Zulyarova Nigora Sharafiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Markaziy Qizilqum fosforitlarini boyitish chiqindisini fosfor va azot-kal`siyli o‘g‘itlarga qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2607.
Ilmiy rahbar: Bobokulova Oygul Soatovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.T.55.06
Rasmiy opponentlar: Sultonov Boxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori, professor; Atashev Elyor Atashevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik texnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boyitilmagan fosfat xomashyosi (fosforit uni) va Markaziy Qizilqum fosforitlarini boyitish chiqindisi – minerallashgan massani sho‘rlangan tuproqlar uchun suyuq va azotli-kal`siyli donador o‘g‘itlarga hamda sekin ta’sir etuvchi fosforli o‘g‘itga qayta ishlashning iqtisodiy samarador, chiqindisiz texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy Qizilqum fosforitlarini nitrat kislota bilan boyitish natijasida hosil bo‘ladigan chiqindi – minerallashgan massani parchalash jarayoni kinetik tavsiflari hamda bunda jarayonning faollanish energiyasi 4,68 kJ/mol ni tashkil etishi va bu BFXning qiymati bilan bir xilligi, shuningdek ular MM qatorida BFX ≤ MSK ≤ MOFC eng kichigi ekanligi asoslangan;
ilk bor nitrat kislotali bo‘tqani gaz holatidagi ammiak bilan pH 5-7 ga qadar ammoniylash orqali MM va BFXni nitrat kislotasida parchalash mahsulotlarini suyuq va qattiq fazalarga ajratish hamda bunda birdaniga ikki turdagi – suyuq azot-kal`siyli va sekin ta’sir etuvchi fosforli  mineral o‘g‘itlar olish mumkinligi aniqlangan;
MM va BFX ni nitrat kislotasi bilan parchalashning ammoniylangan bo‘tqasi suyuq fazasini yaxshilangan fizik-kimyoviy xossalarga ega bo‘lgan kal`siy nitrat va ammiakli selitraga muqobil bo‘lgan ammiakli-kal`siyli selitraga qayta ishlash mumkinligi aniqlangan;
Markaziy Qizilqumning past navli fosforitlari va ularni boyitish chiqindilarini R2O5 miqdori katta va sekin ta’sir etuvchi fosfor shakllari bo‘lgan turli xildagi fosforli o‘g‘itlarga qayta ishlashning chiqindisiz, iqtisodiy samarador usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Past navli fosforitlarni va ularni nitrat kislota parchalash orqali boyitish chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
MM va BFXni nitrat kislotasi bilan qayta ishlab suyuq azot-kal`siyli va sekin ta’sir etuvchi fosforli o‘g‘itlar olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK-AJning “2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Elektrokimyozavod QK-AJning 2023 yil 16 avgustdagi 147-son ma’lumotnomasi). Natijada, BFX va MMni bir texnologik siklda sho‘rlangan tuproqlarga samarali ta’sir etuvchi suyuq azotli-kalsiyli va sekin ta’sir etuvchi fosforli o‘g‘itlarga qayta ishlash imkonini beradi;
ammoniylangan suyuq fazani - suyuq azot-kal`siy o‘g‘itini donador mahsulotga qayta ishlash texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK-AJning “2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Elektrokimyozavod QK-AJning 2023 yil 16 avgustdagi 147-son ma’lumotnomasi). Natijada, sho‘rlangan va kam sho‘rlangan tuproqlar uchun fizik-kimyoviy xususiyatlari yaxshilangan donadorlangan kal`siy nitrat o‘g‘itini olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish