Rahmatov Firdavs Orifjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qovun etini quritish uchun kombinatsiyalashgan qurilma ishlab chiqish”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2411.
Ilmiy rahbar: Nuriev Karim Katibovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamadjanov Sultonali Islomalievich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy hodim.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Ⅱ. Tadqiqotning maqsadi kombinatsiyalashgan quritish qurilmasining ossilliyasiya issiqlik almashinuv rejimi orqali qovunni quritishda ish sifati va unumini oshirish hamda energiya resurs tejashni ta’minlash.
Ⅲ. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qovun etini quritadigan kombinatsiyalashgan quritish qurilmasi ish jarayonida namlikning bug‘lanishini tezlashtiradigan ossillyar quritish rejimidan foydalanish lozimligi kam energiya sarflashi shartini hisobga olgan holda aniqlangan;
kombinatsiyalashgan quritish qurilmasining pnevmatizimidagi hajmiy konussimon to‘sig‘ining parameterlari va havo oqimini rostlash rejimlari qovun etini qisqa muddatlarda sifatli quritishni hisobga olgan holda keltirib chiqarilgan analitik ifodalar asosida aniqlangan;
qovun massasi bo‘yicha bitta kameraning sig‘imi, bir vaqtning o‘zida kamerada joylashgan aravachalar soni, kameralarning uzunligi, kengligi va balandligi hamda kaloriferning quvvati qurilma yuqori samara bilan ishlashi shartidan kelib chiqib asoslangan.
qovun tilimlarini kesish qalinligi, ular orasidagi masofa, tilimlarni sinchlarga o‘rnatish tartibi va ossillyar vaqti yuqori sifatli quritilgan qovun olishni hisobga olgan holda aniqlangan.
Ⅳ. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qovun etini quritish uchun kombinatsiyalashgan qurilma ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kombinatsiyalashgan qurilmaga O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk markazining foydali modelga patentlari olingan (“Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini quritish uchun kombinatsiyalashgan quyosh-yoqilg‘ili quritish qurilmasi”, FAP 01063 – 03.12.2015 y. va “Qovun bo‘laklarini quritish uchun konvektiv quritish qurilmasi”, FAP 01524 – 30.07.2020 y.). Natijada ish sifati yuqori hamda energiya-resurstejamkor quritish qurilmasining yangi konstruksiyasini ishlab chiqish
imkoniyati yaratilgan;
qovun etini quritadigan kombinatsiyalashgan qurilmaning tajriba nusxasi Sirdaryo viloyatining Guliston va Mirzaobod tumanlaridagi qovunchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 martdagi 05/22-05/1184-son ma’lumotnomasi). Natijada quritish qurilmasini qo‘llashda 1 kg quritilgan qovun olishda 4753 UZS, bir mavsumda esa 9072 kg uchun 43119216 UZS iqtisod qilingan;
kombinatsiyalashgan qurilmaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talab va texnik topshiriqlar) «DH MEHANICS» OAJ, YaTT «Daniyar-Xodjaev Timur» va «Texekspromt» OAJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 martdagi 05/22-05/1184-son ma’lumotnomasi). Natijada kombinatsiyalashgan quritish qurilmasini sanoat usulida ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.