Xakimova Zarina Ziyodilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda maishiy oqova suvlaridan foydalanish samaradorligi”, 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1179.
Ilmiy rahbar: Islomov Ismoil, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti. Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Norqulov Usmonqul, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Xasanov Maksud Marifovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Suv tanqis sharoitlarida Buxoro shaxridan chiqadigan maishiy oqova suvlariga chorva mollari uchun em-xashak sifatida beda va makkajo‘xori ekinini etishtirishda foydalanish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bora Buxoro viloyatining o‘tloqi-allyuvial tuproq sharoitida tozalangan maishiy oqova suvi bilan chorva mollari uchun ozuqabop ekinlaridan bedaning Toshkent-3192 navini sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 80 %, makkajo‘xorining O‘zbekiston – 400 BL (silos) navini sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-80% tartibda sug‘orish maqbul ekanligi aniqlangan;
bedaning “Toshkent – 3192” navini sug‘orish oldi tuproq namligi 80 % tartibda maishiy oqova suvi bilan sug‘orilganda 1 s hosil olish uchun sarflangan eng kam umumiy suv sarfi 39,5 m3/s, makkajo‘xorining “O‘zbekiston – 400 BL” navida sug‘orish oldi tuproq namligi 70-80 % tartibda 7,4 m3/s ga suv sarflanganligi aniqlangan;
maishiy oqova suvlarini ekin turlariga qo‘llashda tuproqdagi tuzlarning umumiy yig‘indisi 6,4 % dan 0,35%ga pasayishi, tuproqning muhiti pH-8,9 dan 7,5 ga kamayishi aniqlangan;
beda sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 80 % tartibda sug‘orilganda 174 s/ga, makkajo‘xorini sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-80 % tartibda oqova suv bilan sug‘orilganda 535 s/ga ko‘kmassa hosil olish mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro viloyatining o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida, Buxoro shahar oqova - chiqindi suvlari bilan sug‘orib parranda va chorva mollari uchun oziqa sifatida beda pichani hamda makkajo‘xoridan ko‘kmassa hosili etishtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
“Buxoro viloyatining tuproq sharoitlarida ozuqabop ekinlarni etishtirishda oqova suvlaridan foydalanishning samaradorligi” bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 25 yanvardagi № 03/28-265 son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma fermer va klasterlar uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
maishiy oqova suvlari bilan etishtirilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari Buxoro viloyatining Buxoro tumanidagi “Muttaharxo‘ja” fermer xo‘jaligida bedaning “Toshkent – 3192” navini sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 80 %, makkajo‘xorining “O‘zbekiston – 400 BL” navini sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-80 % tartibda sug‘orish texnologiyasi 12 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 25 yanvardagi № 03/28-265 son ma’lumotnomasi). Natijada bedaning “Toshkent – 3192” navidan 5 ta o‘rimda jami 80 s/ga pichan, makkajo‘xorining “O‘zbekiston – 400 BL” navidan 589 s/ga ko‘kmassa hosil olishga erishilgan;
bedaning “Toshkent – 3192” navi va makkajo‘xorining “O‘zbekiston – 400 BL” navini vegetatsiya davrida mineral o‘g‘itlar qo‘llamasdan faqat maishiy oqova suvlari bilan sug‘orish texnologiyasi Buxoro viloyatining Buxoro tumanidagi “Muttaharxo‘ja” fermer xo‘jaligida 13 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 25 yanvardagi № 03/28-265 son ma’lumotnomasi). Faqat maishiy oqova suvlari bilan sug‘orish natijasida mineral o‘g‘itlar va daryo suvi 100 % tejalib, bedada 100 % dan, makkajo‘xorida 150 % dan yuqori rentabellikka erishilgan.