Seitova Zuxraxon Pirjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Qubla Aralboyı hayal-qızlar gender teńligin támiynlewdiń jámietlik-mádeniy tárepleri» 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/S35.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oʻzbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvshi DSc 29.12.2018. S.23.02 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Seitov Azamat Polatovich sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Kaxxorov Abdulaxad Ganievich sotsiologiya fanlari doktori, professor;Nurmatova Mukarrama Ahmedovna sotsiologiya fanlari doktori, professor; Bayrieva Almagul Kurbanovna siyosiy fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatshilik fikrini o'rganish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Janubiy Orolbo‘yida gender tengligini ta’minlashning madaniy va etnik jihatlarini aniqlash va sotsiologik tahlil qilish orqali tegishli tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Qoraqalpog‘iston jamiyatining yalpi transformatsiyalashuvi sharoitida gender tenglikni ta’minlashda Janubiy Orolbo‘yi mintaqasidagi madaniy va etnik jihatlarni etiborga olib mazkur jarayonni bosqichma-bosqich pozitiv yo‘nalishga restrukturizatsialashtirilishi konseptual sotsiologik asoslantirilgan;
zamonaviy insonparvarlik tamoyillariga, umumbashariy nazariyalarga asoslanib, qoraqalpoq xalqining o‘ziga xos milliy xususiyatlarini hisobga olgan holda ijtimoiy faolligini ta’minlash va mehnat faoliyatini amalga oshirish borasidagi ayollarning gender tengligi konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
asrlar mobaynida an’anaviy voqelik sifatida turmush tarziga singdirib kelingan mahalliy streotiplarni Yangi O‘zbekistonda jadal transformatsiyalashayotgan yangi Qoraqalpog‘iston mentalitetiga moslashtirishda umumlashtiruvchi natijalarga erishiladigan yangi universal mezonlar ishlab chiqilgan;
Janubiy Orolbo‘yi mintaqasini innovatsion rivojlantirish asosida xotin-qizlar faoliyatining uzlyuksiz takomillashtirishi, ularning salohiyatini inson kapitali nuqtai nazaridan oshirishga qaratilgan o‘zini o‘zi identifikatsiyalovchi model’ ishlab chiqish orqali gender tengligiga erishilishi sotsiologik asoslantirilgan.
o‘zgarib borayotgan qoraqalpoq jamiyatida gender tenglikni ta’minlashga yonaltirilgan stereotiplarni aniqlash orqali genderning biologik kategoriya sifatidagi jins va ijtimoiy munosabatlardagi barqarorligini saqlash, rollarining o‘zgarib borish xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubiy Orolbo‘yi mintaqasidagi gender tengligining madaniy va etnik jihatlarini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar va takliflarning joriy etilishi quyidagicha:
Gender tengligiga erishish bo‘yicha strategik kun tartibining asosiy o‘rinida gender tadqiqotlarini rivojlantirish dolzarb mavzu bo‘lib qolmoqda, shu munosabat bilan “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi har yili “Fuqarolar mamlakatda gender tenglikning ta’minlanishi haqida” monitoring tadqiqotini o‘tkazdi. Fuqarolar mamlakatda gender tenglikning ta’minlanishi haqida telefon orqali so‘rovni boshladi. Bunda e’tibor fuqarolarning gender tengligi masalalaridan xabardorlik darajasi va munosabatini aniqlash, jamiyatning turli jabhalarida gender tengligi bo‘yicha aholi fikrini, shuningdek, gender tengsizligining sabablari va uni bartaraf etish yo‘llari haqidagi fikrlarni o‘rganishga qaratilgan. (“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish 19.12.2023y. Markaz tomonidan 01-16/243-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga samarali etkazishga xizmat qildi.
Janubiy Orolbo‘yi mintaqasida gender tenglikni ta’minlashning madaniy va etnik jihatlarini o‘rganish natijalari, xususan, jamiyat hayotining turli jabhalarida gender tenglikni ta’minlash masalalariga echim topa olmaslikning salbiy oqibatlarini aniqlash natijalari; O‘zbekistonda ayollarning qadriyat yo‘nalishlari tizimini va ularning motivatsion munosabatlarini aniqlash; Janubiy Orolbo‘yi mintaqasida ayollar huquqlarining turli shakllarda cheklanishi va gender asosidagi kamsitish stereotiplari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida gender tengligini ta’minlash samaradorligini oshirish yo‘llari to‘g‘risidagi xulosalardan PZ-20170915198sonli «Qoraqalpoq jamiyatida ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi: tarix va amaliyot” mazusidagi amaliy loyihada foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 02.09.2023 y. 46/1-son ma’lumotnomasi). Joriy etilgan natijalar hayotning turli jabhalarida gender tenglikni ta’minlashning tarixiy va madaniy kontekstini tushunish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston ayollarining qadriyat yo‘nalishlari tizimi va ularning motivatsion niyatlarini aniqlash bo‘yicha ilmiy tahlil va xulosalar natijalari; zamonaviy jamiyat hayotining turli jabhalaridagi gender tengligi masalalariga echim topa olmaslikning aniqlangan salbiy oqibatlari; Janubiy Orolbo‘yi mintaqasidagi ayollar huquqlarinining turli shakllarda cheklanishi va gender asosidagi kamsitish stereotiplari masalalari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida gender tenglikni ta’minlash samaradorligini oshirish yo‘llari to‘g‘risidagi xulosalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiykompaniyasi tomonidan “Munasibet” tele-tok-shousini taiyorlashda va «Assaloma alaykum, Qaraqalpaqstan» ko‘rsatuvini taiyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 23.02.2023 yildagi 05-22/102-son ma’lumotnomasi). Natijada gender tengligi, jamiyatimiz ma’naviy hayotining madaniy-etnik jihatlarini o‘rganish masalalarini hal etish xususiyatlarini aniqlashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2022-yil 28-fevraldagi 01-113-son “Yo‘l xaritasi”ning “VII.Keng jamoatchilik o‘rtasida milliy bayramlar va rasmiy sanalarni nishonlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish” bo‘limida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 20-fevraldagi 01-13/53-son ma’lumotnomasi). Bu, gender tadqiqotlari nazariyasi va metodologiyasini, gender tengligini ta’minlashning nazariy masalalari, shaxs tushunchasining mohiyati va mazmunini, ayollar huquqlarini ta’minlash muammosi, gender tengligi masalasining ko‘rsatilgan sotsiologik jihatlari natijalarini respublikamizning keng jamotchiligiga to‘la qonli etkazish imkonini bergan;
Imiy tadqiqotning ayollarning ijtimoiy munosabatlardagi rolining nazariy genezisi, gender tadqiqotlari nazariyasi va metodologiyasi, gender tengligini ta’minlash masalalarini nazariy jihatdan o‘rganish, shaxs va gender tengligi tushunchasining ma’nosini tahlil qilish, ayollarning ijtimoiy munosabatlardagi rolini aniqlash, jamiyat hayotining turli jabhalarida gender tengligini ta’minlash masalalari bo‘yicha natijalari O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha gender tengligiga erishish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tasdiqlangan 2022 yil 22 dekabrdagi №SK-682-IVson «2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2021-2022 yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi dasturida foydalanilgan ((Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2024-yjıl 16-aprelrdagı 02-09/9-04/352-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda ayollarning qadriyatlari, motivatsiyalariga yondashuv e’tiborga olindi, O‘zbekistondagi gender muammolarining ijtimoiy jihatini tahlil qilishda qoraqalpoq jamiyati gender siyosatining o‘ziga xosligini belgilovchi ilmiy xulosalarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
Janubiy Orolbo‘yida gender tengligiga erishish strategiyasini amalga oshirish doirasida 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tengligiga erishish strategiyasi amalga oshirilishining hozirgi holatini tahlil qiluvchi ilmiy tadqiqot natijalaridan «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan” 2020-yil 14-dekabrdagi 13/00-02/ 04-3242-son dasturi shuningdek, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi”ning 2021 yil 28-maydagi 01/00-03/19-6399 dasturida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2024-jıl 16-apreldagı 02-09/9-04/353- son ma’lumotnomasi). Natigada, Janubiy Orol bo‘yida gender tengligi va madaniy merosni targ‘ib etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan sotsiologik tadqiqotlar, ilmiy qarashlar, g‘oyalar, taklif va xulosala mazmun-mohiyatini jamotchilikka asosli etkaziz imkonini bergan.