Mansurov Artyom Furkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Chet el ta’minlash choralarini tan olish va ijroga qaratish”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu475.
Ilmiy rahbar: Samarxodjaev Botir Bilyalovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, PhD.37/27.12.2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Otaxonov Foziljon Xaydarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Ubaydullaev Ziyodulla Zagdullaevich, yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi ta’milash choralarining huquqiy asoslarini belgilash, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida chet el ta’minlash choralarini tan olish va ijroga qaratish uchun huquqni qo‘llash amaliyoti va tartibini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arbitraj sudi tomonidan belgilangan ta’minlash chorasi majburiy kuchga ega deb tan olinishi, agar arbitraj sudi tomonidan boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, amaldagi qonunchilik qoidalariga rioya etilgan taqdirda, arbitraj joyidan qat’i nazar, sudga murojaat etish orqali ijroga qaratilishi mumkinligi asoslab berilgan;
o‘zidan ta’minlash chorasini tan olish yoki ijroga qaratish so‘ralayotgan sud bu ajrimni chiqarishda ta’minlash chorasining mazmunini ko‘rib chiqishni amalga oshirmasligi asoslantirilgan;
sud O‘zbekiston Respublikasining protsessual qonunchiligiga muvofiq va xalqaro arbitrajning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda arbitraj joyidan qat’i nazar arbitraj muhokamasi munosabati bilan ta’minlash choralarini belgilash vakolatiga egaligi asoslantirilgan; 
hal qiluv qarori o‘ziga qarshi qabul qilingan taraf arbitr tayinlanganligi yoki arbitraj muhokamasi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligi yoxud boshqa sabablarga ko‘ra o‘z vajlarini bera olmaganligi dalilini rad etilishi mumkinligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
arbitraj sudi tomonidan belgilangan ta’minlash chorasi majburiy kuchga ega deb tan olinadi va agar arbitraj sudi tomonidan boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, amaldagi qonunchilik qoidalariga rioya etilgan taqdirda, arbitraj joyidan qat’i nazar, sudga murojaat etish orqali ijroga qaratilishga oid norma O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 6-fevraldagi “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘RQ-674-sonli Qonuni 30-moddasining birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 4-noyabrdagi 04/2-10/5239-son dalolatnomasi). Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasida arbitraj hujjatlarini tan olish va ijroga qaratish imkonini bergan;
o‘zidan ta’minlash chorasini tan olish yoki ijroga qaratish so‘ralayotgan sud bu ajrimni chiqarishda ta’minlash chorasining mazmunini ko‘rib chiqishni amalga oshirmasligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-fevraldagi “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘RQ-674-sonli Qonuni 31-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 4-noyabrdagi 04/2-10/5239-son dalolatnomasi). Mazkur taklif sud tomonidan ta’minlash chorasini tan olish yoki ijroga qaratishga oid mexanizmlarini takomillashtirish, ta’minlash chorasining mazmunan ko‘rib chiqilmasligiga oid tartibni belgilashga xizmat qilgan.
sud O‘zbekiston Respublikasining protsessual qonunchiligiga muvofiq va xalqaro arbitrajning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda arbitraj joyidan qat’i nazar arbitraj muhokamasi munosabati bilan ta’minlash choralarini belgilash vakolatiga egaligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-fevraldagi “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘RQ-674-sonli Qonunining 32-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 4-noyabrdagi 04/2-10/5239-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi ushbu toifadagi nizolarni ko‘rib chiqish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
hal qiluv qarori o‘ziga qarshi qabul qilingan taraf arbitr tayinlanganligi yoki arbitraj muhokamasi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligi yoxud boshqa sabablarga ko‘ra o‘z vajlarini bera olmaganligi dalilini taqdim esa, arbitrajning hal qiluv qarori rad etilishiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-fevraldagi “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘RQ-674-sonli Qonunining 52-moddasi birinchi bandining uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 4-noyabrdagi 04/2-10/5239-son dalolatnomasi). Ushbu taklif ta’minlash choralari to‘g‘risida qaror qabul qilish muddatlarini qisqartirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish