Eshonqulov Jamoliddin Saporboy o‘g‘lining
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sho‘rlangan tuproqlarda moyli va em-xashak ekinlarini etishtirishning tuproq unumdorligi hamda qayta sho‘rlanish jarayonlariga ta’sirining ilmiy asoslari (Sardoba suv ombori toshqini natijasida buzilgan tuproqlar sharoitida)”, 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Qx246.
Ilmiy maslahatchi: Shamsiev Akmal Sadirdinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Muxammadxon Xamidovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Qurvantaev Raxmontoy, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Jo‘raev Umid Anvarovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sardoba suv ombori toshqini ta’sirida zarar ko‘rgan sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini baholash, ularni qisqa muddatda tiklash, mavjud meliorativ holatga mos ekin turlarini tanlash va etishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘oriladigan erlarning suv ta’sirida yuvilishi natijasida Oqoltin tumanida 0-15sm, Sardoba tumanida esa 15-30 sm va >30 smdan yuqori qalinlikda loyqa qalinligi hosil bo‘lganligi aniqlangan;
er ustki yuvilgan unumdor qatlamini qayta tiklash (loyqa qatlamiga bog‘liq holda ishlov berish, loyqa 0-15 sm qalinlikda o‘tirgan erlarda chizel-boronalash, 15-30 va >30 smdan yuqori qalinlikda o‘tirgan erlarda shudgorlash, chizel-boronalash agrotadbiri o‘tkazilgan, yuvilgan erlar tekislangan, er ekishga tayyorlangan) qisqa muddatda dehqonchilikda foydalanishga kiritilgan;
tuproqni yuvilish, sho‘rlanish va zichligiga bog‘liq holda soyaning “Nafis”, kungaboqarning “Jaxongir”, jo‘xorining “O‘zbekiston-18”, bedaning “Toshkent-1” ekinlar navlarini ekilgan, o‘g‘itlash, qator oralariga ishlov berish, sug‘orish va tuproqning haydalma va haydalma qatlam ostidagi sug‘orish oldi tuproq namligi cheklangan dala nam sig‘imiga nisbatan 70-70-65%, zichligi 0-15 sm loyqa cho‘kindi qalinligida 1,44; 15-30 sm qatlamda 1,46; >30 smdan yuqori bo‘lganda 1,47 g/sm3 hamda loyqa cho‘kindilariga mos ravishda tuz miqdorlari 5,52-11,96 t/ga teng bo‘lganligi aniqlangan;
moyli ekinlardan soya va kungaboqarni loyqa cho‘kindi 0-15 sm qalinligida mavsumda 5 marta sug‘orish, har bir sug‘orishda 700-750 m3/ga, jo‘xori 6 marta, har bir sug‘orishda 700-750 m3/ga, beda 7 marta, har bir sug‘orishda 750-850 m3/ga; loyqa cho‘kindi qalinligi 15-30 sm qoplaganda soya 5 marta, har bir sug‘orishda 750-850 m3/ga, kungaboqar 4 marta, har bir sug‘orishda 700-800 m3/ga, jo‘xori 6 marta, har bir sug‘orishda 750-800 m3/ga, beda 7 marta har bir sug‘orishda 750-800 m3/ga; loyqa cho‘kindi qalinligi >30 sm qatlam bo‘yicha soya va kungaboqar mavsumda 6 martadan, har bir sug‘orishda 650-750 m3/ga, jo‘xori 7 marta, har bir sug‘orishda 650-750 m3/ga, beda 8 marta, har bir sug‘orishda 650-750 m3/ga me’yorlarda sug‘orish maqbulligi aniqlangan;
loyqa cho‘kindi qalinligi 0-15 sm bo‘lgan sharoitda o‘rtacha uch yillik soyaning don hosili 21 s/ga, kungaboqarning pista hosili 24,4 s/ga, jo‘xorining pichan hosili 258,4 s/ga, bedaning pichan hosili 151,0 s/ga, loyqa cho‘kindi qalinligi 15-30 sm bo‘lganda soya va kungaboqardan 19,2-23,1 s/ga, jo‘xori va bedadan 252,9-146,0 s/ga, loyqa cho‘kindi qalinligi 30 sm va undan yuqori bo‘lganda soya va kungaboqardan 16,8-19,2 s/ga, jo‘xori va bedadan gektariga 248,3-123 sentner pichan hosili olishga erishish mumkinligi isbotlangan;
tadqiqotlarda o‘rganilgan ekinlarning sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-70-65 % tartib bo‘yicha iqtisodiy samaradorligi baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sirdaryo viloyatining gidromorf, och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida moyli va em-xashak ekinlaridan soyaning “Nafis”, kungaboqarning “Jahongir”, jo‘xorining “O‘zbekiston-18”, bedaning “Toshkent-1” navlarini sug‘orish oldi tuproq tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-70-65 foizda sug‘orish, ekilgan o‘simliklarning tuproq unumdorligini saqlash va oshishi, tuz to‘planish jarayonining nisbatan kamayishi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida:
Sirdaryo viloyati, Sardoba va Oqoltin tumanlari gidromorf sho‘rlangan tuproqlari sharoitida Sardoba suv ombori toshqinidan keyingi loyqa cho‘kindi qoplami qalinligi 0-15, 15-30 sm va 30 smdan yuqori bo‘lgan tuproqlarda moyli (soya, kungaboqar) va em-xashak (jo‘xori va beda) o‘simliklarining tuproq unumdorligiga, sho‘rlanish jarayonlariga ta’siri va ishlab chiqarish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlari yuzasidan “Sardoba suv toshqinidan keyingi sug‘oriladigan maydonlarda etishtiriladigan ekin turlari va navlarini hamda etishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish” va “Sardoba suv toshqinidan keyin ekilgan moyli va em-xashak ekinlarining sug‘orish tartiblari” bo‘yicha tavsiyanomalar tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 22-avgustdagi 04/29-06/921-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanomalardan bugungi kunda fermer xo‘jaliklari, tomorqa er egalari hamda agroklasterlar ishchi xodimlari qo‘llanma sifatida foydalanishmoqda;
moyli va em-xashak ekinlarini etishtirishda sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-70-65 foizda sug‘orish texnologiyasi Sardoba tumanidagi fermer xo‘jaliklarida soya 12,0 gektar, kungaboqar 9,5 gektar, jo‘xori 14,0 gektar, beda 8,0 gektar, jami 43,5 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 22-avgustdagi 04/29-06/921-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyqa cho‘kindi qalinligi 15-30 sm bo‘lgan erlarda soya ekini o‘suv davri davomida 5 marta, har bir sug‘orishda 750-850 m3/ga, kungaboqar 4 marta, har bir sug‘orishda 700-800 m3/ga, jo‘xori 6 marta, har bir sug‘orishda 750-800 m3/ga, beda 7 marta, har bir sug‘orishda 750-800 m3/ga me’yorlarda sug‘orilganda soyadan 17,9 s/ga don, kungaboqardan 22,0 s/ga urug‘, jo‘xoridan 238 s/ga quruq massa, bedadan 136,0 s/ga pichan hosili olinib, rentabellik darajasi ekin turlariga mos ravishda 62,2; 62,0; 75,1; 122,5 foizga teng bo‘lgan. Shuningdek, loyqa cho‘kindi qalinligi 30 sm va undan yuqori bo‘lgan tuproqlar sharoitida esa soya va kungaboqar 6 marta, har bir sug‘orishda 650-750 m3/ga, jo‘xori 7 marta, har bir sug‘orishda 650-750 m3/ga, beda 8 marta, har bir sug‘orishda 650-750 m3/ga me’yorlarda suv sarflanganda soyadan 14,9 s/ga don, kungaboqardan 17,7 s/ga urug‘, jo‘xoridan 235,6 s/ga quruq massa, bedadan 118,0 s/ga pichan hosili olinib, rentabellik darajasi mos ravishda 27,7; 27,3; 67,6; 80,2 foizga teng bo‘lganligi aniqlangan; 
moyli va em-xashak ekinlarini etishtirishda sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-70-65 foizda sug‘orish texnologiyasi Oqoltin tumanidagi fermer xo‘jaliklarida soya 8,5 gektar, kungaboqar 11,0 gektar, jo‘xori 13,0 gektar, beda 7,2 gektar, jami 39,7 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 22-avgustdagi 04/29-06/921-son ma’lumotnomasi). Natijada, moyli va em-xashak ekinlarining o‘suv davri davomida loyqa cho‘kindi qatlami 0-15 sm bo‘lgan maydonlarda soya va kungaboqar ekinlari 5 marta, har bir sug‘orishda 700-750 m3/ga, jo‘xori 6 marta, har bir sug‘orishda 700-750, beda 7 marta, har bir sug‘orishda 750-850 m3/ga me’yorlarda sug‘orilganda soyadan 20,3 s/ga don, kungaboqardan 23,1s/ga urug‘, jo‘xoridan 247,5 s/ga quruq massa, bedadan 145,0 s/ga miqdorida pichan hosili olinib, rentabellik darajasi ekin turlariga mos ravishda 85,9; 80,8; 93,9; 146,7 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish