Sagatov  Ibrohim  Raufovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Professional ta’lim muassalarida integrativ-modulli yondashuv asosida maxsus fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish (“Farmasevtika ishini tashkil qilish va boshqarish” maxsus fani misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped2136.
Ilmiy rahbar: Abdunazarova Nargiza Fatxullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: To‘raqulov Olim Xolbo‘taevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Sharipova Dilyara Jumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi professional  ta’lim  muassasalarida  maxsus  fanlarni o‘qitish  metodikasini  integrativ-modulli  yondashuv  asosida  takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’lim muassasalarida maxsus fanlarni integrativ-modulli yondashuv asosida o‘qitishning pedagogik shart-sharoitlari maxsus fanlarni o‘qitish mazmunini kasbiy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, murakkab kasbiy ko‘nikma va malakalarni ierarxik tarzda o‘zlashtirish tizimini ishlab chiqish, o‘quvchilar o‘zlashtirishini muntazam va tizimli nazorat qilishni ta’minlash hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlarini joriy etish imkoniyatini yaratish asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim muassasalarida “Farmasevtika ishini tashkil qilish va boshqarish” maxsus fanini o‘qitish mazmuni va tarkibiy elementlari bo‘lajak mutaxassisning kasbiy faoliyati asosida modul bloklarini ajratish, maxsus fanlarning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash hamda o‘rgatuvchi modullarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim muassasalarida maxsus fanlarni o‘qitishning modulli texnologiyasi “Mehnat malakalari moduli” (MMM) Evropa konsepsiyasiga muvofiq “Farmatsiya” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar kasbiy faoliyatini tahlil qilish asosida o‘qitish mazminini tanlab olish (mazmun darajasi) hamda individual traektoriyali blok-modulli o‘qitish texnologiyasini ishlab chiqish (texnologik daraja) asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim muassasalarida maxsus fanlarni o‘qitishni baholash metodikasi modul bloklari bo‘yicha ierarxik o‘zlashtirishga asoslangan ishlab chiqarish topshiriqlarini hamda bo‘lajak mutaxassisning kasbiy tayyorgarlik daragasini belgilovchi malaka sinovlarini joriy etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Professional ta’lim muassasalarida integrativ-modulli yondashuv asosida maxsus fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida: 
professional ta’lim muassasalarida maxsus fanlarni integrativ-modulli yondashuv asosida o‘qitishning pedagogik shart-sharoitlari maxsus fanlarni o‘qitish mazmunini kasbiy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, murakkab kasbiy ko‘nikma va malakalarni ierarxik tarzda o‘zlashtirish tizimini ishlab chiqish, o‘quvchilar o‘zlashtirishini muntazam va tizimli nazorat qilishni ta’minlash hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlarini joriy etish imkoniyatini yaratish asosida takomillashtirishga oid takliflari respublikadagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarida “Farmatsiya” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv ta’minotini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 6 iyundagi 4/17-6/1-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiya va takliflar professional ta’lim muassasalarida “Farmatsiya” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qilgan;
professional ta’lim muassasalarida “Farmasevtika ishini tashkil qilish va boshqarish” maxsus fanini o‘qitish mazmuni va tarkibiy elementlari bo‘lajak mutaxassisning kasbiy faoliyati asosida modul bloklarini ajratish, maxsus fanlarning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash va o‘rgatuvchi modullarni ishlab chiqish asosida takomillashtirishga hamda professional ta’lim muassasalarida maxsus fanlarni o‘qitishning modulli texnologiyasini “Mehnat malakalari moduli” (MMM) Evropa konsepsiyasiga muvofiq takomillashtirishga oid takliflari respublikadagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarida “Farmasevtika ishini tashkil qilish va boshqarish” o‘quv moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 6 iyundagi 4/17-6/1-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv moduli maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida talabalarning kasbiy ko‘nikma va malakalarining shakllanganlik darajasini oshirishga xizmat qilgan;
professional ta’lim muassasalarida maxsus fanlarni o‘qitishni baholash metodikasi modul bloklari bo‘yicha ierarxik o‘zlashtirishga asoslangan ishlab chiqarish topshiriqlarini hamda bo‘lajak mutaxassisning kasbiy tayyorgarlik daragasini belgilovchi malaka sinovlarini joriy etish asosida takomillashtishga oid taklif va tavsiyalaridan respublikadagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarida “Farmatsiya” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda maxsus fanlarni o‘qitish natijalarini baholash va monmitoring qilish jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 6 iyundagi 4/17-6/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, professional ta’lim muassasalarida “Farmatsiya” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni o‘qitish jarayonida kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini samarali shakllantirish tizimi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish