Matyakupov Sadulla Gaipovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Hozirgi o‘zbek she’riyatida dialog va uning funksiyasi”, 10.00.07 – Adabiyot nazariyasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Fil234.
Ilmiy maslahatchining familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Pardaeva Zulfiya Jo‘raevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Boltaboev Hamidulla Ubaydullaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Miliev Suvon, filologiya fanlari doktori; Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi dialog nazariyasini mustaqil subektlararo munosabat tarzida o‘rganish, mazkur estetik, poetik hodisa lirik janrlarda ham nutqiy kommunikatsiyaning turli shakl va usullarini hosil qilgan holda matn nutqiy jarayonlarida asosiy o‘rin tutishini nazariy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dialogning ilk bosqichlarda ijtimoiy mohiyat kasb etgani ochib berilib, uning nazariy asoslari, o‘rganilish tarixi, adabiy asar, xususan, she’riyatdagi badiiy vazifasi, matn strukturasidagi ahamiyati nazariy asoslangan;
mumtoz lirik, epik va zamonaviy o‘zbek she’riyatida badiiy nutqning dialogik talqini, stilistikasi, kompozision o‘ziga xosliklari, she’riy nutq hosil qiluvchi vositalar hamda ularning poetik tafakkurdagi muhim o‘rni aniqlangan;
she’riy dialogda muallif, lirik qahramon va o‘quvchi aloqasi, tafakkur dialogizatsiyasida “o‘z” va “o‘zga” ovozi, ritorik munosabat va murojaat, ruhiyat taftishi hamda tasdiq – inkor – tasdiq bog‘lami holatga mos nutq uyg‘unligidan iborat bo‘lishi ochib berilgan;
lirikada monolog hamda dialog orasida mustahkam rishta mavjud bo‘lib adresat – adresant aloqasi bir-birini to‘ldirishi va ushbu jarayonda tahlil malakasi grafik belgi, tovush, ovoz va ifoda reaksiyasiga yo‘naltirilgan holda muloqot tabiati dialogik vaziyatni voqelikka aylantirishi ochib berilgan;
she’riy nutqda so‘zlashuvning javob talab etadigan yoki badiiy tugalligini anglatadigan omillar, tasvir ruhiyati va ruhiyat tasviri aloqasi hamda dialogizm muammosi, dialog va monolog vazifadoshligi ko‘rsatilgan;
dialogik talqinda nutqiy malaka va rivoya usuli yaxlitligi, tasvir hamda tasavvur muqobilligi badiiy muloqotni vujudga keltirishi, lirik ifoda subekti va poetik tasvir obekti uyg‘unligi, ijodkor individualligi masalalari nazariy dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi o‘zbek she’riyatida dialog va uning funksiyasi muammosi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek she’riyatida nutq shakllaridan foydalanish tizimiga oid ma’lumotlarni tadqiq etish bilan bog‘liq xulosalardan O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan F1-FA-0-43429 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” (2012-2016) fundamental loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 26-sentyabrdagi 363/1- ma’lumotnomasi). Natijada, yangi davr o‘zbek lirikasi poetikasini nazariy aspektda tadqiq qilishga manba sifatida asos bo‘lgan;
hozirgi o‘zbek she’riyatida dialog tiplari badiiy funksiyasi, ularning ahamiyati tadqiq qilinishi bilan bog‘liq xulosalardan O‘zR Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Nukus davlat pedagogika instituti tomonidan 2021-yil 10-mayda tuzilgan 78/14-sonli shartnomaga muvofiq 2021-2022-yillarda bajarilgan “Tayyor ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va tadqiqot ishlarini bajarish” bo‘yicha “O‘zbek tili (Davlat tili) fanidan adabiy o‘qishni tashkil etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish (umumta’lim maktablarining 10-11-sinflar darsligi asosida)” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Nukus davlat pedagogika institutining 2022-yil 23-sentyabrdagi 01-02-20/1658-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot xulosalari she’riy asarlarning o‘ziga xos xususiyatlari, temp va ritm, pauza va uning turlari kabi masalalar yuzasidan nazariy bilimlar berishga xizmat qilgan;
lirikada badiiy nutq, lirik va dramatik tasvir uyg‘unligi, ifoda shakllanishida muallif va qahramon nutqi integratsiyasi, shakl va mazmun vazifadoshligi kabi nazariy masalalar tahlilidan Qozon federal universiteti huzuridagi Filologiya va madaniyatlararo aloqalar institutida foydalanilgan (Qozon federal universiteti huzuridagi Filologiya va madaniyatlararo aloqalar institutining 2023-yil 10-maydagi 0.1.2.10.1.01-09/622/2023-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba va tinglovchilarda badiiy asarlarni tahlil qilish, adabiy-nazariy tushunchalar va ularni o‘rgatish yuzasidan ko‘nikmalarning shakllanishiga, lirik asarlarda dialoglarning qo‘llanilishi, adabiyotshunoslikda o‘rganilishi xususida nazariy bilimlarining takomillashishiga xizmat qilgan;
lirikada badiiy muloqotni amalga oshirish omillari, ijodiy individuallikning dialogda aks etishi kabi nazariy masalalar tahlillaridan Turkiya Respublikasi Ankara universiteti “Zamonaviy turkiy tillar va adabiyotlar bo‘limi”da keng foydalanilgan, shuningdek, tadqiqotchining “She’riyatda dialog yaratish mahorati” (“Şiirde diyalog oluşturma becerisi”, “Forms of Dialogue and Artistic Expression in Modern Uzbek Poetry”, “Dialogical interpretation in modern uzbek poetry” kabi ilmiy maqola va tezislaridan “Çağdaş Özbek Edebiyatı”, “Çağdaş Özbek Edebiyatı: Şiir” fanlaridan bakalavr va magistrantlarga tashkil etiladigan dars mashg‘ulotlarida qo‘llanilgan (Ankara universiteti “Zamonaviy turkiy tillar va adabiyotlar bo‘limi” boshlig‘ining 2023-yil 24-apreldagi TR-06100 Sıhhie-Ankara ma’lumotnomasi). Natijada, turk talabalarining o‘zbek she’riyatini tahlil qilish malakasining shakllanishi, she’r mohiyatini anglashda nazariy bilimlarining mustahkamlanishiga erishilgan;
zamonaviy o‘zbek she’riyatida dialog bilan bog‘liq bo‘lgan xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” telekanalining “Mahalla tongi” dasturi, (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” telekanalining 2022-yil 16-sentyabrdagi 01-12-635-sonli ma’lumotnomasi); Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasida “Adabiyot va davr”, “So‘nmas yulduzlar”, “Adabiy portret”, “Yoshlar uchun”, “Assalom, Qoraqalpog‘iston”, “Tarixiy shaxslar”, “Xalq durdonasidan” kabi ko‘rsatuv va eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2022-yil 19-oktyabrdagi 05-22/602-ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv va eshittirishlar ilmiy-ommabopligi ta’minlangan hamda yangi manbalar bilan boyitilgan.