Yazdonova Saxiba Kurbanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy kibermakonning ta’lim va tarbiya samaradorligiga salbiy ta’siri” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Fal84
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy maslahatchi: Tadeush Ivanovich Adulo, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Xajieva Maksuda Sultonovna, falsafa fanlari doktori, professor;  Norqulov Suxrob Dusmuratovich, falsafa fanlari doktori, professor; Bekmuradova Gulshoda Hayitovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim va tarbiya jarayonini tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishda sifat samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi kibermakon omillarini aniqlash va ular o‘rtasidagi dialektik aloqadorlik kuchini topishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kibermakon frazasi doirasida yuzaga kelayotgan aksiologik deformatsiyalashuv jarayonlarining ta’lim va tarbiyaga o‘tkazayotgan salbiy ta’sirini oldini olish bilan bog‘liq ta’qiqlovchi va baholovchi mezonlari ochib berilgan; 
zamonaviy kibermakonda ta’lim va tarbiya jarayonini milliy mentalitetga mos ravishda tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishning pragmatik vositalari mantiqiy asoslangan;  
ta’lim-tarbiya sifatiga destruktiv ta’sir etuvchi kompyuter, telefon, internet, audio va video mahsulotlarining kibermakondagi harakatlanish mexanizmini umumiylikdan xususiylikka o‘tish bosqichi korrelyasion (o‘zaro ta’sir omillariga ko‘ra) uslubda isbotlangan;                     
zamonaviy kibermakonda barqaror ta’lim va tarbiya olish tizimi samaradorligini ta’minlashda “oila-mahalla-ta’lim” bilan bog‘liq ijtimoiy muhitning funksional integratsiyalashuvini kuchaytirish imkoniyatlari integral xususiyatiga ko‘ra mantiqiy dalillangan;     
kibermakonning psixologik ta’siridan xoli ta’lim-tarbiya muhitini yaratishda ijtimoiy makon, real zamonga bog‘liq komponentlar (hudud, muhit, sotsial munosabat)ni hisobga olish zarurati falsafiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Zamonaviy kibermakonning ta’lim va tarbiya samaradorligiga salbiy ta’sirini keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash, ular o‘rtasidagi korrelyasion aloqadorlik koeffisientini topish, ta’lim va tarbiya sofligiga, funksional integratsiyalashuviga olib boruvchi “ijtimoiy drayverlar” tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida:
kibermakon frazasi doirasida yuzaga kelayotgan aksiologik deformatsiyalashuv jarayonlarining ta’lim va tarbiyaga o‘tkazayotgan salbiy ta’sirini oldini olish bilan bog‘liq ta’qiqlovchi va baholovchi mezonlari ochib berilganligiga doir xulosa va amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan 40 ta qonunchilik hujjatlari, 21 ta Hukumat qaror loyihalarini va davlat boshqaruvida xotin-qizlar faolligini oshirishga qaratilgan Kompleks chora-tadbirlar dasturi loyihasini yaratishda, shuningdek, rahbar xotin-qizlarni tayyorlash bo‘yicha 60 soatlik malaka oshirish kursi dasturi loyihasini va mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadallashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining 2023-yil 27-iyuldagi 02-01/1013-son ma’lumotnomasi). Natijada Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatida belgilangan vazifalar samaradorligini oshirishga, kiber tahdidlardan himoyalanish tizim takomillashuviga erishishda ilmiy metodologik manba sifatida xizmat qilgan;
zamonaviy kibermakonda ta’lim va tarbiya jarayonini milliy mentalitetga mos ravishda tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishning pragmatik vositalari mantiqiy asoslanganligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzurida madaniyat markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish jamoatchilik kengashi vazifalarini bajarishga qaratilgan “tanlovlar, xalq ijodiyoti va tomosha san’atining tuman (shahar) festivallarini o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash” bo‘yicha tuzilgan Kompleks chora-tadbirlar dasturini va “O‘zbekiston madaniy merosi – Yangi Renessans asosi” mavzusida xalqaro anjumanni o‘tkazishga qaratilgan Kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2023-yil 8-avgustdagi 02-12-15-5750-son ma’lumotnomasi). Natijada, vazirlikning vakolat doirasidan kelib chiqib, amalga oshirgan chora-tadbirlarini muvaffaqiyatli bajarilishiga xizmat qilgan;
ta’lim-tarbiya sifatiga destruktiv ta’sir etuvchi kompyuter, telefon, internet, audio va video mahsulotlarining kibermakondagi harakatlanish mexanizmini umumiylikdan xususiylikka o‘tish bosqichi korrelyasion (o‘zaro ta’sir omillariga ko‘ra) uslubda isbotlanganligiga doir ilmiy, amaliy hamda metodologik g‘oyalar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, iqtidorini ro‘yobga chiqarish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlab chiqilgan Konsepsiya loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va Sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 17-iyuldagi 04-13-21-1932-son ma’lumotnomasi). Natijada, vazirlik tizimidagi tashkilotlarda ta’lim va tarbiya uzviyligini ta’minlashda, ta’lim sofligini tashqi ta’sirlardan asrashda, tarbiya borasida asrlar davomida sinovdan o‘tgan milliy qadriyatlarga tayanish borasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy islohotlarning normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
           zamonaviy kibermakonda barqaror ta’lim va tarbiya olish tizimi samaradorligini ta’minlashda “oila-mahalla-ta’lim” bilan bog‘liq ijtimoiy muhitning funksional integratsiyalashuvini kuchaytirish imkoniyatlari integral xususiyatiga ko‘ra mantiqiy dalillanganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi aholisini buzg‘unchi g‘oya va harakatlag ta’siridan asrash, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasini targ‘ib etish bo‘yicha ishlab chiqilgan shora-tadbirlar ssenariysini ishlab chiqishda va joularda faoliyat yuritayotgan mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, otinoyilarning bilimlarini oshirish bo‘yicha kompleks shora-tadbirlar dasturi loyihasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2023-yil 17-iyuldagi 02-02/1-5302-son ma’lumotnomasi). Natijada diniy tashkilotlar bilan mustahkam o’zaro hamkorlik qilish, jamiyatda dinlararo va millatlararo tinchlik va totuvlikni taʼminlash yuzasidan qo‘mita tizimida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishda muhim ilmiy manba boʻlib xizmat qilgan; 
kibermakonning psixologik ta’siridan xoli ta’lim-tarbiya muhitini yaratishda ijtimoiy makon, real zamonga bog‘liq komponentlar (hudud, muhit, sotsial munosabat)ni hisobga olish zarurati falsafiy jihatdan asoslanganligiga doir xulosa va amaliy takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2023-yil may va avgust oylarida efirga uzatilgan “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” kabi dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 9-avgustdagi 04-36-1193-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarda zamonaviy kibermakondan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, ular ongida voqelikka ongli ravishda munosabat bildirish, axborot-texnologik yangiliklarni qabul qilishda milliy qadriyatlarga, ming yillik urf-odatlarga amal qilish kabi milliy mentalitetni shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish