raqamli reabilitatsiya kompleksidan foydalanish yosh, mehnatga layoqatli, SOVID-19 ni o‘tkazgan bemorlarda reabilitatsiya muddatini qisqartirish, nogironlar sonini kamaytirishga olib keladi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mobil ilovalar bemorning yo‘l xarajatlari (o‘rtacha 50 ming so‘m), davolovchi jismoniy tarbiya instruktor (200 ming so‘m) xarajatlarini tejashga va reabilitatsiyaning uzluksiz davom etishiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Xulosa: mobil qurilmalar asosida ishlab chiqilgan differensiyalashgan raqamli reabilitatsiya kompleksidan foydalanish yosh, mehnatga layoqatli, SOVID-19 ni o‘tkazgan bemorlarda reabilitatsiya muddatini qisqartirishga imkon berganligi isbotlangan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish:  “SOVID-19 o‘tkazgan, gepatobiliar tizimi buzilishlari bo‘lgan yosh bemorlarni reabilitatsiya qilish xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 09 oktyabrdagi 10-23/41-x sonli ma’lumotnomasi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish