Pulatova Viktoriya Iskanderovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy Britaniya adabiyotida antiutopiya janri tipologiyasi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1769.
Ilmiy rahbar: Nizamova Munira Nizamovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulugʻbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Lixodzievskiy Anatoliy Stepanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Pardaeva Zulfia Juraevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshidagi Britaniya adabiyotida antiutopiya janrining o‘ziga xos xususiyatini va shu asosda uning tipologik variantlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adabiy tushunchalarni tizimlashtirish asosida antiutopiyani quyidagicha ko‘rib chiqadigan asarlarni birlashtirgan tor (mikrodarajali) yondashuv: a) mustaqil janr; b) utopiya yoki ilmiy fantastika janr shakli (ikkilamchi janr/subjanr); v) adabiy vosita va keng (makrodarajali) yondashuv, shu jumladan antiutopiyani anti-janr sifatida yoki janr toifalariga qaramasdan belgilaydigan asarlar aniqlangan;
antiutopiya modelini tashkil etuvchi hokimiyat g‘oyasi, totalitar davlat/jamoat mavzusi, erkinlikni cheklash masalasi; motivlar majmuasi, shaxs va tizim ziddiyati kabi g‘oyaviy-tematik va formal-mazmunli belgilari isbotlangan;
janr poetikasini belgilaydigan zamonaviy antiutopiya romanlarining badiiy xususiyatlari, shu jumladan, matnlarda ikkinchi darajali va mazmunli vazifalarni bajaradigan, shuningdek, ularni janr paradigmasiga moslaydigan adabiy kodning o‘ziga xos o‘rni asoslangan;
XX asrning ikkinchi yarmi - XXI asr boshlaridagi britaniyalik yozuvchilar ijodida antiutopiya janrining tipologiyasi: 1) klassik matnlarni o‘ziga xos anglaydigan antiutopiyalar (Oruellning «1984» antiutopiya asari va Hakslining «Ajib yangi dunyo», «Ajib yangi dunyoga qaytish») - E. Byorjessning «1985» asari va J. Lavgrouvning «Kunlar» asari; 2) demografik antiutopiyalar - E. Byorjessning «Telba urug‘», F.D. Jeymsning «Inson bolasi»; 3) «post-insoniy antiutopiyalar» - D. Mitchellning «Bulut atlasi» romani, K. Isiguroning «Klara va Quyosh» romani; 4) kombinatsiyalashgan turi - B. Eltonning «Ojiz e’tiqod» antiutopiya asari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy Britaniya adabiyotida antiutopiya janri tipologiyasi mavzusidagi ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
adabiy tushunchalarni tizimlashtirish asosida antiutopiyani quyidagicha ko‘rib chiqadigan asarlarni birlashtirgan tor (mikrodarajali) yondashuv: a) mustaqil janr; b) utopiya yoki ilmiy fantastika janr shakli (ikkilamchi janr/subjanr); v) adabiy vosita va keng (makrodarajali) yondashuv, shu jumladan antiutopiyani anti-janr sifatida yoki janr toifalariga qaramasdan belgilaydigan asarlarga oid xulosalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2012-2013 yillarda bajarilgan Y-1-06-raqamli “Professional tarjimonlarni tayyorlashda sifat nazoratini tashkillashtirishga kompetent yondashuv” amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023 yil 4 dekabrdagi 04/11-8793-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot materiali o‘zbek yoki rus tillariga tarjima qilinmagan asarlarni hamda ingliz milliy adabiyoti va madaniyatining xususiyatlarini o‘rganishda amaliy yordam bergan;
antiutopiya modelini tashkil etuvchi hokimiyat g‘oyasi, totalitar davlat/jamoat mavzusi, erkinlikni cheklash masalasi; motivlar majmuasi, shaxs va tizim ziddiyati kabi g‘oyaviy-tematik va formal-mazmunli belgilarga oid xulosalardan «Jahon adabiyoti tarixi. XX asr» o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitetining 2023 yil 28 noyabrdagi 04/11-8581-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy mashg‘ulotlarda jahon adabiyotining asosiy badiiy matnlarini (jumladan, antiutopiyalarni) tahlil qilishda tipologik metoddan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, o‘quvchilarni zamonaviy adabiy jarayonda antiutopiya janrining xususiyatlari, o‘rni va roli bilan yaxshiroq tanishtirish imkonini berdi hamda ta’lim sifati va samaradorligining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi;
janr poetikasini belgilaydigan zamonaviy antiutopiya romanlarining (ayniqsa K. Isiguro antiutopiya romanlarining) badiiy xususiyatlari va ularning gumanistik konsepsiyalari o‘ziga xos o‘rniga oid xulosalardan «O‘zbekiston 24» radiokanalida «O‘zbekiston yoshlari» dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 2 noyabrdagi 03-09-587-son ma’lumotnomasi). Natijada yozuvchi romanlarining estetik va badiiy ahamiyati to‘g‘risidagi amaliy xulosalar radio dasturi materiallarini boyitishga xizmat qildi.