Komilova Nodira Abdurahmon qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Zamonaviy didaktik vositalar asosida talabalarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi” 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4255.
Ilmiy rahbar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01. 
Rasmiy opponentlar: Ismoilova Zuhra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; G‘afforov Feruz Hasanovich, pedagogika fanlari doktori (DSc). 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi zamonaviy didaktik vositalardan foydalanib talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida talabalarning divergent, fazoviy va texnik fikrlash kabi kasbiy kompetensiyalarini rivoglantirishda tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablarga tashxislash va novatorlikka oid kasbga yo‘naltirilgan masalalar va kuzatuvchanlik, texnik taffakur, texnikani boshqarish bo‘yicha dasturiy vositalarni kiritish orqali o‘qitishning didaktik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash modeli komponentlari talabalarning kasbiy faoliyatga oid kompetensiya sifatlarini hamda mutaxassislikka oid kreativligini oshirishga qaratilgan dasturiy ta’lim vositalarining didaktik, o‘quv metodik, vizuallik, diagnostik, intellektual imkoniyatlari va innovatsion o‘qitish metodlarini modelning raqamli-texnologik-jarayoniy bloki mazmuniga singdirish orqali takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi termodinamik hodisa va jarayonlarni fizik eksperimentdan o‘tkazishda imitatsion va sxematik modellashtirishga mo‘ljallangam raqamli va amaliy dasturiy ta’minotga ustuvorlik berish hamda zamonaviy didaktik vositalardan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan dars ssenariylarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida kasbiy fanlardan talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etishga mo‘ljallangan dasturiy ta’lim vositalarini laboratoriya mashg‘ulotlarida fizik eksperimentlar o‘tkazishga doir motivatsion, kamunikativlik, intelektuallik va axborotlilikka asoslangan modelining samaradorligini sub’ektlararo o‘zaro ta’sirning mantiqiy-tartiblashgan tizimida kasbiy kompetentlikni baholashning motivatsion, faoliyatli va kreativ mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida didaktik ta’lim vositasida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida talabalarning divergent, fazoviy va texnik fikrlash kabi kasbiy kompetensiyalarini rivoglantirishda tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablarga tashxislash va novatorlikka oid kasbga yo‘naltirilgan masalalar va kuzatuvchanlik, texnik taffakur, texnikani boshqarish bo‘yicha dasturiy vositalarni kiritish orqali o‘qitishning didaktik imkoniyatlari aniqlashga oid takliflardan Jizzax politexnika instituti ilmiy tadqiqot rejasining OT-F1-049 raqamli “Talabalarga assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” (2017-2021 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Jizzax politexnika instituti tomonidan berilgan 2024 yil 23 apreldagi  02-842-833-son ma’lumotnoma). Natijada ushbu taklif texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida kasbiy faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; 
bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash modeli komponentlari mazmuniga talabalarning kasbiy faoliyatga oid kompetensiya sifatlarini hamda mutaxassislikka oid kreativligini oshirishga qaratilgan dasturiy ta’lim vositalarining didaktik, o‘quv metodik, vizuallik, diagnostik, intellektual imkoniyatlari va innovatsion o‘qitish metodlarini modelning raqamli-texnologik-jarayoniy bloki mazmuniga singdirish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar va takliflar esa Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining “AIF 1/4 – Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” (2019-2021 yy.) mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihasi doirasida bajarilgan (Jizzax politexnika instituti tomonidan berilgan 2024 yil 23 apreldagi 02-842-834-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu loyiha doirasida ishlab chiqilgan zamonaviy didaktik o‘quv vositalari bo‘lajak muhandislarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilgan; 
texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, kasbiy fanlardan talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etishga mo‘ljallangan dasturiy ta’lim vositalarini laboratoriya mashg‘ulotlarida fizik eksperimentlar o‘tkazishga doir motivatsion, kamunikativlik, intelektuallik va axborotlilikka asoslangan modelining samaradorligini sub’ektlararo o‘zaro ta’sirning mantiqiy-tartiblashgan tizimida kasbiy kompetentlikni baholashning motivatsion, faoliyatli va kreativ mezonlari ishlab chiqishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar “Termodinamika va issiqlik texnikasi” fani bo‘yicha elektron o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 20-yanvar 89-05-06-son ma’lumotnoma). Mazkur taklif va tavsiyalar talabalarning mustaqil ta’limiy faoliyatining rivojlantirishga, bo‘lajak muhandislardan tayanch texnik kompetensiyalarni rivojlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish