Muydinov Umid Maxkamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Anorzorlar qator oralariga ishlov beradigan kombinatsiyalashgan mashina o‘g‘itlash apparatini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T2125.
Ilmiy rahbar: Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Norchaev Davron Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor; Quziev Ulug‘bek Tadjievich, texnika fanlari bo‘yicha (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: «BMKB-Agromash» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Anorzorlar qator oralariga ishlov beradigan kombinatsiyalashgan mashina o‘g‘itlash apparatini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash orqali organik o‘g‘it, yonilg‘i va boshqa xarajatlar sarfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anorzorlarda organik o‘g‘itlarni belgilangan joyga va o‘rnatilgan me’yorda soladigan kombinatsiyalashgan mashinaning konstruktiv sxemasi va texnologik ish jarayoni anorlar ekilish sxemasi va ildizlari arxitektonikasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
kombinatsiyalashgan mashina o‘g‘itlash apparatining o‘g‘it o‘tkazish tirqishining parametrlari va yo‘naltiruvchi novining o‘rnatilish burchagi agrotexnik talablar darajasida o‘g‘itlash me’yori va anor daraxtlarini ekilish sxemasini hisobga olgan holda keltirib chiqarilgan analitik ifodalar asosida aniqlangan;
kombinatsiyalashgan mashina to‘zitkichining aylanishlar soni, uning pichoqlari uzunligi va ular orasidagi masofasi organik o‘g‘itlarning fizik-mexani xossalarini hisobga olgan holda keltirib chiqarilgan analitik ifodalar asosida aniqlangan;
belgilangan agregat xarakat tezliklarida miqdorlash apparati o‘g‘it tushish tirqishining yuzasi va yetakchi valining aylanishlar sonining maqbul parametrlari tushgan o‘g‘it massasi va tushish masofasini ifodalovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kombinatsiyalashgan mashina o‘g‘itlash apparatining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kombinatsiyalashgan mashinaga Intellektual mulk markazining ixtiroga patenti olingan (“O‘g‘itlarni solish uchun qurilma”, IAP 06803 – 2022 y.). Natijada anorzorlarga organik o‘g‘itlarni belgilangan joyga bir xil me’yorda soladigan kombinatsiyalashgan mashina ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
anorzorlarga organik o‘g‘itlarni belgilangan joyga bir xil me’yorda soladigan kombinatsiyalashgan mashinaning tajriba nusxasi Sirdaryo viloyati Boyovut va Mirzaobod tumanlaridagi anorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Usmonobod anorzor fermer xo‘jaligining 2023 yil 11 aprel hamda Dehqonobod asl anori fermer xo‘jaligining 2023 yil 12 apreldagi dalolatnomalari). Natijada anor qator oralariga ishlov berish bilan birga organik o‘g‘itlarni belgilangan me’yorda solishni amalga oshiradigan kombinatsiyalashgan mashina qo‘llanilganda yonilg‘i sarfi 27,6 % ga, ekspulatatsion xarajatlar 27,62 % ga kamaygan;
kombinatsiyalashgan mashinani ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun uning loyiha-konstruktorlik xujjatlari (dastlabki talablar va texnik topshiriq) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan («BMKB-Agromash» AJ ning 2022-yil 22-noyabrdagi №01-228 son ma’lumotnomasi). Natijada mashinaning sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan;