Eshimbetova Darmon Urazbaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Korporativ munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal qilish masalalari”, 12.00.04 – Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu484.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Djoldasova Saxipjamal Djalg‘asovna,  yuridik fanlar doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, PhD.37/27.02.2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich, yuridik fanlar doktori, professor; Olimova Kamila Kamalitdinovna, yuridik fanlar nomzodi.    
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi korporativ munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni sudda ko‘rish va hal qilishga doir qonunchilikni takomillashtirishga oid ilmiy-nazariy xulosalar, amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talab sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda iqtisodiy sudga taqdim etilgan taqdirda, da’vo arizasi (ariza) taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki ma’muriy sudga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazish zarurligi, agar da’vo arizasi (ariza) sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi ishni ko‘rib chiqish jarayonida aniqlansa, iqtisodiy sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki ma’muriy sudga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazish va iqtisodiy sud ishini yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqarishi asoslantirilgan;
iqtisodiy suddan taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazilgan da’vo arizasi (ariza), ish materiallari sudlar tizimida arizalarni sudga taalluqliligidan qat’iy nazar, qabul qilish va vakolatli sudga yuborish hamda muayyan ish doirasida barcha huquqiy oqibatlarni hal qilishni ta’minlash zarurati sababli o‘ziga o‘tkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi asoslantirilgan;
sudga taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha suddan yoki ma’muriy suddan da’vo arizasi (ariza) yoki ish materiallari kelib tushganda sudya da’vo arizasi (ariza) IPKning 149, 150 va 151-moddalarida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay da’vogarni (arizachini) kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risida xabardor qilishi va unga buning uchun o‘n kundan oshmaydigan muddat berishi asoslantirilgan;
ishtirokchining jamiyatdan chiqishi haqidagi ishlarni sudda ko‘rishda ustav fondidagi ulushni oluvchi foydasiga ulushdan voz kechilganligini tasdiqlovchi hujjatni talab qilib olinishi, shuningdek jamiyatning ustav fondidagi ulushi ochiq kimoshdi savdosi orqali sotilganligi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda kimoshdi savdosi natijalari haqidagi bayonnoma talab qilib olinishi zarurligi asoslantirilgan;
jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilish qarori bitim hisoblanmasligi sababli umumiy yig‘ilish qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining bitimlarga oid normalarni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmasligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
talab sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda iqtisodiy sudga taqdim etilgan taqdirda, da’vo arizasi (ariza) taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki ma’muriy sudga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazish zarurligi, agar da’vo arizasi (ariza) sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi ishni ko‘rib chiqish jarayonida aniqlansa, iqtisodiy sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki ma’muriy sudga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazish va iqtisodiy sud ishini yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqarishiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasining 2-bandi bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual  kodeksi 311-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023-yil 26-iyuldagi 04/2-10/2831-son dalolatnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil  27-iyuldagi 08/567-23-son dalolatnomasi). Mazkur taklif sudlar tizimida arizalarni sudga taalluqliligidan qat’iy nazar, qabul qilish va vakolatli sudga yuborish hamda muayyan ish doirasida barcha huquqiy oqibatlarni hal qilishni ta’minlash tizimini joriy etishga xizmat qilgan;
iqtisodiy suddan taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazilgan da’vo arizasi (ariza), ish materiallari o‘ziga o‘tkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasining 2-bandi bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual  kodeksi 311-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023-yil 26-iyuldagi 04/2-10/2831-son dalolatnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 27-iyuldagi 08/567-23-son dalolatnomasi). Mazkur taklif sudlar tizimida arizalarni sudga taalluqliligidan qat’iy nazar, qabul qilish va vakolatli sudga yuborish hamda muayyan ish doirasida barcha huquqiy oqibatlarni hal qilishni ta’minlash tizimini joriy etishga xizmat qilgan;
sudga taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha suddan yoki ma’muriy suddan da’vo arizasi (ariza) yoki ish materiallari kelib tushganda sudya da’vo arizasi (ariza) IPKning 149, 150 va 151-moddalarida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay da’vogarni (arizachini) kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risida xabardor qilishi va unga buning uchun o‘n kundan oshmaydigan muddat berishiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasining 4-bandi bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 152-moddasini yangi tahrirda ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023-yil 26-iyuldagi 04/2-10/2831-son dalolatnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 27-iyuldagi 08/567-23-son dalolatnomasi). Mazkur taklif sudlar tizimida arizalarni sudga taalluqliligidan qatʼiy nazar, qabul qilish va vakolatli sudga yuborish hamda muayyan ish doirasida barcha huquqiy oqibatlarni hal qilishni ta’minlash tizimini joriy etishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 262-sonli Qarori muqaddimasidagi “ishtirokchilar o‘rtasida, ishtirokchilar bilan xo‘jalik shirkati o‘rtasida, shu jumladan aksiyadorlar o‘rtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida xo‘jalik shirkati faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarni” degan so‘zlarni “korporativ nizolarni” degan so‘zlar bilan almashtirishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarorining 8-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 5-iyuldagi 08/500-23-son dalolatnomasi). Mazkur taklif korporativ munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni sudda ko‘rishda “korporativ nizo” huquqiy atamasini bir xilda qo‘llashga xizmat qilgan; 
ishtirokchining jamiyatdan chiqishi haqidagi ishlarni sudda ko‘rishda ustav fondidagi ulushni oluvchi foydasiga ulushdan voz kechilganligini tasdiqlovchi hujjatni talab qilib olish, shuningdek jamiyatning ustav fondidagi ulushni ochiq kimoshdi savdosi orqali sotilganligi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda kimoshdi savdosi natijalari haqidagi bayonnoma talab qilib olinishi zarurligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarorining 8-bandi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli qarori 4-bandining beshinchi-oltinchi xatboshilarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 5-iyuldagi 08/500-23-son dalolatnomasi). Mazkur taklif ishtirokchining jamiyat chiqish haqidagi ishlarni sudda ko‘rishda zarur dallilarni aniqlashga xizmat qilgan; 
jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilish qarori bitim hisoblanmasligi sababli umumiy yig‘ilish qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining bitimlarga oid normalarni qo‘llashga yoʼl qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarorining 8-bandi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli qarori 14.2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 5-iyuldagi 08/500-23-son dalolatnomasi). Mazkur taklif jamiyat boshqaruv organlari qarorlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishlarni hal qilishda moddiy huquq normalarini to‘g‘ri qo‘llash orqali qonuniy va asoslantirilgan qarorlar qabul qilinishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish