Umarov Ravshanbek Ziyaidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamburug‘li rinosinusitlarning kompleks diagnostikasi va xirurgik davosini takomillashtirish» 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib461.
Ilmiy rahbar: Arifov Sayfutdin Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Shayxova Xalida Erkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Chernushevich Igor Ivanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfandiyorov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamburug‘li rinosinusitni tashxislash va kompleks davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor zamburug‘li rinosinusit turli morfologik ko‘rinishlarining klinik kechishida organizmning intoksikatsiya ko‘rsatkichlari (leykotsitar intoksikatsiya indeks, Krebs indeks, neytrofillar reaktiv javobi) o‘rtasidagi bog‘liqlikni proporsionalligi isbotlangan;
zamburug‘li rinosinusitining morfologik granulematoz va misetoma turlarida MSKTga hamda invaziv va allergik turlarida esa MRT tekshiruvi usullariga nisbatan ishonarli sezgirligi aniqlangan;
organizm intoksikatsiyasi indeksining og‘ir darajasi zamburug‘li rinosinusitning invaziv va granulematoz morfologik turlarida uchrashi aniqlangan;
ilk bor jarrohlik amaliyotida (FESS) navigatsion tizimni qo‘llashni kiritish zamburug‘li rinosinusitning morfologik shakllarida (invaziv, granulematoz, misetoma, allergik) patologik jarayonni to‘liq qamrab olish hamda sog‘lom anatomik tuzilmalarni jarohatlanishini oldini olish imkoni berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Ekspert kengashining 2024 yil 31 yanvardagi №1-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor zamburug‘li rinosinusit turli morfologik ko‘rinishlarining klinik kechishida organizmning intoksikatsiya ko‘rsatkichlari (leykotsitar intoksikatsiya indeks, Krebs indeks, neytrofillar reaktiv javobi) o‘rtasidagi bog‘liqlikni proporsionalligi isbotlangan; olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi va Respublika ixtisoslashtirilgan sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: zamburug‘li rinosinusitining turli shakllarida umumiy intoksikatsiyaning integral indekslar ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlarni aniqlash bilan bemorlarga tez va sifatli tashxislashni takomillashtirish bilan otorinolaringolog shifokorlar ish sifati yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: integral indekslar ko‘rsatkichlari asosida tananing umumiy intoksikatsiyasi darajasi va uning zamburug‘li rinosinusitning turli shakllaridagi o‘zgarishlari aniqlanishi orqali davolashga sarflanadigan xarajatlarini 440 000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: zamburug‘li rinosinusitining turli shakllarida burun bo‘shlig‘ining shilliq qavatidan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri patologik markazdan material olishda mikologik tekshiruv natijalarining informativligiga asoslangan holda davo muolajalarini qo‘llash ortiqcha sarf – harajat davlat byudjetidan 440 000 so‘mgacha tejash imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: zamburug‘li rinosinusitining morfologik granulematoz va misetoma turlarida MSKTga hamda invaziv va allergik turlarida esa MRT tekshiruvi usullariga nisbatan ishonarli sezgirligi aniqlangan; olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi va Respublika ixtisoslashtirilgan sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali zamburug‘li RS turli morfologik ko‘rinishlarini MSKT va MRT tekshiruvlarining xos o‘zgarishlarni aniqlanishi orqali kasallikning diagnostikasi takomillashtirildi. Ilmiy yangilik iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali allergik zamburug‘li RSda burun va yondosh boshliqlari mikroflorasining tarkibining o‘ziga xosligini aniqlash va shu asosda davolash rejasini tuzish ortiqcha sarf-harajatni oldini oladi, bu esa o‘rtacha 800 000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: surunkali allergik zamburug‘li RS bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida tashxislash, davolash va boshqa kasalliklarni kelib chiqishi oldini olinadi va xarajatlarni 800 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
uchunchi ilmiy yangilik: organizm intoksikatsiyasi indeksining og‘ir darajasi zamburug‘li rinosinusitning invaziv va granulematoz morfologik turlarida uchrashi aniqlangan; olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi va Respublika ixtisoslashtirilgan sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: zamburug‘li rinosinusitining turli shakllarida organizm intoksikatsiyasi indeksi aniqlanganda, tashxislash takomillashtirish orqali bemorlarning hayot sifati oshishi va kasallikning asoratlanishi kamayishiga erishiladi. Ilmiy yangilik iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: zamburug‘li rinosinusit bilan og‘rigan bemorlarda organizm intoksikatsiyasi indeksi baholash kasallik kechimini va og‘irlik darajasini baholashga, bu o‘z navbatida kasallikning davolash samaradorligini oshirishga yordam beradi. Xulosa: zamburug‘li rinosinusit bilan og‘rigan bemorlarda organizm intoksikatsiyasi indeksi holati ko‘rsatkichlariga qarab, kasallik kechimini va og‘irlik darajasini kamaytirish xisobiga ortiqcha sarf-harajatni oldini oladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor jarrohlik amaliyotida (FESS) navigatsion tizimni qo‘llashni kiritish zamburug‘li rinosinusitning morfologik shakllarida (invaziv, granulematoz, misetoma, allergik) patologik jarayonni to‘liq qamrab olish hamda sog‘lom anatomik tuzilmalarni jarohatlanishini oldini olish imkoni berishi aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi va Respublika ixtisoslashtirilgan sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarda kasallikni davolashda navigatsiya tizimidan foydalangan holda FESS texnikasi kengaytirilib, otorinolaringolog shifokorlar uchun jarrohlik amaliyoti vaqtida patologik jarayonni aniqlash va bartaraf etishni engillashtirishga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: biz taklif qilgan davolash usul, bemorlarni erta muddatlarda davolash va profilaktika choralarini rejalashtirish imkonini berdi. Kompleks davolash usuliga joriy qilinishi hisobiga takroriy davolanish kamayishi natijasida bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 7 kundan 3 kunga (4 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1 750 000 so‘mdan 1 000 000 so‘mga kamaytirdi (TTAning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 250 000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining 10 kunga qisqartirilishi hisobiga 450 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); shifoxonada bo‘lish davrining 10 kunga qisqartirilishi hisobiga 117 ming so‘mlik bog‘lanmalar kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 39 000 so‘m bog‘lanmalar sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 9 000 000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: Zamburug‘li rinosinusit bo‘lgan bemorlarda yangi davolash usulini amaliyotga joriy qilinishi natijasida yil mobaynida takroriy davolanish soni kamayishi hisobiga 9 000 000 so‘m, shundan byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 8 550 000 so‘m va bemorning o‘z mablag‘laridan 450 000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.