Nuritdinov Shoxobiddin Fazlitdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metabolik sindrom xavf omillarining klinik-laborator stratifikatsiyasi» 14.00.05 – Ichki kasalliklar va 14.00.25 – Klinik laborator va funksional diagnostika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib864.
Ilmiy rahbarlar: Kayumov Ulugbek Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripov Orifjon Abdumalikovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Usmonova Durdona Djurabaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yurak ishemik kasalligi misolida yurak-qon tomir kasalliklari xavfini klinik-laborator tabaqalashtirish modelini yaratish asosida aholi o‘rtasida metabolik sindrom xavfini kamaytirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
glikemik koeffisientlarning yurak qon-tomir kasalliklari va metabolik sindromning asosiy tarkibiy qismlarini shakllanishidagi roli isbotlangan;
yurak qon-tomir kasalliklari uchun asosiy xavf omillari darajasining dinamikasi metabolik sindrom tarkibiy qismlarining dastlabki holatiga bog‘liqligi aniqlangan;
metabolik sindromning klinik va laboratoriya tabaqalanishi tizimiga komorbid kasalliklar va giperglikemiyaning turli toifalarini kiritish maqsadga muvofiqligi isbotlangan;
ilk bor  giperglikemiyaning turli toifalari va koeffitsientlarini o‘z ichiga olgan klinik va laboratoriya ko‘rsatkichlarining boshlang‘ich qiymatlari asosida metabolik sindromning xavf stratifikatsiyasini optimallashtirish imkonini beruvchi raqamli dastur ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 29-fevraldagi 2-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: glikemik koeffisientlarning yurak qon-tomir kasalliklari va metabolik sindromning asosiy tarkibiy qismlarini shakllanishidagi roli isbotlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: metabolik sindrom mezonlariga giperglikemiya toifalari va glikemik koeffisientlar kabi komponentlarni kiritish maqsadga muvofiqligi asoslangan, xamda ushbu sindromning patogenezi haqidagi nazariy tushunchalarning kengayganligi bilan izohlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: metabolik sindrom xavf omillarining klinik-laborator ko‘rsatkichlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Akademik Yo.X.To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot Markazi Xorazm filialida 2023 yil 3 iyuldagi №41-I &1 sonli buyruq hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2023 yil 26 iyundagi №112/1-I sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: metabolik sindromni laborator tashxisi uchun kengaytirilgan mezonlarni amaliyotga joriy etish kasallikning dastlabki, klinikadan oldingi bosqichlarida tashxislash, davolash, birlamchi va ikkilamchi profilaktikasini o‘z vaqtida olib borish natijasida hayot sifati yaxshilash imkonini bergan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: erta tashxis qo‘yish metabolik sindrom kasalligi va uning asoratlari rivojlanishining oldini olishga olib keladi, bu esa har bir bemorni davolash xarajatlarini yiliga 1.300.000 so‘m miqdorida kamaytirish imkonini bergan.
Xulosa: Turli toifadagi giperglikemiya va glikemik koeffisientlarning metabolik sindrom va yurak qon-tomir kasalliklarining shakllanishidagi roli to‘g‘risida yangi ilmiy ma’lumotlar olingan va ularga asoslangan xolda xavf omillarining aniqlash va davolash amaliyotga joriy etilishi har bir bemorga yiliga 1 300 000 so‘m miqdorida moddiy xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: yurak qon-tomir kasalliklari uchun asosiy xavf omillari darajasining dinamikasi metabolik sindrom tarkibiy qismlarining dastlabki holatiga bog‘liqligi aniqlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati:  giperglikemik koeffisientning yuqori qiymatlari simpatoadrenal tizimning giperaktivligini aks ettiradi, postglikemik koeffisientning yuqori darajalari esa - vagoinsulyar tizimning giperaktivligini ko‘rsatadi. Ushbu ma’lumotlar glikemik egri chiziqning turli bosqichlari buzilgan holda davolash taktikasini ilmiy jihatdan aniqlashga imkon beradi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: metabolik sindrom xavf omillarining klinik-laborator ko‘rsatkichlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Akademik Yo.X.To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot Markazi Xorazm filialida 2023 yil 3 iyuldagi №41-I &1 sonli bo‘yruq hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2023 yil 26 iyundagi №112/1-I sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: glikemik egri chiziqning turli bosqichlari patologiyasini davolashga tabaqalashtirilgan yondashuv vaqtinchalik nogironlik kunlari va bemorning shifokorga tashriflari sonini kamaytirishga, natijada hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: erta tashxis qo‘yish metabolik sindrom kasalligi va uning asoratlari rivojlanishining oldini olishga olib keladi, bu esa har bir bemorni davolash xarajatlarini yiliga 1.300.000 so‘m miqdorida kamaytirish imkonini bergan. Vaqtinchalik nogironlik muddatini 7 kunga qisqartirish ushbu pulga yana 1 137 500 so‘m qo‘shish imkonini beradi.
Xulosa: Glikemik egri chiziqning turli fazalari buzilgan metabolik sindromni davolashga tabaqalashtirilgan yondashuv hayot sifatini yaxshilash va kasallikning kuchayishini oldini olish imkonini beradi, bu esa 1 bemorni davolash uchun 1.300.000 so‘m va yana, 7 kun davom etishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik nogironlikning oldini olish natijasida 1.137.500 so‘m miqdorida moddiy xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: metabolik sindromning klinik va laboratoriya tabaqalanishi tizimiga komorbid kasalliklar va giperglikemiyaning turli toifalarini kiritish maqsadga muvofiqligi isbotlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: ilmiy yangilikning ahamiyati shundaki, ilk bor metabolik sindrom xavfini baholashda va ushbu sindromni davolash dasturini tayyorlashda giperglikemiyaning turli toifalari va glikemik koeffitsientlarni kiritish komorbid kasalliklar va metabolik sindrom xavf darajasini atroflicha aniqlash imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: metabolik sindrom xavf omillarining klinik-laborator ko‘rsatkichlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Akademik Yo.X.To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot Markazi Xorazm filialida 2023 yil 3 iyuldagi №41-I &1 sonli bo‘yruq hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2023 yil 26 iyundagi №112/1-I sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: multifaktorial klinik va laboratoriya tashxisot usuli metabolik sindromni ham, u bilan bog‘liq kasalliklarni ham bashorat qilish imkonini beradi va yuqoridagi holatlarni o‘z vaqtida tashxislash, adekvat davolash va oldini olish imkonini beradi. Natijada, bir vaqtning o‘zida bir nechta kasalliklarning kechishini barqarorlashtirish mumkin, bu esa hayot sifatini yaxshilashga, bemorlarga kasbiy faoliyatiga qaytish va metabolik sindrom bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarning rivojlanish xavfini kamaytirish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: glikemik egri chiziqning simpatoadrenal fazasi buzilishlarini o‘z vaqtida tashxislash va davolash vagoinsular faza buzilishlarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va natijada 2-toifa qandli diabet  shakllanishining oldi olinadi. Tana vaznini o‘z vaqtida normallashtirish semizlikni, 2-toifa qandli diabet va yurak qon-tomir kasalliklarining oldini olish imkonini beradi. Shunday qilib, xavf omillarining birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi metabolik sindromning asosiy tarkibiy qismlari bo‘lgan odamlarda davolanish xarajatlarini 1 300 000 so‘mdan boshlab, komorbid kasalliklar soni va turidan kelib chiqqan xolda bir necha o‘nlab va yuz minglab so‘mgacha kamayishiga olib keladi
Xulosa: Ko‘p faktorli xavfni baholashga glikemiyaning turli toifalari va koeffitsientlarini kiritish metabolik sindromning klinik va laboratoriya tabaqalanishini optimallashtirish imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, yurak qon-tomir kasalliklarining oldini olish orqali metabolik sindromning kuchayishi, komorbid kasalliklarning paydo bo‘lishi xavfini kamaytirish, shuningdek davolash xarajatlarini kamaytirish va rejalashtirilgan moddiy xarajatlarning oldini olish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati:  ilk bor  giperglikemiyaning turli toifalari va koeffitsientlarini o‘z ichiga olgan klinik va laboratoriya ko‘rsatkichlarining boshlang‘ich qiymatlari asosida metabolik sindromning xavf stratifikatsiyasini optimallashtirish imkonini beruvchi raqamli dastur ishlab chiqildi.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: ushbu tadqiqotda ishlab chiqilgan metabolik sindrom uchun raqamli xavf tabaqalash dasturi qisqa vaqt ichida ushbu sindromning og‘irligini baholash, uning xavf darajasini aniqlash va ma’lum bir bemor uchun individual davolash va profilaktika rejasini ishlab chiqish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: metabolik sindrom xavf omillarining klinik-laborator ko‘rsatkichlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Akademik Yo.X.To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot Markazi Xorazm filialida 2023 yil 3 iyuldagi №41-I &1 sonli bo‘yruq hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2023 yil 26 iyundagi №112/1-I sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Metabolik sindromning raqamli xavf tabaqalash dasturidan amaliyotda foydalanish yuqori xavfli guruhlarni o‘z vaqtida aniqlash, ushbu sindromning asosiy tarkibiy qismlarini ilmiy asoslangan davolash va oldini olish, shuningdek, yurak qon-tomir kasalliklarining shakllanishini bashorat qilish imkonini beradi. Natijada, hayot sifatini yaxshilash va bemorni to‘liq faoliyatga qaytarish mumkin. Shu bilan birga, shifokor uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratilgan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ishlab chiqilgan dastur kompyuter, planshet va smartfonda qo‘llanilishi mumkin, u bir necha daqiqada metabolik sindromning xavf darajasini va prognozini aniqlash imkonini beradi. Ushbu dasturdan foydalanish shifokorning bemorning ahvolini aniqlash va monitoring qilish vaqtini tejaydi, bu esa har 100 bemorga 277 778 so‘m miqdorida qo‘shimcha iqtisodiy samara olish imkonini beradi.
Xulosa: Metabolik sindrom uchun xavfni raqamli stratifikatsiya qilish dasturi xavfni tashxislash, davolash taktikasini aniqlash va metabolik sindrom, shuningdek, yurak qon-tomir kasalliklarining oldini olish uchun innovatsion vositadir. Ushbu dasturdan amaliyotda foydalanish hayot sifatini yaxshilash va bemorni to‘liq faoliyatga qaytarish orqali ijtimoiy samara beradi. Davolash-profilaktika uchun moddiy xarajatlarni kamaytirish, shuningdek, davolanish vaqtini qisqartirish va shifokor vaqtini tejash hisobiga minimal iqtisodiy samara 1 302 778 so‘mni tashkil etadi. Bu miqdor metabolik sindrom bilan birga keladigan yurak qon-tomir kasalliklari mavjudligiga qarab oshadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish