Gaybullaeva Nigora Nadjimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ochiq burchakli nazlani erta tashxislashni klinik-funksional xususiyatlari» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1671.
Ilmiy rahbar: Komilov Xolidjon Maxamadjonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Djumagulov Oljobay Djumakadirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirg‘iziston Respublikasi); Bilalov Erkin Nazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: birlamchi ochiq burchakli glaukoma kechishining klinik xususiyatlarini aniqlash, erta tashxislashning samarali usullarini ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan xastalangan bemorlarning taxminan 80% birinchi marta oilaviy shifokorga komorbid kasalliklar mavjudligi sababli murojaat qilgan va keyinchalik uning ko‘rsatmasi bilan oftalmologga yo‘nalishtirilganligi, bemorlarning atigi 12,6% birlamchi ochiq burchakli glaukoma tashxisi kasallikning birinchi yilida qo‘yilganligi va bemorlarning 25.2% da irsiy moyillik borligi aniqlangan;
“Oculus mobile” uskunasi yordamida vizualizatsiya qilingan kuruv nerv diskining morfometrik parametrlari optik kogerent tomografiya ma’lumotlari bilan o‘zaro bog‘liqligi aniklangan va ushbu uskuna birlamchi ochiq burchakli glaukomani erta tashxislashda ishlatishga imkon berishi isbotlangan;
kuruv nervi diskining to‘g‘ridan-to‘g‘ri oftalmoskopiyasi va “Oculus mobile” yordamida oftalmoskopiya ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilish natijasida olingan ma’lumotlar optik kogerent tomografiya ma’lumotlaridan statistik jihatdan farq qilmasligi aniqlangan;
modifikatsiya qilingan “Oculus care” ning mobil ilovasi birlamchi ochiq burchakli glaukomani erta tashxislashga hissa qo‘shishi (tasdiqlangan tashxis bilan mobil ilovasi tashxislarning tasodiflari soni 97%ni tashkil etdi) va birlamchi sog‘liqni saqlash sharoitida ko‘z tubi holatini dinamik kuzatish imkonini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashining 2024 yil 29 fevraldagi №2 xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: “Oculus mobile”da tavsiya qilingan chizma-andaza optik nerv ko‘rsatkichlarni tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini sharoitida optik kogerent tomografiyasiz ob’ektiv vizualizatsiya qilish va baxolash imkonini berishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati “Oculus mobile” erdamida bir vaqtning o‘zida suratga olish, kattalashtirish, saqlash va kuzatuv oftal`moskopiyasining foto va video materiallarini masofadan turib, mobil internetdan foydalangan holda, mamlakat va dunyoning istalgan nuqtasiga uzatish imkoni kursatilgan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘zbekiston Respublikasida BOBGerta tashxislashni klinik-funksional o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi, Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markaz Farg‘ona filiali, Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi faoliyatiga joriy etildi (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazining 2023 yil 27 fevraldagi №7/1-sonli xulosasi); Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi Qishloq vrachlik punktining oilaviy shifokori “Oculus mobile” uchun “Oculus care” dasturini o‘rnatish, ko‘z tubini suratga olish va qaytar aloqa yordamida tasvirni tuman poliklinikasi oftal`mologiga yuborish imkoniyatiga ega; Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tog‘li va uzok joylarda joylashgan axolini ommaviy ko‘rikdan o‘tkazish uchun ( yulga, oziq-ovqat, dori-darmon sarfi va boshqalar) 40%dan 100%gacha tejaladi; Xulosa: Birlamchi ochiq burchakli glaukomani tashxislashda “Oculus care” mobil ilovasi va “Oculus mobile”dan tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida keng foydalanish kasallikning erta bosqichlarida aniqlash va telemedisinani keng rivojlanish imkonini yaratadi. Axolini sarf- xarajatlarini 40%dan 100%gacha tejaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: glaukomani erta bosqichida “Oculus mobile”dan foydalanish ko‘ruv diski nervini nafaqat sifatli ko‘rsatkichlarni, balki miqdoriy ko‘rsatkichlarni qimmatbaxo uskunalarsiz aniqlash imkonini beradi; Ilmiy yangilikning ahamiyati: O‘zbekiston Respublikasida birlamchi ochiq burchakli glaukoma kechishining funksional xususiyatlarini tahlil qilish, “Oculus mobile” qurilmasi yordamida ilmiy asoslanishi orqali erta tashxislashga yordam beradi; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘zbekiston Respublikasida BOBGerta tashxislashni klinik-funksional o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi, Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markaz Farg‘ona filiali, Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi faoliyatiga joriy etildi (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazining 2023 yil 27 fevraldagi №7/1-sonli xulosasi); Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: O‘zbekiston Respublikasida BOBGning erta tashxisotini yaxshilash, kasallik zo‘rayishining oldini olish, erta nogironlikni kechiktirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash uchun davolash-profilaktika choralarini erta kullanishi imkonini beradi; ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: BOBGning erta tashxisotini yaxshilash natijasida 26 million 640 ming so‘mning tejalish imkonini beradi; Xulosa: O‘zbekiston Respublikasida BOBGning erta tashxisotini yaxshilash, kasallik zo‘rayishining oldini olish, erta nogironlikni kechiktirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash uchun davolash-profilaktika choralarini erta kullanishi natijasida 26 million 640 ming so‘mning tejalish imkon berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashning birla“Oculus mobile”dan foydalanish ko‘ruv diski nervini nafaqat sifatli ko‘rsatkichlarni, balki miqdoriy ko‘rsatkichlarni qimmatbaxo uskunalarsiz aniqlash imkonini beradi mchi bo‘g‘ini sharoitlarida birlamchi ochiq burchakli glaukomani tashxisotida “Oculus mobile”dan foydalanishning qulayligi, hammabopligi va samaradorligi aniqlandi; Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqotning amaliy ahamiyati BOBGning erta tashxisotini yaxshilash, kasallik zo‘rayishining oldini olish, erta nogironlikni kechiktirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash uchun davolash-profilaktika choralari kullanildi; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘zbekiston Respublikasida BOBGerta tashxislashni klinik-funksional o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi, Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markaz Farg‘ona filiali, Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi faoliyatiga joriy etildi (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazining 2023 yil 27 fevraldagi №7/1-sonli xulosasi); Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasida BOBGning erta tashxisotini yaxshilash, kasallik zo‘rayishining oldini olish, erta nogironlikni kechiktirish imkonini beradi; ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasalxonadan davoni o‘tkazish har bir bemor statsionarda yotishi uchun davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘ning (oziq-ovqat, tibbiy xodim xizmati, bemor yotog‘i, elektr energiya sarfi va boshqalar (dori-darmondan tashqari)) 40%dan 100%gacha tejaladi; Xulosa: O‘zbekiston Respublikasida BOBGning erta tashxisotini yaxshilash, kasallik zo‘rayishining oldini olish, erta nogironlikni kechiktirish va kasalxonalarda bemorlarga zarur bo‘ladigan o‘rin-joylar sonini kiskartirishga imkonini beradi va kasalxonadan davoni o‘tkazish har bir bemor statsionarda yotishi uchun davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘ning 40%dan 100%gacha tejash imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini sharoitlarida “Oculus care” mobil ilovasini birlamchi ochiq burchakli glaukomani erta tashxislashda, kuz tubini dinamik kuzatuvdagi, maxalliy telemedisinani rivojlanishidagi o‘rni isbotlandi; Ilmiy yangilikning ahamiyati: KND oftal`moskopiya ko‘rsatkichlarining o‘rtacha qiymatlari va chizma-andazadan foydalangan holda “Oculus mobile” uskunasi ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi va ikkinchi guruhdagi shaxslarda farqlar statistik ishonarli emas (p>0,05). Bu bizga chizma-andazadan foydalangan holda“Oculus mobile” uskunasi yordamida olingan optik diskning morfometrik ma’lumotlari OKT yordamida olingan ma’lumotlardan deyarli farq qilmaydi, degan xulosaga kelishimizga imkon berdi; Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi O‘zbekiston Respublikasida BOBGning erta tashxisotini yaxshilash, kasallik zo‘rayishining oldini olish, erta nogironlikni kechiktirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash uchun davolash-profilaktika choralarini erta kullanishi va kasalxonalarda bemorlarga zarur bo‘ladigan o‘rin-joylar sonini kiskartirishga imkonini beradi; Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: BOBGning erta tashxisotini yaxshilash natijasida 26 million 640 ming so‘mning tejalish imkonini beradi; Xulosa: O‘zbekiston Respublikasida BOBGning erta tashxisotini yaxshilash, kasallik zo‘rayishining oldini olish, erta nogironlikni kechiktirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash uchun davolash-profilaktika choralarini erta kullanishi natijasida 26 million 640 ming so‘mning tejalish imkon berdi.