Boboqulova Firuza Sheralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Naftalin gomologlari asosida kuchsiz kislotali kationitlar sintezi va ishlab chiqarish texnologiyasi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4107.
Ilmiy rahbar: Nurmanov Suvonqul Erxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Teshabaeva Elmira Ubaydullaevna, texnika fanlari doktori, professor; Beknazarov Xasan Saibjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «Uz-Kor Gas Chemical» MChJ piroliz qurilmasi ikkilamchi mahsuloti - piroliz moyi tarkibidan naftalin gomologlarini ajratish, ular asosida beton aralashmalari uchun maxsus qo‘shimchalar va kuchsiz kislotali kationitlar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uglevodorodlar pirolizi ikkilamchi mahsuloti piroliz moyining kimyoviy tarkibi aniqlanib, natalin va uning gomoliglari asosiy qismni tashkil qilishi isbotlangan;
2-naftalin karbonkislotani formaldegid bilan 1: 2 mol nisbatlarda 100-110 C harorat va 30-40 atm. bosimda 4 soatda barqaror fazoviy tuzlishli polimetilennaftalin karbon kislota hosil qilib polikondensatsiyalanishi isbotlangan;
fazoviy tuzilishli polimetilennaftalin karbonkislotani kationit sifatida ekspluatatsion xossalari import KU-2-8 va Marathon C markali kationitlar bilan solishtirilgan va neft-gaz sanoati texnik suvlarini tozalashda samarali ionitlar ekanligi asoslangan;
2-naftalinkarbonkislota bilan formaldegid 1:0,8 mol nisbatda 1 atm bosimda polikondensatlanganda chiqizli tuzilishli natriy polimetilennaftalin karbonat oligomeri hosil bo‘lishi aniqlanib, sement massasiga nisbatan 0,8 % miqdori superplastifikator sifatida samarali ekanligi isbotlangan;
«Uz-Kor Gas Chemical» MChJ piroliz qurilmasi ikkilamchi mahsuloti - piroliz moyi tarkibidan naftalin gomologlarini ajratish, ular asosida beton aralashmalari uchun maxsus qo‘shimchalar va kuchsiz kislotali kationitlar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Quyi olefinlar ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan piroliz moyidan ajratib olingan naftalin gomologlarini oksidlash bilan polimetilennaftalin karbon kislota ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
piroliz moyi tarkibidan naftalin gomologlarini ajratish, ularni asosida kuchsiz kislotali katonitlar ishlab chiqarish texnologiyasi «Shurtangaz kimyo majmuasi» MChJ ishlab chiqarish amaliyotiga joriy qilingan («Shurtangaz kimyo majmuasi» MChJning 2018 yil 18 avgustdagi 003/3324-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnik suvni tozalashda qo‘llaniladigan MARATHON-C sulfokationitini to‘liq almashtirish imkonini bergan;
fazoviy tuzilishli polimetilennaftalin karbon kislota «Muborak gazni qayta ishlash» AJ aylanma suvlarini tozalashda kuchsiz kationit sifatida amaliyotga joriy qilingan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJning 2023 yil 12 avgustdagi 3099/FX-14-02-son ma’lumotnomasi). Natijada texnik suvning qattiqligini 2,4 dan 0,01 mgekv/l gacha, Ca+2 ionlari miqdorini 30 mg/l dan 0,2 mg/l gacha, Mg+2 ionlari miqdorini 4,8 mg/l dan 0,12 mg/l gacha kamaytirish va “MARATHON C” import sulfokationitini mahalliylashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish