Salimov Otabek Alisherovich
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxtani tashish qurilmasini takomillashtirish asosida tozalash samaradorligini oshirish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T3495
Ilmiy rahbar: Mardonov Botirjan Mardonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Usmonov Xayrulla Saydullaevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani tashish qurilmasini takomillashtirish asosida yuqori sinfli tola olish va atrof-muhitga chiqariladigan changni kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani tashish va tozalash qurilmasini qoziqchali shnekli seksiyalarida xomashyodan ifloslik va changni ajratishning aerodinamik rejimini boshqarish, changni ajratuvchi maxsus qurilma qo‘llash hisobiga muqobil texnologiyasi ishlab chiqilgan;
mayda iflosliklar va changni ajratish zonasida paxta oqimining tezligi shnekning qo‘yi qismidagi so‘ruvchi bosim ta’sirida uning uzunligi bo‘yicha notekis taqsimlanishi va oqim tarkibidan mayda iflosliklarni samarali ajratishni ta’minlaydigan aerodinamik rejim parametrlari qurilgan regresion modellar taxlili asosida aniqlangan;
paxtani tashish va tozalash qurilmasida mayda ifloslik va changdan tozalash jarayonida 8 seksiyalik shnekda ajratilgan iflosliklar miqdori Eyler tenglamasi echimlari va natijalarini statistik ishlov berish asosida 3- va 4- sesiyalarda maksimumga erishishi aniqlangan.
paxtani tashish va tozalash samaradorligi yuqori bo‘lishligini ta’minlaydigan “Paxtani tashish va tozalash qurilmasi - pnevmotrasport - chang ushlagich-siklon” dan iborat texnologik tizim ishlab chiqilgan hamda chang ushlagichga yangi bug‘ purkagich o‘rnatilib takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxtani tashish qurilmasini takomillashtirish asosida tozalash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxtani tashish va tozalash uchun tavsiya etilgan qurilma Paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasining tasarrufiga qiruvchi “Aliyortex” MChJga va “Sardoba Universal Sluster” MChJga qarashli paxta tozalash korxonalarida tadbiq etilgan (Paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasining 2023 yil 11 dekabrdagi № 03/22-1007-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mavjud texnologiyada tozalash samaradorligi 86,7% ni, takomillashtirilgan paxtani tashish va tozalash qurilmasi ishlatilganda esa umumiy tozalash samaradorlik 90,4% ni tashkil etib, tola sifati yaxshilanganligiga erishilgan.