Turakulov Oybek Xolmirzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kungaboqar hosildorligiga ekish muddati, sxemasi va qo‘shimcha changlatishning ta’siri”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1212.
Ilmiy rahbar: Lukov Mamadali Kudratovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Yuldasheva Zulfiya Kamolovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simlik genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida kungaboqarning Sam QXI 20-80 va SUR navlarini ekish muddatlari, sxemalarining o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishiga hamda gullash fazasida sun’iy ravishda qo‘shimcha changlatishning hosildorlik va hosil sifatlariga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekin sifatida kungaboqarning Sam QXI 20-80 va SUR navlari uchun maqbul ekish muddati 1-iyul hamda Sam QXI 20-80 navida 70x30-1 sm va SUR navida 70x25-1 sm ekish sxemasi aniqlangan;
kungaboqar navlarini 10 va 20 iyul muddatlariga nisbatan 1 iyulda ekish, Sam QXI 20-80 navida qator orasi 70 sm, o‘simlik orasi 20, 25, 35, 40 sm ga nisbatan 30 sm hamda SUR navida qator orasi 70 sm, o‘simlik orasi 20, 30, 35, 40 sm ga nisbatan 25 sm sxemada ekilganda o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishiga, shu bilan birga gullash fazasida sun’iy ravishda 2 marta qo‘shimcha changlatishning ekin hosildorligi va sifatlariga ijobiy ta’siri yuqoriligi aniqlangan;
takroriy ekin sifatida ekilgan moyli kungaboqar navlarining 1 iyul muddatida ekilganda va Sam QXI 20-80 navini gektariga 47,6 ming tup va Sur navini 57,1 ming tup me’yorida ekib o‘stirilganda barg sathi, umumiy biomassaning shakllanish dinamikasi va fotosintetik faoliyati yuqoriligi isbotlangan;
Samarqand viloyatining o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida 1 iyul muddatida ekilgan kungaboqarning Sam QXI 20-80 navini 70x30-1 sm va SUR navini 70x25-1 sm ekish sxemalarida etishtirib, gullash fazasida 2 marta sun’iy ravishda qo‘shimcha changlatish o‘tkazishning iqtisodiy samaradorligi yuqoriligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand viloyatining o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekin sifatida moyli kungaboqarning Sam QXI 20-80 va SUR navlarini ekish muddati, sxemasi va gullash fazasida qo‘shimcha changlatish o‘tkazish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
klaster va fermer xo‘jaliklari uchun hammualliflikda “Samarqand viloyati sharoitida kungaboqarning maqbul ekish muddati va sxemasini takomillashtirish bo‘yicha” tavsiyanoma chop etilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 dekabrdagi №07/21-05/6424-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyalar qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan ilmiy xodimlar va fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida keng foydalanilmoqda;
moyli kungaboqarning Sam QXI 20-80 va SUR navlarini etishtirish texnologiyasi 2023 yilda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida 12 gektar, Jomboy tumanida 9 gektar va Tayloq tumanida 11 gektar maydonga, jami 32 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 dekabrdagi №07/21-05/6424-son ma’lumotnomasi). Natijada moyli kungaboqarni etishtirish texnologiyasi bo‘yicha takroriy muddatda 1 iyulda ekilib, gullash fazasida 2 marta qo‘shimcha changlatish o‘tkazilganda Sam QXI 20-80 navidan 70x30-1 sm sxemada 36,5 s/ga va SUR navidan 70x25-1 sm sxemada 31,7 s/ga hosil olingan va rentabellik darajasi Sam QXI 20-80 navida 137,1% va SUR navida 105,8% gacha oshishiga erishilgan;
moyli kungaboqarning Sam QXI 20-80 va SUR navlarini etishtirish texnologiyasi 2023 yilda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 11 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 dekabrdagi №07/21-05/6424-son ma’lumotnomasi). Natijada moyli kungaboqarni etishtirish texnologiyasi bo‘yicha takroriy muddatda 1 iyulda ekilib, gullash fazasida 2 marta qo‘shimcha changlatilganda eng ko‘p moy Sam QXI 20-80 navidan 70x30-1 sm ekish sxemasida 1701 kg/ga va SUR navidan 70x25-1 sm ekish sxemasida 1461 kg/ga ajratib olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish