Namazova Nilufar Taxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Preeklampsiya rivojlanishi xavfini erta aniqlashda ul`tratovush diagnostikasining imkoniyatlari» 14.00.19 - Klinik radiologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1219.
Ilmiy rahbar: Kamalidinova Shaxnoza Maxmudxanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupalieva Gulnora Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori; Muminova Nigora Xayritdinovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi preeklampsiya rivojlanishi xavfining erta prenatal diagnostikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
PE ning rivojlanishi xavfini hisoblash bo‘yicha dasturga kiritilgan 11+0 dan 34+6 gacha bo‘lgan homiladorlik haftalaridagi ayollarda bachadon arteriyasi pul`satsiya indeksining erta perinatal diagnostikasiga mos qiymatlari ishlab chiqilgan;
dastlabki exografik, biofizik va bioximik parametrlarni hisobga olgan holda prenatal skriningni o‘tkazish usulini tanlashda preeklampsiya rivojlanishi xavfini tashxislashning verifikatsiyasi neonatal va onalar kasallanishini kamaytirishi takomillashtirilgan;
xar bir trimestrda homiladorlarda preeklampsiya rivojlanishining gemodinamik (bachadon arteriyasi pul`satsion indeksi-PI), bioximik (RARR-A, PLGF, AFP va XGCh) va biofizik (AD ko‘rsatkichlari) predikatorlari aniqlangan;
bachadon arteriyasi pul`satsiya indeksining mintaqaviy mos qaydlar qiymatlarini hisobga olgan holda preeklampsiya xavfini erta tashxislash prediktorlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida Ekspert Kengashiga 2024 yil 29 fevral` 2-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Ilmiy yangilikning mohiyati: PE ning rivojlanishi xavfini hisoblash bo‘yicha dasturga kiritilgan 11+0dan 34+6 gacha bo‘lgan homiladorlik haftalaridagi ayollarda bachadon arteriyasi pul`satsiya indeksining erta perinatal diagnostikasiga mos qiymatlari ishlab chiqilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: Doppler ko‘rsatkichlari bo‘yicha ishlab chiqilgan mintaqaviy standartlardan, xususan, bachadon arteriyalarining pulsatsiyalanish indeksining ko‘rsatkichlaridan tizimli foydalanish preeklampsiya rivojlanish xavfini o‘z vaqtida aniqlashga yordam beradi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ma’lumotlar Xorazm viloyati “Ona va bola skrining” markazining 25.04.2022 yildagi 23-k-sonli bo‘yrug‘i va Samarkanda viloyat “Ona va bola skrining” markazining 05.04.2022 yildagi 28-sonli bo‘yrug‘iga asosan amaliyotga joriy qilingan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: *homiladorlikning skrining ul`tratovush tekshiruvi paytida exografik ko‘rsatkichlarni baholashga standartlashtirilgan, takomillashtirilgan yondashuvni joriy etish PE rivojlanishi uchun yuqori xavf guruhini aniqlash imkonini beradi; *olingan ma’lumotlar ul`tratovush diagnostikasi bo‘limi, ayniqsa, preeklampsiya rivojlanishi xavfini erta prenatal diagnostika qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bachadon arteriyasi pul`satsiya indeksining tavsiya etilgan hududiy mos qiymatlarini homiladorligi 11+0 haftadan 34+6 haftagacha bo‘lgan ayollarda qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi 1 ta homilador ayolga 1 599 330 so‘mni tashkil etadi. Kuzatuvdagi 107 nafar bemor bo‘yicha jami xarajatlar kamaytirilib, 171 128 310 so‘m tejab qolingan.
Xulosa: PE ning rivojlanishi xavfini hisoblash bo‘yicha dasturga kiritilgan homiladorligi 11+0 haftadan 34+6 haftagacha bo‘lgan ayollarda bachadon arteriyasi pul`satsiya indeksi mos qiymatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan yondashuvni joriy etish byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 ta homilador ayol uchun 1 599 330 so‘mga tejash imkonini beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: ilmiy innovatsiyalar natijalari “Homiladorlarning ul`tratovush va bioximik skriningi” (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Fan va ta’lim boshqarmasining 2022 yil 18 maydagi 236-sonli ma’lumotnomasi va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert komissiyasining 2023 yil 26 dekabrdagi 22/23-son xulosasi) nomli metodik tavsiyalar asosida sog‘liqni saqlash sohasi davolash muassasalarida joriy etilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: Ilmiy yangilikning mohiyati: dastlabki exografik, biofizik va bioximik parametrlarni hisobga olgan holda prenatal skriningni o‘tkazish usulini tanlashda preeklampsiya rivojlanishi xavfini tashxislashning verifikatsiyasi neonatal va onalar kasallanishini kamaytirishi takomillashtirilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: ushbu usullarni qo‘llash bo‘yicha olib borilgan ilmiy ishlar natijalari biofizik, ul`tratovush va biokimyoviy belgilarni qo‘llash orqali preeklampsiya rivojlanish xavfini diagnostika qilish imkoniyatlarini kengaytirishi, shuningdek, homiladorlikni fiziologik boshqarish masalasini hal qilish va shu bilan hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ma’lumotlar Xorazm viloyati “Ona va bola skrining” markazining 25.04.2022 yildagi 23-k-sonli bo‘yrug‘i va Samarkanda viloyat “Ona va bola skrining” markazining 05.04.2022 yildagi 28-sonli bo‘yrug‘iga asosan amaliyotga joriy qilingan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: preeklampsiya rivojlanish xavfini erta tashxislash va uning oldini olish, kasallik va tug‘ruqdan keyingi asoratlarni o‘z vaqtida davolash hamda neonatal va onalar kasallanishi hamda o‘limini kamaytirish; homiladorlikning fizologik kechishini yaxshilash orqali homilador ayollar hayot sifatini yaxshilash.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: homilador ayollarda preeklampsiyaning erta prognoz qiluvchi omillarini va ushbu kasallikning rivojlanishida xavf guruhini aniqlash, o‘z navbatida, diagnostika vaqtini qisqartirish xisobiga iqtisodiy xarajatlarni 2,8 baravar kamaytirishga olib keladi va har bir bemor uchun 1 834 000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi. Kuzatuvdagi 68 nafar homilador ayolning PE rivojlanishi tufayli barcha xarajatlarni kamaytirish hisobiga 124 712 000 so‘m jamg‘arma mablag‘lari tejalgan.
Xulosa: natijalarning joriy qilinishi preeklampsiyali bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash, profilaktika va davolashni o‘z vaqtida o‘tkazish, bu bilan neonatal va onalar kasallanishi hamda o‘limini kamaytirish, homilador ayollar hayot sifatini yaxshilashga erishiladi. Agar iqtisodiy xarajatlarni tashxislash muddatini qisqartirish hisobiga 2.8 baravar kamaytirish holatlari hisobga olinsa, u holda ishlab chiqilgan yondashuvning iqtisodiy samaradorligi 1 ta homilador ayolga 1 834 000 so‘mni tashkil etgan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: ilmiy innovatsiyalar natijalari “Homiladorlarning ul`tratovush va bioximik skriningi” (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Fan va ta’lim boshqarmasining 2022 yil 18 maydagi 236-sonli ma’lumotnomasi va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert komissiyasining 2023 yil 26 dekabrdagi 22/23-son xulosasi) nomli metodik tavsiyalar asosida sog‘liqni saqlash sohasi davolash muassasalarida joriy etilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: Ilmiy yangilikning mohiyati: xar bir trimestrda homiladorlarda preeklampsiya rivojlanishining gemodinamik (bachadon arteriyasi pul`satsion indeksi-PI), bioximik (RARR-A, PLGF, AFP va XGCh) va biofizik (AD ko‘rsatkichlari) predikatorlari belgilangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: prenatal diagnostika taktikasi va homiladorlikning birinchi trimestrida PE rivojlanishini bashorat qilish takomillashtirildi va homiladorlikni kelgusida kuzatish masalasi hal qilindi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ma’lumotlar Xorazm viloyati “Ona va bola skrining” markazining 25.04.2022 yildagi 23-k-sonli bo‘yrug‘i va Samarkanda viloyat “Ona va bola skrining” markazining 05.04.2022 yildagi 28-sonli bo‘yrug‘iga asosan amaliyotga joriy qilingan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: *skrining kompleksiga erta homiladorlik davrida PE rivojlanishi xavfini prognoz qiluvchi omillarni kiritish homiladorlikning erta davrida preeklampsiyani bashorat qilish samaradorligini oshiradi; * bachadon arteriyasi pul`satsion indeksining qayd etilgan predikatorlari va ishlab chiqilgan preeklampsiya rivojlanishi xavfini hisobga olishning kombinatsiyalangan skriningi algoritmi: 90,3% - diagnostik o‘ziga xos, 94,3% - diagnostik ta’sirchan, ularning diagnostik samaradorligi 91,6%ni tashkil etadi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: erta tashxis qo‘yish va o‘z vaqtida davolash samarasini oshirish va preeklampsiya xavfining oldini olish, kasallanish va tug‘ruqdan keyingi asoratlarni kamaytirish, neonatal hamda onalar kasallanishi va o‘limni kamaytirishdan iborat. Xavf guruhini aniqlash, o‘z navbatida, diagnostika vaqtini qisqartirish hisobiga iqtisodiy xarajatlarni 2,8 barobarga kamaytirishga olib keladi va har bir homilador ayol uchun 1 834 000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon beradi. Preeklampsiya rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lgan kuzatuvdagi 107 nafar bemorning jami xarajatlarini kamaytirish hisobiga 196 238 000 so‘m jamg‘arma mablag‘lari tejalgan.
Xulosa: tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi preeklampsiyali bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash, profilaktika va davolashni o‘z vaqtida o‘tkazish, bu bilan neonatal va onalar kasallanishi hamda o‘limini kamaytirish, homilador ayollar hayot sifatini yaxshilashga erishiladi. Agar iqtisodiy xarajatlarni tashxislash muddatini qisqartirish hisobiga 2.8 baravar kamaytirish holatlari hisobga olinsa, u holda ishlab chiqilgan yondashuvning iqtisodiy samaradorligi 1 ta homilador ayolga 1 834 000 so‘mni tashkil etdi
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Homiladorlarning ul`tratovush va bioximik skriningi” (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Fan va ta’lim boshqarmasining 2022 yil 18 maydagi 236-sonli ma’lumotnomasi va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert komissiyasining 2023 yil 26 dekabrdagi 22/23-son xulosasi) nomli metodik tavsiyalar asosida sog‘liqni saqlash sohasi davolash muassasalarida joriy etilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Ilmiy yangilikning mohiyati: bachadon arteriyasi pul`satsiya indeksining mintaqaviy mos qaydlar qiymatlarini hisobga olgan holda preeklampsiya xavfini erta tashxislash algoritmi ishlab chiqilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: tibbiyotda ulkan ilmiy va amaliy qiziqishni namoyon etuvchi bachadon arteriyasi pul`satsion indeksi ul`tratovush tavsifini hisobga olgan holda PEni erta tashxislash haqidagi nazariy va klinik tasavvurlar kengaytirilgan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ma’lumotlar Xorazm viloyati “Ona va bola skrining” markazining 25.04.2022 yildagi 23-k-sonli buyrug‘i va Samarqand viloyati “Ona va bola skrining” markazining 05.04.2022 yildagi 28-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy qilingan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: *skrining kompleksiga erta homiladorlik davrida PE rivojlanishi xavfini prognoz qiluvchi omillarni kiritish homiladorlikning erta davrida preeklampsiyani bashorat qilish samaradorligini oshiradi; * bachadon arteriyasi pul`satsion indeksining qayd etilgan predikatorlari va ishlab chiqilgan preeklampsiya rivojlanishi xavfini hisobga olishning kombinatsiyalangan skriningi algoritmi: 90,3% - diagnostik o‘ziga xos, 94,3% - diagnostik ta’sirchan, ularning diagnostik samaradorligi 91,6%ni tashkil etadi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: erta tashxis qo‘yish va o‘z vaqtida davolash samarasini oshirish va preeklampsiya xavfining oldini olish, kasallanish va tug‘ruqdan keyingi asoratlarni kamaytirish, neonatal va onalar kasallanishi hamda o‘limini kamaytirish. Xavf guruhini aniqlash, o‘z navbatida, diagnostika vaqtini qisqartirish hisobiga iqtisodiy xarajatlarni 2,8 barobarga kamaytirishga olib keladi va xar bir homilador uchun 1 834 000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon beradi. Preeklampsiya rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lgan kuzatilgan 107 nafar bemorning jami xarajatlarini kamaytirish xisobiga 196 238 000 so‘m jamg‘arma mablag‘lari tejalgan.
Xulosa: tadqiqotning informativligini oshirish va natijalar interpretatsiyasida xatolarni kamaytirish uchun ishlab chiqilgan algoritm va homiladorlikning erta davrida PE rivojlanishi xavfini hisobga olish modeliga amal qilish lozim. Olingan ma’lumotlarga muvofiq, ishlab chiqilgan yondashuvning joriy etilishi 1 834 000 so‘m miqdoridagi iqtisodiy samaradorlikni berdi. Umumiy xarajatlar iqtisodi 196 238 000 so‘mni tashkil etdi.