Kasimova Gulnoraxon Zulfikarovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metabolik sindromda jigar va buyrakdagi oksidlanish jarayonlarga endoteliy disfunksiyasining ta’siri va uni tiklash yo‘llari», 03.00.01–Biokimyo (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2018.1.PhD/Tib445.

Ilmiy rahbar: Sabirova Rixsi Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.03.

Rasmiy opponentlar: Aripov Abdumalik Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Saidov Saidamir Abrarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: eksperimentda metabolik sindrom rivojlanishida jigar, buyraklar va endoteliyda oksidlanish jarayonlari buzilishining molekulyar mexanizmlarini va xitozan sulfat va uning nano shakli bilan korreksiyalash imkoniyatlarini baholashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

metabolik sindrom rivojlanishida endoteliy disfunksiyasi buzilishiga xitozan turli shakllarining korreksiyalovchi ta’siri, qon tomirlar disfunksiyasi buzilishini tiklashda xitozan sul`fat va xitozan sul`fatning nano shakllari glyukofajga nisbatan samaradorligi asoslangan;

metabolik sindrom rivojlanishida jigar va buyrakda oksidlovchi jarayonlar buzilishining patogenetik mexanizmlarini xitozanning turli shakllari bilan korreksiyalash usullari ishlab chiqilgan;

ilk marotaba metabolik sindrom rivojlanishida jigar va buyrakda mitoxondrial va mikrosomal oksidlanishda buzilishning ahamiyati, bu tizimlar buzilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri oksidant, antioksidant va NO-tizimlarning disfunksional holatiga bog‘liqligi isbotlangan.

ilk marotaba metabolik sindrom rivojlanishida jigar va buyrakda MOT va mitoxondrial oksidlanishga xitozan hosilalarining korreksiyalovchi ta’siri isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Metabolik sindromda jigar va buyrakdagi oksidlanish jarayonlariga endoteliy disfunksiyasining ta’siri va uni tiklash yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Metabolik sindromda endoteliy faoliyati buzilishini korreksiyalashda xitozan sul`fat» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2011 yil 14 noyabrdagi 8n/176-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma metabolik sindromni xitozan sul`fat bilan davolash va profilaktikasi chora-tadbirlarini belgilashga imkon bergan;

metabolik sindromda jigar va buyrakdagi oksidlanish jarayonlariga endoteliy disfunksiyasining ta’siri va uni tiklash yo‘llari samaradorligi va oldini olishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent farmatsevtika instituti va Toshkent tibbiyot akademiyasi oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy-tadqiqot laboratoriyasiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 martdagi 8n-d/27-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi bemorlarga fundamental tekshiruv natijalarini joriy etish metabolik sindromni erta tashxislashga yordam bergan, kasallikni davolash va prognozlashni, bemorlar hayotini yaxshilab, asoratlar sonini pasaytirgan va bemorlarning uzoq vaqt davolanishlarini 15%ga qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish