Pattaxova Durdona Alisher qizi
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yangi tuzilishdagi ko‘ylakbop to‘qimani yaratish va uni to‘quv dastgohida hosil bo‘lish jarayonini muqobillash” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4264
Ilmiy rahbar: Raximxodjaev Saidivaris Saidgazievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Matismailov Saypila Lalashbaevich texnika fanlari doktori, professor; Valiev Gulam Nabidjanovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi tuzilishdagi ko‘ylakbop to‘qimani yaratish va hosil bo‘lish jarayonini muqobillashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi tuzilishdagi ko‘ylakbop matolar assortimenti polotno va burama o‘rilishlari asosida yaratilgan va ularning tuzilish ko‘rsatkichlarini fizik-mexanik, gigienik, iste’mol xususiyatlariga ta’siri natijalarni solishtirish yordamida aniqlangan;
qayishqoqlikning mexanik modeli qo‘llanilgan holda loyihalangan koylakbop matoni qisqarish hususiyatini aniqlash uchun yangi hisoblash uslubi ishlab chiqilgan hamda iplar qisqarishi o‘zgarishini relaksatsiya vaqtiga, to‘qimaning shakllanish tezligiga va atrof-muhitning namlik, haroratiga bog‘liqligi qonuniyatlari aniqlangan;
to‘quv dastgohida burama iplarining asos iplarga nisbatan galevadan o‘tish vaqtida asos galevadan o‘tgan iplarning tarangligini muqobillashtirish uchun burama moslama qurilmasi ishlab chiqilgan;
to‘qima hosil bo‘lish jarayonining matematik modeli tuzilgan va ko‘ylakbop to‘qimani hosil bo‘lish jarayonini muqobil parametrlari ko‘p omilli regression modellarini tahlillari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yangi tuzilishdagi to‘qimani yaratish va uni to‘quv dastgohida hosil bo‘lish jarayonini muqobillash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
yangi ko‘ylakbop to‘qima uchun O‘zbekiston Respublikasining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 06901 13.12.2021yil). Natijada Respublikamiz iqlim sharoitiga to‘g‘ri keladigan to‘qimalar assortimenti kengaytirilgan;
yangi ko‘ylakbop matolarni ishlab chiqarishning muqobil texnologik parametrlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi “APITEKS” MChJ va “BUNYODKOR TEXTILE” MChJ ishlab chiqarish korxonalarida tadbiq etildi (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 23-dekabrdagi № 03/25 sonli ma’lumotnomasi). Natijada yangi tuzilishdagi ko‘ylakbop to‘qimaning ishqalanishga chidamliligi 67 %ga, g‘ijimlanmaslik xususiyati 8% ga, tanda bo‘yicha uzilish kuchi 17% ga, mahsulot samaradorligini 22,8 % ga ortishiga erishilgan.