Ergashova Shaxnoza Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kushing sindromining asoratlarini tashxislashda zamonaviy yondashuv va ularning profilaktikasi”, 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1637.
Ilmiy rahbar: Narimova Gulchexra Djumaniyazovna, tibbiyot fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib.161.01.
Rasmiy opponentlar: Najmutdinova Dilorom Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alieva Anna Valerevna, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi Kushing sindromida uglevod almashinuvi va suyak-metabolik asoratlari tarqalish darajasini aniqlash hamda ularni davolash va oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
AKTG-BKC bilan og‘rigan bemorlarda uglevod almashinuvi (31,9%) va suyak mineral zichligi buzilishining (81,9%) yuqori chastotasi aniqlangan, shuningdek qaytmas uglevod almashinuvi buzilishlari  kasallik faolligi davomiyligiga va uning agressiv kechishiga bog‘likligi isbotlangan;
suyak mineral zichligidagi o‘zgarishlar kasallik faollik darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi isbotlangan va remissiyaga erishilganda bemorlarning 2/3 (62,2%) da bu o‘zgarishlar tiklanmasligi aniqlangan;
depressiya (r=-0,42), xavotir (r=-0,24) va hayot sifati darajasi (r=0,32) bilan korrelyasiyadagi o‘zgarishlar orqali KS bilan og‘rigan bemorlarda depressiya rivojlanishida BDNF o‘rnining ahamiyati isbotlangan;
moslashtirilgan  CushingQol  so‘rovnomasi yordamida KS bilan og‘rigan bemorlarning xayot sifati va davolash samaradorligini baholash orqali uning ko‘rsatkichlari bilan giperkortisizm davomiyligi o‘rtasida yuqori manfiy korrelyasiyasi aniqlangan (r=-0,62).
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Akademik Yo.X. Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2024- yil 20-martdagi 55-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish buyicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga akademik Yo.X. Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023-yil 11-maydagi 5-sonli xati taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: AKTG-BKC bilan og‘rigan bemorlarda uglevod almashinuvi (31,9%) va suyak mineral zichligi buzilishining (81,9%) yuqori chastotasi aniqlangan, shuningdek qaytmas uglevod almashinuvi buzilishlari  kasallik faolligi davomiyligiga va uning agressiv kechishiga bog‘likligi isbotlangani akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Qashqadaryo viloyati filiali bo‘yicha 31.05.2023 yildagi 64-T-son hamda Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 12.06.2023 yildagi 24-i-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kushing sindromli bemorlarda uglevod almashinuvi va suyak-mineral almashinuvi ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida aniqlash va baholash kasallik asoratlarini erta bosqichlarda aniqlashga va bu asoratlar holatini baholashga imkon beradi. Bu esa kasallik asoratlarini erta bosqichlarda davolash, og‘ir shakllarining oldini olish va bemorlar umr ko‘rish davomiyligini uzaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: KS bilan xastalangan bemorlarda glyukoza va suyak-mineral almashinuvi buzilishining kasallik erta bosqichlarda aniqlanishi orqali kasallik asoratlarini erta bosqichlarda aniqlash imkonini beradi hamda bu asoratlarning og‘ir shakllari oldini olish orqali ularni bartaraf qilish uchun kerak bo‘ladigan  sarf-xarajatlarning tejab qolinishiga olib keladi.  Xulosa: Kushing sindromli bemorlarda uglevod va suyak-mineral almashinuvi ko‘rsatkichlarini tekshirish o‘z navbatida kasallik asoratlarini erta bosqichlarda aniqlashga imkon beradi va bu orqali 1 nafar bemor hisobiga bir marotaba ko‘rikdan o‘tish davomida 480000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: suyak mineral zichligidagi o‘zgarishlar kasallik faollik darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi isbotlangan va remissiyaga erishilganda bemorlarning 2/3 (62,2%) da bu o‘zgarishlar tiklanmasligi aniqlangani akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Qashqadaryo viloyati filiali bo‘yicha 31.05.2023 yildagi 64-T-son hamda Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 12.06.2023 yildagi 24-i-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kushing sindromli bemorlarda suyak-mineral holatini dinamik kuzatish muhim ahamiyatga ega  bo‘lib, remissiya davrida suyak metabolik asoratlari mavjud bemorlarga antirezorbtiv davo tavsiya qilinishi suyak mineral zichligining yaxshilanishiga va tiklanishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida bemor hayot sifati darajasining yaxshilanishida  muhim ahamiyatga ega. Davo samaradorligini baholashda Beta crosslaps o‘zgarishini baholash davo samaradorligini erta baholash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: KS bilan xastalangan suyak almashinuvi buzilish asorati mavjud remissiya davridagi bemorlarda antirezorbtiv davo qo‘llash orqali suyak sinishlarining oldi olinib quyidagi iqtisodiy samaraga erishish mumkin. Agar bitta bemorga bir kun kasalxonada davolanish uchun tacha hisoblanganda 450000 so‘m bo‘lsa, o‘n kunga 4500000 so‘mni, bir yilda 2 marotaba davolansa ushbu xarajat 9000000 so‘mni tashkil qiladi. O‘z vaqtida olib borilgan monand tashxislash va davolash ishlari har bir bemor hisobiga 4500000 dan 9000000 so‘mgacha pul mablag‘larini tejash imkonini beradi. Xulosa: KS bilan xastalangan suyak-mineral almashinuvi buzilish asorati mavjud remissiya davridagi bemorlarda antirezorbtiv davo qo‘llash orqali bemorlarda turli patologik sinishlarni davolash va oldini olish bemorlarning kasalxonaga qayta yotishlar sonini va kunini hamda davolash uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish orqali iqtisodiy samara bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: depressiya (r=-0,42), xavotir (r=-0,24) va hayot sifati darajasi (r=0,32) bilan korrelyasiyadagi o‘zgarishlar orqali KS bilan og‘rigan bemorlarda depressiya rivojlanishida BDNF o‘rnining ahamiyati isbotlangani akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Qashqadaryo viloyati filiali bo‘yicha 31.05.2023 yildagi 64-T-son hamda Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 12.06.2023 yildagi 24-i-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: KS li aksariyat bemorlarda neyropsixologik buzilishlardan depressiya va xavotir yaqqol kuzatiladi. Remissiyaga erishilganda ham depressiya simptomlari bartaraf bo‘lmasligi bevosita bosh miyadagi plastik jarayonlarning qaytmas o‘zgarishlari bilan bog‘liq. BDNF miqdorining o‘zgarishi bilan bemorlar hayot sifati darajasi orasidagi korrelyasion bog‘liqliklarni o‘rganish bu omilning plastik jarayonlar tiklanishida ahamiyati muhimligini ko‘rsatdi va davo choralarin to‘g‘ri tanlash imkonini beradi. Ushbu chora tadbirlarni amalga oshirish bemorlarning hayot sifati hamda umr ko‘rish davomiyligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: BDNF miqdorini tekshiruv natijalarini baholash asosida KS bilan og‘rigan bemorlarda neyropsixologik buzilishlarni davolashga to‘g‘ri yondashuvni ta’minlaydi. Natijada bemorlarning statsionar davolanish kunining qisqarishiga (10 kundan 8 kunga) va yil davomida davolanish sonining kamayishiga (2 marotabadan 1 marotabaga) olib keladi. Bu bir bemor uchun 900000 mingdan 4500000 so‘mgacha tejash imkonini beradi.  Xulosa: KS bilan og‘rigan bemorlarda miya trofik omilini (BDNF) tekshirish neyropsixologik buzilishlardan depressiya va xavotirni asoslashga yordam beradi va BDNF miqdorini aniqlash kasallik asoratini tashxislash va davolanishni engillishtirish orqali ijtimoiy va iqtisodiy samaraga erishishga olib kelgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: moslashtirilgan  CushingQol  so‘rovnomasi yordamida KS bilan og‘rigan bemorlarning xayot sifati va davolash samaradorligini baholash orqali uning ko‘rsatkichlari bilan giperkortisizm davomiyligi o‘rtasida yuqori manfiy korrelyasiyasi (r=-0,62) aniqlanganligi akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Qashqadaryo viloyati filiali bo‘yicha 31.05.2023 yildagi 64-T-son hamda Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 12.06.2023 yildagi 24-i-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: KS bilan og‘rigan bemorlarda hayot sifati darajasini CushingQoL so‘rovnomasi yordamida baholash mumkin. Bunda bemorlar hayot sifati darajasi, uning kasallikda dinamik o‘zgarishini baholash hamda remissiyaga erishilmaganligi va qaytalanish ehtimolini  erta bashorat qilish imkonini beradi. Bu esa davo chora-tadbirlarini optimallashtirish orqali asosiy kasallikning avjlanishini, asoratlarining og‘irlashishini oldini oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Kushing sindromi bilan og‘rigan bemorlarda hayot sifati darajasini va davolash samaradorligini baholashda CushingQoL so‘rovnomasining qo‘llanishi bu bemorlarda kasallik kechishini to‘g‘ri baholab, bemorlarning shifoxonaga qayta yotishlar sonini kamaytirish orqali har bir bemordan 4500000 so‘m miqdorda pul mablag‘lari tejashga imkon beradi. Xulosa: KS bilan og‘rigan bemorlarda hayot sifati darajasini CushingQoL so‘rovnomasi yordamida baholash natijasiga ko‘ra davo muolajalarini optimallashtirish kasallikni davolash uchun sarflanadigan mablag‘ va vaqtni tejashga imkon beradi. Bu mablag‘ bir nafar bemor hisobiga o‘rtacha 4500000 so‘mni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish