Maxmatraemov Baxrom Omonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Xo‘jalik yurituvchi subektlar iqtisodiy faoliyatining soliq nazorati mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt 1307
Ilmiy rahbar: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoykulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Giyasov Sarvar A’zamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xo‘jalik yurituvchi subektlar iqtisodiy faoliyatining soliq nazorati mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qonunchilik asosida belgilangan huquqning soliq to‘lovchi tomonidan suiiste’mol qilinganligi va (yoki) bitimning soxtaligi, ya’ni qo‘shilgan qiymat solig‘ini noqonuniy ravishda hisobga olgan soliq to‘lovchilar aniqlangan taqdirda, ushbu ma’lumotlardan keyinchalik soliq xavfini boshqarish tizimida tahlil qilishda foydalanish zarurligi asoslangan;
soliq nazoratini o‘tkazishda o‘zaro bog‘langan yoki kafillangan shaxslar o‘rtasidagi bitimlar bo‘yicha transfert narxlarni belgilash, o‘zaro aloqador shaxslarni aniqlashda bitim qiymati, bitim ishtirokchilarining soliq to‘lash maqomi mezonlarini kiritish taklifi asoslangan;
soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan yoki soliq davri tugaganidan keyingi kundan e’tiboran javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan paytga qadar uch yilni tashkil etishi taklifi asoslangan;
soliq auditi natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliqlar summalarini ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan soliq organi tomonidan qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda to‘lashning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xo‘jalik yurituvchi subektlar iqtisodiy faoliyatining soliq nazorati mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha:
qonunchilik asosida belgilangan huquqning soliq to‘lovchi tomonidan suiiste’mol qilinganligi va (yoki) bitimning soxtaligi, ya’ni qo‘shilgan qiymat solig‘ini noqonuniy ravishda hisobga olgan soliq to‘lovchilar aniqlangan taqdirda, ushbu ma’lumotlardan keyinchalik soliq xavfini boshqarish tizimida tahlil qilishda foydalanishning zarurligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi “Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 1-sonli qarorining 2-ilovasi “Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”da o‘z aksini topib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023-yil 21-yanvardagi 18/1-07371-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini noqonuniy ravishda hisobga olgan soliq to‘lovchilar aniqlangan taqdirda, ushbu ma’lumotlardan keyinchalik soliq xavfini boshqarish tizimida tahlil qilish orqali soliq nazorati mexanizmini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
soliq nazoratini o‘tkazishda o‘zaro bog‘langan yoki kafillangan shaxslar o‘rtasidagi
bitimlar bo‘yicha transfert narxlarni belgilash, o‘zaro aloqador shaxslarni aniqlashda bitim qiymati, bitim ishtirokchilarining soliq to‘lash maqomi mezonlarini kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-599-sonli Qonuniga asosan transfert narxni belgilashda soliq nazoratini amaliyotga joriy etish qismida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 6-oktyabrdagi 18/1-61752-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida transfer narxlari bo‘yicha soliq nazoratini o‘tkazishda o‘zaro aloqador shaxslarni aniqlashda bitim qiymati, bitim ishtirokchilarining soliq to‘lash maqomi mezonlarini kiritish orqali soliq nazorati mexanizmini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan yoki soliq davri tugaganidan keyingi kundan e’tiboran javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan paytga qadar uch yilni tashkil etishiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining
2023-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-891-sonli Qonuni bilan tasdiqlanib, Soliq kodeksining 88-moddasi va 217-moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 5-yanvardagi
15-00558-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq majburiyati bo‘yicha da’vo muddati davomida soliq tekshiruvlari natijasida hisoblanishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha soliq summasi o‘rtacha hisobda 281,3 mlrd.so‘mni tashkil qilib, 366,6 mlrd.so‘mga qisqarishi tadbirkorlik subektlari oldidagi majburiyatlarning kamayishi hamda ushbu mablag‘larning tadbirkorlar ixtiyorida qolishiga xizmat qilgan;
soliq auditi natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliqlar summalarini ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan soliq organi tomonidan qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda to‘lashning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-891-sonli Qonuni bilan tasdiqlanib Soliq kodeksining 100-moddasining 4-qismiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil
5-yanvardagi 15-00558-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq to‘lovchilarga kameral soliq tekshiruvi natijasida hisoblangan o‘rtacha hisobda 6,8 mlrd.so‘m soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni yaratilgan.