Mansurov Saidnumon Yulbarsxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida tashqi mehnat migratsiyasining transformatsiyasi», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3858.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Abduraxmanov Kalandar Xodjaevich, O‘z FA akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01
Rasmiy opponentlar: Umurzakov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Israilova Dilfuza Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori,
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida tashqi mehnat migratsiyasi transformatsiyasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat migrantlarini qo‘shimcha kasbiy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishga jalb qilish, shuningdek, mehnat migrantlarining xavfsizlik darajasini oshirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston va Rossiyadan yuqori malakali migrantlarni jalb qilish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yaratishning institusional mexanizmlari takomillashtirilgan, bu esa migratsiya jarayonlarining yangi tendensiyalarini baholash imkonini bergan;
migratsiya xizmatlarining mexanizmi, shu jumladan institusional migratsiya muhitining Markaziy tarkibiy qismi bo‘lgan davlat xizmatlari taklif etilgan;
integratsiya va innovatsion jarayonlarga asoslangan yuqori malakali migrantlarni jalb qilishga qaratilgan davlat migratsiya xizmatlarini rivojlantirishning samarali modeli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion iqtisodiyotda tashqi mehnat migratsiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
taklif qilingan mehnat migrantlarini qo‘shimcha kasbiy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishga jalb qilish mexanizmi Rossiya Federatsiyasida O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan amaliyotda foydalanish uchun qabul qilingan (2022 yil 06 iyuldagi 09-12/223-1-sonli ma’lumotnoma va 30.06.2022 yildagi 1.11/ARPM – 1706/2022-sonli ma’lumotnoma). Mazkur yangilikning joriy qilinishi iqtisodiy va ijtimoiy samaraga erishishga: Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun ish haqining oshishiga, shu jumladan ma’lumotnomada keltirilgan qo‘shimcha vakolatlar va ko‘nikmalarni egallash hisobiga ish haqining oshishiga, shuningdek, mehnat migrantlarining xavfsizligi darajasining oshishiga imkon berdi. Shu bilan birga, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotlari taqdim etilgan.
Yuqori malakali migrantlarni jalb etish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yaratish bo‘yicha institusional mexanizmlar takomillashtirilgan, bu esa Rossiya Federatsiyasidagi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan amaliyotda foydalanish uchun qabul qilingan migratsiya jarayonlarining yangi tendensiyalarini baholash imkonini berdi (2022 yil 06 iyuldagi 09-12/223-1-sonli ma’lumotnoma va 30.06.2022 yildagi 1.11/ARPM – 1706/2022-sonli ma’lumotnoma). Institusional mexanizmlarning joriy qilinishi migratsiya siyosati vositalari yordamida iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlashning tashkiliy-huquqiy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi;
Taklif etilgan migratsiya xizmatlarining, shu jumladan institusional migratsiya muhitining markaziy tarkibiy qismi bo‘lgan davlat xizmatlari mexanizmi Rossiya Federatsiyasida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan amaliyotda foydalanish uchun qabul qilindi (2022 yil 06 iyuldagi 09-12/223-1-sonli ma’lumotnoma va 30.06.2022 yildagi 1.11/ARPM – 1706/2022-sonli ma’lumotnoma). Taklifning joriy qilinishi mehnat migratsiyasining iqtisodiy rivojlanishga salbiy va ijobiy ta’siridan kelib chiqadigan muammolar doirasini aniqlashga muvofiq mehnat migratsiyasi jarayonida munosib va xavfsiz muhitni yaratish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi;
Taklif etilayotgan integratsiya va innovatsion jarayonlarga asoslangan yuqori malakali migrantlarni jalb etishga qaratilgan davlat migratsiya xizmatlarini rivojlantirishning samarali modeli Rossiya Federatsiyasida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida foydalanilgan (30.06.2022 yildagi 1.11/ARPM – 1706/2022-sonli ma’lumotnoma). Mazkur yangilikning joriy qilinishi yuqori malakali xodimlarning ish haqini bir xil xarajat qilgan holda tajriba va kasbiy darajaga qarab oyiga 25-35 ming rubldan 40-50 ming rublgacha oshirish imkonini berdi.