Mamadaliev Avvolbek Ziyoitdinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Kompleks tadbirkorlik lisenziyasi (franshizing) shartnomasini fuqarolik-huquqiy tartibga solish masalalari”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Yu864.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sindarov Komil Oydinovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, B2021.1.PhD/Yu473.
Rasmiy opponentlar: Madumarov Talant Tolibjonovich, yuridik fanlar doktori, professor; Mexmonov Qambariddin Miradxamovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.    
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi kompleks tadbirkorlik lisenziyasi shartnomasining fuqarolik-huquqiy maqomi masalalari bilan bogʻliq ilmiy-nazariy va amaliy muammolarni aniqlash hamda qonunchilikni takomillashtirishga doir taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
franshizing shartnomasidagi tegishli eksklyuziv shartlar bozorning holatiga va taraflarning iqtisodiy mavqeyiga ta’sir etgan holda raqobat qonunchiligiga zid bo‘lsa, bunday shartlar raqobatga qarshi organ yoki boshqa manfaatdor shaxslarning da’vosiga asosan haqiqiy emas deb topilishi asoslantirilgan;
xorijiy davlat yuridik shaxsining firma nomiga nisbatan huquqi mazkur yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tgan mamlakat qonunchiligida belgilangan hujjatga asosan tasdiqlanishi asoslantirilgan;
firma nomidan qonunga zid foydalanishdan himoya qilish qonunchilikka muvofiq boshqacha usullar, xususan ushbu tanlangan usullar qonunchilik bilan ta’qiqlanmagan, uchinchi shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini kamsitmaydigan, cheklamaydigan yoki boshqacha usullar bilan buzmaydigan shartlarga ko‘ra amalga oshirilishi mumkinligi asoslantirilgan;
tijorat sirining mulkdori qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkinligi, bunda mazkur huquqlarni amalga oshirish doirasi va chegarasini mulkdorning o‘zi belgilashi mumkinligi asoslantirilgan;
qonunchilikka yoki shartnomaga muvofiq boshqa holatlar ham, xususan tijorat siri egasining huquq va manfaatlarini kamsitadigan, xodimning tijorat siridan shartnomada belgilangan shartlarga nomuvofiq holatlarda foydalanayotgan va shu orqali mazkur tijorat sirining oshkor bo’lish xavfini keltirib chiqaradigan harakatlari (yoki harakatsizligi) mazkur xodimga nisbatan mehnat munosabatlari jarayonida tijorat siridan foydalanishni bekor qilish uchun asos bo‘lishi mumkinligi asoslantirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
franshizing shartnomasidagi tegishli eksklyuziv shartlar bozorning holatiga va taraflarning iqtisodiy mavqeyiga ta’sir etgan holda raqobat qonunchiligiga zid bo‘lsa, bunday shartlar raqobatga qarshi organ yoki boshqa manfaatdor shaxslarning da’vosiga asosan haqiqiy emas deb topilishiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 868-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 28 sentyabrdagi 73-son dalolatnomasi). Mazkur taklif franshizing shartnomasi bo‘yicha lisenziar tomonidan lisenziatga nisbatan ish muomalasi va bozor talablariga zid keladigan talablarini qo‘yishdan saqlash va raqobatga asoslangan bozor muhitini shakllantirishga xizmat qilgan;  
xorijiy davlat yuridik shaxsining firma nomiga nisbatan huquqi mazkur yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tgan mamlakat qonunchiligida belgilangan hujjatga asosan tasdiqlanishiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi “Firma nomlari to‘gʻrisida”gi Qonunning 6-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 28 sentyabrdagi 73-son dalolatnomasi). Mazkur taklif xorijiy subektlarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda o‘ziga tegishli firma nomlarini qayta rasmiylashtirish bilan bogʻliq to‘siqlarni bartaraf etishga xizmat qilgan;
firma nomidan qonunga zid foydalanishdan himoya qilish qonunchilikka muvofiq boshqacha usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkinligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi “Firma nomlari to‘gʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 28 sentyabrdagi 73-son dalolatnomasi). Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 11-moddasi mazmunidan kelib chiqqan holda mutlaq huquq egasiga firma nomiga nisbatan o‘z huquqlarini qonunchilik va ish muomalasi odatlaridan chiqib ketmagan holda himoya qilishga xizmat qilgan;
tijorat sirining mulkdori qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkinligiga qaratilgan taklifdan O‘zbekiston Respublikasi “Tijorat siri to‘gʻrisida”gi Qonunning 6-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 28 sentyabrdagi 73-son dalolatnomasi). Mazkur taklif  tijorat sirining egasi nafaqat tijorat siriga, balki shaxsiylashtirishning boshqa vositalariga nisbatan ham mutlaq huquqlarni olishi va uni amalga oshirishga xizmat qilgan;
qonunchilikka yoki shartnomaga muvofiq boshqa holatlar ham mehnat munosabatlari jarayonida tijorat siridan foydalanishni bekor qilish uchun asos bo‘lishi mumkinligiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi “Tijorat siri to‘gʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 28 sentyabrdagi 73-son dalolatnomasi). Mazkur taklif tijorat siri egasiga tijorat siridan foydalanish vakolatiga ega bo‘lgan shaxslarga undan foydalanish huquqini cheklashga qaratilgan vakolatlarni amalga oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish