Iusupova Kandilatxanning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ernest Xeminguey asarlari ma’no va uslub xususiyatlarining tarjimadagi talqini muammolari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil1979.
Ilmiy rahbar: Isomutdinov Zuhridin Nizamutdinovich, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Saodat Ergashevna, filologiya fanlari doktori, professor; Ikromova Feruza Ikromxonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: A.Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ernest Xeminguey asarlarining ma’no xususiyatlari va ularning tarjimadagi talqini muammolarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
E.Xeminguey asarlari mazmunini talqin qilishning boshqa tillarga xos unsurlarni chiqarib tashlash, muallif nutqining badiiy matnda ishtirok etmasligi, personajlarning o‘z-o‘ziga g‘olibona baho berishi, o‘xshash psixologizmlarni yuzaga keltiruvchi muayyan ekvivalentlarni izlash kabi muammolari hamda tarjima matnidagi xronologik adaptatsiyani boy berish, asar milliy-madaniy jihatlarini adaptatsiyalash, shakl bilan mazmunning hamisha mutanosib kelishi tarjimaning adekvatligiga ta’sir qilishi dalillangan;
Ernest Xemingueyning adabiy merosiga oid tanqidiy va tahliliy adabiyotlar tadqiqi natijasida muallifning ijodiy o‘ziga xosligi, uning asarlari doirasida adabiy-estetik jihatdan yoritilgan, dunyo adabiyotshunoslarining yirik tadqiqotlarida yozuvchi asarlarining keng muhokama qilingani keltirilgan; aksar asarlari yozuvchining biografik asarlari sifatida baholanganligi isbotlangan;
yozuvchining roman va hikoyalari tarjimasida yozuvchi uslubining qay darajada saqlab qolinganligi, ularning o‘ziga xos badiiy-tipologik xususiyatlari, janrlarning adabiy uzviyligi va E.Xeminguey ijodining turli bosqichlarida falsafiy-estetik qarashlarida, asarlarining o‘zbek tilidagi tarjimalarida ham o‘z aksini topganligi asoslangan;
adib asarlarini tarjima qilish muammolari asosida asarning yaratilish tarixi; qahramon psixologik holatlarini verballashtiradigan lisoniy vositalarni aniqlash; asarning uslubiy salohiyatini baholash nuqtai nazaridan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi jahon adabiyotshunosligida kechayotgan jarayonlarni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
E.Xeminguey asarlari mazmunini talqin qilishning boshqa tillarga xos unsurlarni chiqarib tashlash, muallif nutqining badiiy matnda ishtirok etmasligi, personajlarning o‘z-o‘ziga g‘olibona baho berishi, o‘xshash psixologizmlarni yuzaga keltiruvchi muayyan ekvivalentlarni izlash kabi muammolari hamda tarjima matnidagi xronologik adaptatsiyani boy berish, asar milliy-madaniy jihatlarini adaptatsiyalash, shakl bilan mazmunning hamisha mutanosib kelishi tarjimaning adekvatligiga ta’sir qilishi dalillanganligiga oid xulosalardan 2017-2020 yillarda Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (O‘zRFA QB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 16 maydagi 38-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida ushbu ishning natijalari bilan yuksak tarjima san’ati to‘g‘risidagi bilim hamda xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash kabi ezgu maqsadlarga erishilgan;
Ernest Xemingueyning adabiy merosiga oid tanqidiy va tahliliy adabiyotlar tadqiqi natijasida muallifning ijodiy o‘ziga xosligi atroflicha yoritib berilgan, dunyo adabiyotshunoslarining yirik tadqiqotlarida yozuvchi asarlarining keng muhokama qilingani keltirilgan; aksar asarlari yozuvchining biografik asarlari sifatida baholanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Jahon adabiyoti” jurnalining ilmiy seminari va yillik hisobotlarida foydalanilgan (“Jahon adabiyoti” jurnalining 2022 yil 15 dekabrdagi 62-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida chop etiladigan “Jahon adabiyoti” jurnalida E.Xemingueyning “Borlik va yo‘qlik” romani tarjimasi chop etildi hamda asarning tili va uslubi, kompozisiyasi murakkab bo‘lgan mazkur roman tarjimasi o‘zbek kitobxonlari tomonidan katta tahsinga sazovor bo‘lganligi tufayli qo‘yilgan maqsadga erishilgan;
adib asarlarini tarjima qilish muammolari asosida asarning yaratilish tarixi; qahramon psixologik holatlarini verballashtiradigan lisoniy vositalarni aniqlash; asarning uslubiy salohiyatini baholash nuqtai nazaridan tavsiyalar ishlab chiqilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston-Qirg‘iziston Do‘stlik jamiyati 60-01/108 “O‘zbekiston-Qirg‘iziston” do‘stlik jamiyatini rivojlantirish, badiiy tarjimachilikni taraqqiy ettirish doirasidagi “So‘z qismati” kitobini tayyorlab nashr etish” nomli loyihasida foydalanilgan (“O‘zbekiston-Qirg‘iziston” do‘stlik jamiyatining 2023 yil 28 martdagi 8-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot natijalari xorijiy tillardan o‘zbek tiliga tarjimada tilning milliy xususiyatlarini saqlab qolish nuqtayi nazaridan mazkur loyihada foydalanilganligi uchun xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni saqlash maqsadiga erishilgan.
yozuvchining roman va hikoyalari tarjimasida yozuvchi uslubining qay darajada saqlab qolinganligi, ularning o‘ziga xos badiiy-tipologik xususiyatlari, janrlarning adabiy uzviyligi va E.Xeminguey ijodining turli bosqichlarida falsafiy-estetik qarashlarida, asarlarining o‘zbek tilidagi tarjimalarida ham o‘z aksini topganligiga oid xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalidagi “Taqdimot” ko‘rsatuvining bir qator sonlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali 2022-yil 22-dekabrdagi 06-28-1803-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz aholisini Ernest Xeminguey asarlari bilan chuqurroq tanishtirish, ularda tarannum etilgan umuminsoniy tuyg‘ularni targ‘ib etish maqsadiga erishilgan.