Xadjimuxamedov Bekzod Baxtiyor ug‘lining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miopiyani LASIK va femtoLASIK texnologiyalari orqali xirurgik korreksiyasi natijalarini kompleks baholash» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.23.PhD/Tib2096.
Ilmiy rahbar: Mirraximova Saidaxon Shuxratovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Pasha Ismail ogli Gal`binur Musaev, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ozarbaydjon Respublikasi); Yusupov Aminjon Azizozovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qozogiston kuz kasalliklari ilmiy-tadkikot instituti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: miopiyada LASIK va femtoLASIK texnologiyalari bo‘yicha refraksion o‘zgarishlarni eksimerlazer yo‘li bilan tuzatish samaradorligining klinik-funksional va immunologik ko‘rsatkichlarini kompleks baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksimerlazerli korreksiyadan so‘ng shox pardadagi regeneratsiya jarayonlarini o‘zgarishi, regeneratsiyaning uzayishi da disadaptiv turlarining rivojlanishga olib kelishi IL-1β, IL-8 va FNO-α kabi yallig‘lanish oldi sitokinlarni darajasini ko‘z yoshi suyukligida oshishi bilan kuzatilishi isbotlangan;
LASIK usuli yordamida davolangan bemorlar guruxiga nisbatan, femtoLASIK qo‘llanilgan bemorlaring ko‘z yoshi suyukligida IL-1β, IL-8 va FNO-α kabi yallig‘lanish oldi sitokinlarni ko‘rsatkichlarning pastligi xamda IL-4 va TGF-1β kabi yallig‘lanishga qarshi sitokinlar miqdorining yuqoriligi statistik ishonchli ekanligi (p<0.05) isbotlangan;
ortokeratologik linzalardan uzoq muddat foydalanish (kamida 2 yil), eksimer lazer bilan davolash jarayonida shox parda laxtagi ko‘rsatkichlariga ta’sir qilmasligi aniqlangan;
miopiyasi bor yosh bemorlarda ortokeratologik linzalardan davolangandan keyingi davrda keratorefraksion jarroxlik amaliyoti davolashning tanlov usuli ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yil 6 martdagi 03/190 xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: eksimerlazer bilan tuzatishdan so‘ng shox pardaning regenerativ  jarayonining buzilishi va regeneratsiyaning disadaptiv va uzoq davom etadigan turlari rivojlanishi  yallig‘lanishga qarshi  ko‘z yoshi suyuqligida IL-1β, IL-8 va FNO-α sitokinlari darajasining oshishi bilan birga kelishi asoslangan. Ilmiy yangilikning axamiyati:  ko‘rishni eksimerlazer bilan tuzatishdan so‘ng shox pardaning regenerativ jarayoni klinik baxolash va monitoring qilishning tavsiya etilgan usuli bizga regeneratsiyaning buzulishi bilan bog‘lik bo‘lgan   LASIK va femtoLASIK operatsiyadan keyingi davrda asoratlarni erta aniqlash samaradorligini oshirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi  Sog‘liqni saqlash amaliyotliga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan  ilmiy-amaliy ko‘z mikroxirirgiya markazi Buxoro filiali xamda Respublika ixtisoslashtirilgan  ilmiy-amaliy ko‘z mikroxirirgiya markazi Samarqand filiali faoliyatiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: shundan iboratki, LASIK va femtoLASIK operatsiyadan keyingi davrda asoratlarni erta aniqlash va davolash indikator bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ko‘rish sifati ko‘rsatkichini saqlab qolish va oshirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: amaliyotdan keyingi asoratlarni davolash xarajatlarini kamaytirishga bog‘liq (qushimcha dorig‘darmonlarni takroriy reseptlar va reabilitatsiya muolajalari). Shunday qilib, xar bir bemor uchun bir kurs davolash uchun 900 000 so‘m tejaldi. Xulosa: Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, eksimer lazer amaliyotidan so‘ng regenerativ jarayonning adaptiv turi shax pardaning strukturaviy va funksional xolatini to‘liq tiklash bilan bog‘liq bo‘lib, u uzoq davom etgan turiga qaraganda sezilarli darajada yuqori bo‘lgan refraktiv va optik ta’sirning yuqori tezligi bilan bog‘liq.
ikkinchi ilmiy yangilik: femtoLASIK texnologiyadan foydalangan xolda ko‘rishni eksimer lazer bilan tuzatishdan so‘ng bemorlarda sitokinlar IL-1β, IL-8 va FNO-α darajasi sezilarli darajada pastligi va yallig‘lanishga qarshi  IL-4 va TFR-1b ko‘z yoshi suyuqligida sitokinlarning yuqori darajasi isbotlangan. Ilmiy yangilikning axamiyati:  ko‘rishni eksimerlazer bilan tuzatishdan so‘ng shox pardaning regenerativ jarayonini laboratoriya baholash va monitoring qilishning tavsiya etilgan usuli regeneratsiyaning buzulishi bilan bog‘liq bo‘lgan LASIK va femtoLASIK operatsiyadan keyingi  asoratlarni erta aniqlash samaradorligini oshirishga imkon beradi, bu xam ularning rivojlanishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi  Sog‘liqni saqlash amaliyotliga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan  ilmiy-amaliy ko‘z mikroxirirgiya markazi Buxoro filiali xamda Respublika ixtisoslashtirilgan  ilmiy-amaliy ko‘z mikroxirirgiya markazi Samarqand filiali faoliyatiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: operatsidan keyingi davrda LASIK va femtoLASIK asoratlarni erta aniqlash va davolash bemorlarning xayot sifati bilan bog‘liq ko‘rish sifatini  saqlab qolish va yaxshilashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: amaliyotdan keyingi asoratlarni davolash xarajatlarini kamaytirishga bog‘liq (qushimcha dorig‘darmonlarni takroriy reseptlar va reabilitatsiya muolajalari). Texnikaning joriy etilishi operatsiyadan keyingi asoratlarni tashxislash va davolash sifatini oshiradi. Shunday qilib, xar bir bemor uchun bir kurs davolash uchun 900 000 so‘m tejaldi. Xulosa: Eksimer lazer bilan ko‘rishni tuzatishdan so‘ng bemorlarda regenerativ jarayonning borishi pro-yallig‘lanish sitokinlar IL-1b va FNO- α va yallig‘lanishga qarshi TFR-1b sitokinlarning konsentratsiyasiga bog‘liq.
uchinchi ilmiy yangilik: Ortokeratologik linzalarni kiyish keratorefraksion operatsiyadan keyin shox parda interfeysi xolatiga ta’sir qilmaydi. Ilmiy yangilikning axamiyati: Tadqiqotning amaliy axamiyati yosh miopiyasi bor bemorlarda ortokeratologik korreksiyadan so‘ng keratorefraksion amaliyot o‘tkazib shox parda interfeysi parametrlarini o‘rganish choralari qo‘llandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi  Sog‘liqni saqlash amaliyotliga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan  ilmiy-amaliy ko‘z mikroxirirgiya markazi Buxoro filiali xamda Respublika ixtisoslashtirilgan  ilmiy-amaliy ko‘z mikroxirirgiya markazi Samarqand filiali faoliyatiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: miopiyasi bor bemorlarda va ilgari ortokeratologik linzalardan foydalangan bemorlarda shox parda interfeysi parametrlari keratorefraksion operatsidan keyin o‘rganildi, bu esa o‘z navbatda LASIK va femtoLASIK amaliyotlarni samaradorligi va xavfsizligini isbotlash imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Bemorlar oddiy kontakt linzalardan butun umr foydalansa, xar oy kamida 200 000 so‘m sarf qiladi, eksimer lazer amaliyoti o‘tkazilsa butun umrga kontakt linzalardan bos kechadi, va iqtisodiy tarafdan bemorga juda qulay buladi. Xulosa: Eksimerlazer amaliyotidan oldin yosh bemorlarda ortokeratologik linzalardan foydalanish amaliyotdan keyingi natijalarning barqarorligiga yordam beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Ortokeratologik linzalardan bemorlar foydalangandan so‘ng, eksimer lazer amaliyot vaqtida, xosil bo‘lgan shox pada  qopqoqning qalinligiga ta’sir qilmasligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning axamiyati: Tadqiqotning amaliy axamiyati yosh miopiyasi bor bemorlarda miopiyani boshqarish, jarayonni stabilizatsiyasini nazorat qilib xirurgik muolaja o‘tqazish choralari qo‘llanildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi  Sog‘liqni saqlash amaliyotliga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan  ilmiy-amaliy ko‘z mikroxirirgiya markazi Buxoro filiali xamda Respublika ixtisoslashtirilgan  ilmiy-amaliy ko‘z mikroxirirgiya markazi Samarqand filiali faoliyatiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: miopiyasi bor bemorlarda shox parda qalinligi ko‘rsatkichlari va ilgari ortokeratologik linzalardan foydalangan bemorlarda  asoratlar paydo bo‘lishi o‘rganildi, bu esa o‘z navbatda LASIK va femtoLASIK amaliyotlarni samaradorligi va xavfsizligini isbotlash imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Bemorlar oddiy kontakt linzalardan butun umr foydalansa, xar oy kamida 200 000 so‘m sarf qiladi, eksimer lazer amaliyoti o‘tkazilsa butun umrga kontakt linzalardan bos kechadi, va iqtisodiy tarafdan bemorga juda qulay buladi. Xulosa: Eksimerlazer amaliyotidan oldin yosh bemorlarda ortokeratologik linzalardan foydalanish amaliyotdan keyingi natijalarning barqarorligiga yordam beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish