Seitov Mansur Sherikbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshlarning hayotiy pozisiyasini tadqiq etish jarayonlarida innovatsion usullarni qo‘llash xususiyatlari» 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/S96.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.29.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alekseeva Viktoriya Sergeevna sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Kahharov Abdulahad Ganievich sotsiologiya fanlari doktori, professor; Yunusov Alisher Bobomurodovich sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zamonaviy hozirgi vaziyat xususiyatlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston yoshlarining qadriyatlari yo‘nalishini belgilovchi o‘zgarishlarning mazmuni va xarakterini ochib berish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
PyCharm-dasturida tuzilgan SQL so‘rovlardan foydalangan holda Python-da MySQL ma’lumotlar bazasi massivining maydonlarini ulash va ajratib olish uchun ishlab chiqilgan maxsus modul asosida umumiy belgilangan sotsiologik parametrlar bo‘yicha ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga jalb qilish ko‘rsatkichi sifatida yoshlarning jamoatchilik fikrini o‘rganish darajasini o‘lchash usuli (Python dasturlash tili uchun integratsiyalashgan rivojlanish muhiti) sotsiologik asoslantirilgan;
ijtimoiy tarmoqlar, yoshlar kanallari va guruhlaridagi katta ma’lumotlarni tahlil qilishning kombinatsiyalangan usuli yordamida o‘zbek yoshlarining hayotiy pozisiyalaridagi o‘zgarishlarning asosiy tendensiyalari aniqlangan, bu Python-da qayta ishlangan va vizuallashtirilgan JSON formatidagi ma’lumotlardan foydalangan holda yosh avlodning qadriyatlar ko‘rsatmalarini o‘lchashga yo‘naltirilgan yangi yondashuv sotsiologik asoslantirilgan;
tasodifiy ehtimollik tanloviga asoslangan innovatsion onlayn panel sotsiologik jihatdan asoslanib, (RDD) telefon so‘rovi tanlovi asosida respondentlarni reprezentativ rekrutdan foydalangan holda potensial va maqsadli respondentlarga tezkor erishish imkoni ijtimoiy asoslangan;
tabaqalashtirilgan tanlama asosida zamonaviy raqamli onlayn panel vositalaridan foydalanish asosida mobil aloqa va internet foydalanuvchilari orasida aholining turli qatlamlariga asoslangan ekstrapolyasiya qilingan 5 foizdan ko‘p bo‘lmagan statistik xato hajmini aniqlash imkoni sotsiologik asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda yoshlarning hayotiy pozisiyalarini tadqiq etishda olingan natijalar asosida:
PyCharm-dasturida tuzilgan SQL so‘rovlardan foydalangan holda Pythonda MySQL ma’lumotlar bazasi massivining maydonlarini ulash va ajratib olish uchun ishlab chiqilgan maxsus modul asosida umumiy belgilangan sotsiologik parametrlar bo‘yicha ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga jalb qilish ko‘rsatkichi sifatida yoshlarning jamoatchilik fikrini o‘rganish darajasini o‘lchash usuli (Python dasturlash tili uchun integratsiyalashgan rivojlanish muhiti) sotsiologik asoslantirilganligidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha boshqarmasi tomonidan yoshlarning vatanparvarlik qadriyatlarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar amaliyotiga joriy etilgan (2022-yil 15-iyundagi 14/1472-sonli ma’lumotnoma). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridagi yoshlar o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni yanada takomillashtirishga xizmat qilgan.
ijtimoiy tarmoqlar, yoshlar kanallari va guruhlaridagi katta ma’lumotlarni tahlil qilishning kombinatsiyalangan usuli yordamida o‘zbek yoshlarining hayotiy pozisiyalaridagi o‘zgarishlarning asosiy tendensiyalari aniqlangan, bu Python-da qayta ishlangan va vizuallashtirilgan JSON formatidagi ma’lumotlardan foydalangan holda yosh avlodning qadriyatlar ko‘rsatmalarini o‘lchashga yo‘naltirilgan yangi yondashuv sotsiologik asoslantirilganligidan "Ijtimoiy fikr" respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tadqiqot ma’lumotlarining joriy etilishi katta ma’lumotlarni tahlil qilish orqali yoshlarning qadriyatlari yo‘nalishini ilmiy tahlil qilish imkonini berdi ("Ijtimoiy fikr" respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2021 yil 7 maydagi 01-16/166-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston yoshlarining qadriyatlari yo‘nalishini sotsiologik tadqiq etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish istiqbollarini aniqlashga xizmat qildi.
tasodifiy ehtimollik tanloviga asoslangan innovatsion onlayn panel sotsiologik jihatdan asoslanib, (RDD) telefon so‘rovi tanlovi asosida respondentlarni reprezentativ rekrutdan foydalangan holda potensial va maqsadli respondentlarga tezkor erishish imkoni ijtimoiy asoslantirilganligidan "Ijtimoiy fikr" respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining ilmiy-tadqiqot faoliyatiga joriy etilgan. ("Ijtimoiy fikr" respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2023-yil 21- sentyabrdagi 01-16/159-son ma’lumotnomasi). Natijada telefon so‘rovlar o‘tqazish jarayonida onlayn panel tizimaga reprezentativ rekrut qilish imkonini bergan.
tabaqalashtirilgan tanlama asosida zamonaviy raqamli onlayn panel vositalaridan foydalanish asosida mobil aloqa va internet foydalanuvchilari orasida aholining turli qatlamlariga asoslangan ekstrapolyasiya qilingan 5 foizdan ko‘p bo‘lmagan statistik xato hajmini aniqlash imkoni sotsiologik asoslantirilganligidan Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining tadqiqot faoliyatiga va yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish natijasi sifatida ijtimoiy-madaniy makonga ta’sir ko‘rsatadigan yoshlar qadriyatlarini o‘rganish yo‘nalishlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining 2022 yil 28 noyabrdagi 4-13-23-4039-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston yoshlari-ning qadriyatlari yo‘nalishini sotsiologik tadqiq etishda axborot texnologiyalaridan xususan innovatsion onlayn panel platformasi orqali xatolik darajasi 5 foizdan yuqori bo‘lmagan, ishonchlik darajasi 95 foizni tashkil qiladigan internet so‘rovlarini o‘tqazish imkoniyatlarini yaratgan.