Madraximov Alisher Maxamadibroximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʻi nomi): «O‘rta maktablarda o‘smirlar o‘rtasidagi zo‘ravonlik (bullying) holatlarini oldini olishning sotsiologik tahlili» 22.00.02– Ijtimoiy tuzulish, ijtimoiy institutlar va turush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/S80
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sotsiologiya fanlari nomzodi, dots.nt Yunusov Alisher Bobomuradovich.
Rasmiy opponentlar: Sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Tolipov Abdug‘affor Abdunabi o‘g‘li va Sotsiologiya fanlari doktori Abduazimov Oqiljon Utkurovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiet universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston o‘rta maktab o‘quvchilari o‘rtasida zo‘ravonlik (bullying) holatlarini tahlil qilish va oldini olish imkoniyatlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘smir-yoshlar o‘rtasidagi bulling holatlarini oldini olish tizimini empirik o‘rganish asosida “huquqbuzarliklar profilaktikasi” tushunchasining tizim yasovchi elementlari (huquq-tartibotni saqlash hamda mustahkamlash; huquqbuzarliklarni aniqlash; huquqbuzarliklarga barham berish; huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini aniqlash; huquqbuzarliklarga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish) hamda zo‘ravonlikni sodir etayotgan shaxs (buller) va uning qurboniga aylanayotgan o‘quvchi-yoshlaring ijtimoiy qiyofasi (motivatsiyasi, xulq-atvor xususiyatlari, o‘zaro munosabatlari, faolligi, ijtimoiylashuvi) ochib berilgan;
o‘rta maktablarda sodir bo‘layotgan shaxslararo bulling muhiti ishtirokchilari (pedagoglar, o‘quvchilar, maktab ma’muriyati, ota-ona yoki ularni o‘rnini bosuvchilar) da “zo‘ravonlik” hodisasini talqin qilishda bir xil mezonlar (zo‘ravonlik maqsadida vositalardan, shu jumladan, o‘zining jismoniy kuchidan ham foydalanish; o‘quvchiga ruhiy yoki ijtimoiy mazmundagi zarar etkazilganligi; zo‘ravonlik subektiga zarar etkazish maqsadining mavjudligi) dan foydalanish profilaktika tizimining asosiy elementi ekanligi sotsiologik ochib berilgan;
o‘rta maktablarda bulling holatlarini oldini olishda insonlararo ziddiyatlarni yumshatishning muqobil usullarini (kooperatsiya, kompromiss, konsensus) o‘quvchilar xulqiga singdirish va o‘rta ta’lim tizimining tarbiyaviy muhitida o‘zaro hurmat ruhini tarkib toptirishning ustuvor ta’siri aniqlangan;
voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo (ichki ishlar organlari, ta’limni boshqarish organlari va ta’lim muassasalari, vasiylik va homiylik organlari, sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari, mehnat organlaridan iborat) komissiyalar bilan oila va mahalla institutlarining integrativ hamkorligi orqali o‘smirlar o‘rtasida bullingning oldini olishga yo‘naltirilgan sotsiologik model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston o‘rta maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi zo‘ravonlik (bullying) holatlari profilaktikasini sotsiologik tahlillari asosida:
o‘smir-yoshlar o‘rtasidagi bulling holatlarini oldini olish tizimini empirik o‘rganish asosida “huquqbuzarliklar profilaktikasi” tushunchasining tizim yasovchi elementlari (huquq-tartibotni saqlash hamda mustahkamlash; huquqbuzarliklarni aniqlash; huquqbuzarliklarga barham berish; huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini aniqlash; huquqbuzarliklarga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish) hamda zo‘ravonlikni sodir etayotgan shaxs (buller) va uning qurboniga aylanayotgan o‘quvchi-yoshlaring ijtimoiy qiyofasi (motivatsiyasi, xulq-atvor xususiyatlari, o‘zaro munosabatlari, faolligi, ijtimoiylashuvi) to‘g‘risidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kardlarni tayyorlash institutida 2021 yil aprel-may oylarida o‘tkazilgan “Maktab o‘quvchilari orasida zo‘ravonlik holatlari (bulling) va bunga sabab bo‘luvchi omillar”ni o‘rganish bo‘yicha tadqiqot dasturi va so‘rovnomasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 9 iyundagi 4-13-23-13678-soni ma’lumotnomasi). Bu o‘smir yoshidagi yoshlarning o‘zaro zo‘ravonlik (bulling) sodir etishlari sabablarini aniqlash, oldini olishga doir profilaktik chora-tadbirlarni nazariy asoslash imkonini bergan;
o‘rta maktablarda sodir bo‘layotgan shaxslararo bulling muhiti ishtirokchilari (pedagoglar, o‘quvchilar, maktab ma’muriyati, ota-ona yoki ularni o‘rnini bosuvchilar) da “zo‘ravonlik” hodisasini talqin qilishda bir xil mezonlar (zo‘ravonlik maqsadida vositalardan, shu jumladan, o‘zining jismoniy kuchidan ham foydalanish; o‘quvchiga ruhiy yoki ijtimoiy mazmundagi zarar etkazilganligi; zo‘ravonlik subektiga zarar etkazish maqsadining mavjudligi) dan foydalanish profilaktika tizimining asosiy elementi ekanligi to‘g‘risidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida 2021 yil 11 noyabr kuni o‘tkazilgan “Mahallada yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi samarali boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi yig‘ilishining 1-son bayoni bilan belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 9 iyundagi 4-13-23-13678-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida mahallalarda Yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori hamda o‘rta maktab pedagogik jamoasi o‘rtasidagi hamkorlikni takomillashtirishning nazariy va uslubiy asoslarini ishlab chiqishga erishilgan;
o‘rta maktablarda bulling holatlarini oldini olishda insonlararo ziddiyatlarni yumshatishning muqobil usullarini (kooperatsiya, kompromiss, konsensus) o‘quvchilar xulqiga singdirish va o‘rta ta’lim tizimining tarbiyaviy muhitida o‘zaro hurmat ruhini tarkib toptirishning ustuvor ta’siriga doir taklifidan o‘rta maktablardagi tarbiya jarayonlarida hamkor tashkilotlar bilan amalga oshiriladigan faoliyat natijadorligini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 9 iyundagi 06-06/1-1747-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar o‘rta maktab o‘quvchilari o‘rtasida yuz berayotgan o‘zaro zo‘ravonlik (bulling) holatlarining oldini olishda hamkor tashkilotlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga yordam bergan;
voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo (ichki ishlar organlari, ta’limni boshqarish organlari va ta’lim muassasalari, vasiylik va homiylik organlari, sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari, mehnat organlaridan iborat) komissiyalar bilan oila va mahalla institutlarining integrativ hamkorligi orqali o‘smirlar o‘rtasida bullingning oldini olishga yo‘naltirilgan sotsiologik model ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 9 iyundagi 06-06/1-1747-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlar o‘rtasida yuz berayotgan o‘zaro zo‘ravonlik (bulling) holatlarining sabablarini nazariy va ilmiy asoslashga erishilgan.