Xoliqov Yunus Ortiqovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda millatlararo madaniyatni rivojlantirishda bag‘rikenglikning axloqiy asoslari”, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Etika) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Fal95
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy maslahatchi: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Samadov Aktamkul Rafikovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Qoraboev Usmon Xosilovich, falsafa fanlari doktori, professor; O‘roqova Oysuluv Jamoliddinovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda millatlararo madaniyatni rivojlantirishda bag‘rikenglikning axloqiy paradigma va temperament mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
millatlararo bag‘rikenglikning rivojlanish tadrijiyligida markaziy o‘rin tutadigan etnomadaniy plyuralizm va insonparvarlik kabi axloqiy qadriyatlar bugungi postmodern jamiyatning muloqot madaniyati bilan o‘zaro dialektik aloqadorlikda ekanligi falsafiy asoslangan;
Yangi O‘zbekistonda millatlararo madaniyatni rivojlantirishning xushmuomalalik, sabr-qanoat, kamtarlik singari ijtimoiy mezonlari va uning o‘zaro dialektik ta’sirlanishga asoslangan muloqot funksiyalari bag‘rikenglikning axloqiy tamoyillariga adekvat ekanligi isbotlangan;
millatlararo madaniyatning xarakterini belgilovchi axloqiy, iqtisodiy, madaniy rivojlanish darajalariga xos bo‘lgan integratsion muloqotning zamonaviy modeli falsafaning atributiv kategoriyalari orqali aniqlangan;
bag‘rikenglik fenomenining substansional asosini tashkil etuvchi “sabrlilik”, “bir-biriga hurmat”, “o‘zaro hamjihatlik”, “murosayi-madora” kabi tamoyillarni yoshlar ongiga singdirishning hozirgi zamon xarakteriga mos bo‘lgan tarixiy-madaniy, ijtimoiy-ma’naviy va axloqiy-huquqiy paradigmalari takomillashtirilgan;
millatlararo madaniyat va bag‘rikenglikning axloqiy asoslari tenglik, birdamlik, muloqot kabi ijtimoiy g‘oyalarda o‘z aksini topgan holda davlat hokimiyati organlarining fuqarolar birligi va hamjihatligini qo‘llab-quvvatlashda ifodalanishi mantiqiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston millatlararo madaniyatining rivojlanish jarayonlariga oid ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
millatlararo bag‘rikenglikning rivojlanish tadrijiyligida markaziy o‘rin tutadigan etnomadaniy plyuralizm va insonparvarlik kabi axloqiy qadriyatlar bugungi postmodern jamiyatning muloqot madaniyati bilan o‘zaro dialektik aloqadorlikda ekanligiga doir taklif va tavsiyalardan 2020-2022 yillarda bajarilgan A-OT-2021-11-sonli “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining electron-transdisiplinar platformasiniyaratish” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalar ijrosini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy unversitetining 2023-yil 21-fevraldagi 04/11-985-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy loyixasini yanada takomollashtirish asosida O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan millatlar o‘rtasida bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik madaniyatining o‘sishiga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda millatlararo madaniyatni rivojlantirishning xushmuomalalik, sabr-qanoat, kamtarlik singari ijtimoiy mezonlari va uning o‘zaro dialektik ta’sirlanishga asoslangan muloqot funksiyalari bag‘rikenglikning axloqiy tamoyillariga adekvat ekanligiga doir taklif tavsiyalardan Samarqand viloyati madaniyat boshqarmasining “2019-2025–yillarda O‘zbekiston Respublikasida millatlararo madaniyat bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirish” Konsepsiyasi loyihasini va “2030–yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 3-apreldagi 04-12-05-1961-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda millatlararo madaniyat asosida fuqarolarning milliy va umuminsoniy qadriyatlarini rivojlantirish, turli davlat va nodavlat tashkilotlarining faoliyatlarida turli millat vakillari aks etgan zamonaviy komil inson konsepsiyasini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
millatlararo madaniyatning xarakterini belgilovchi axloqiy, iqtisodiy, madaniy rivojlanish darajalariga xos bo‘lgan integratsion muloqotning zamonaviy modeli falsafaning atributiv kategoriyalari orqali aniqlanganligiga doir taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi IX yo‘nalishida belgilangan “Geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish” nomli 40 – bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifatmarkazining 2023-yil 1-martdagi 02-22/165-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatda millatlararo bag‘rikenglik o‘ziga xos va betakror ijtimoiy muhit asosida rivojlanib borishiga, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan millatlarining axloqiy tafakkuri negizida, millatlararo bag‘rikenglikni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qilgan;
bag‘rikenglik fenomenining substansional asosini tashkil etuvchi “sabrlilik”, “bir-biriga hurmat”, “o‘zaro hamjihatlik”, “murosayi-madora” kabi tamoyillarni yoshlar ongiga singdirishning hozirgi zamon xarakteriga mos bo‘lgan tarixiy-madaniy, ijtimoiy-ma’naviy va axloqiy-huquqiy paradigmalari takomillashtirilgan taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyati madaniyat boshqarmasining “Yoshlarda millatlararo madaniyatni rivojlantirishning 2030–yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi” nomli loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 3-apreldagi 04-12-05-1961-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda millatlararo madaniyat asosida fuqarolarning milliy va umuminsoniy qadriyatlarini rivojlantirish, turli davlat va nodavlat tashkilotlarining faoliyatlarida turli millat vakillari aks etgan zamonaviy komil inson konsepsiyasini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
millatlararo madaniyat va bag‘rikenglikning axloqiy asoslari tenglik, birdamlik, muloqot kabi ijtimoiy g‘oyalarda o‘z aksini topgan holda davlat hokimiyati organlarining fuqarolar birligi va hamjihatligini qo‘llab-quvvatlashda ifodalanishi mantiqiy asoslanganligiga oid nazariy-amaliy taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan 2023-yilda efirga uzatilgan “Oltin halqa” ko‘rsatuvini navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 9-fevraldagi 01-07/35-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda istiqomat qilayotgan millatlar va elatlar o‘rtasida millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, etnik-madaniy plyuralizm, do‘stlik va hamjihatlikni rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va milliy totuvlikni ta’minlashga xizmat qilgan.