Mamiraliev Quvonch Qurvonboy o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Istiqlol davri o‘zbek she’riyatida janrlar modifikatsiyasi”, 10.00.07 – Adabiyot nazariyasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil.1883.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019. Fil.46.01. 
Rasmiy opponentlar: Miliev Suvon, filologiya fanlari doktori, professor; Afoqova  Nodira  Maxmudovna, filologiya fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi istiqlol davri o‘zbek she’riyatining yangilanish tamoyillari, lirikada shakl va mazmun uyg‘unligi, globallashuv jarayoni va olam hodisalariga ongli yondashuv, ijodkor tafakkuridagi o‘zgarishlar, falsafiy mushohada va o‘quvchida bashariyatga daxldorlik hissini uyg‘otish mas’uliyati o‘laroq ijod etilgan yangi she’riy shakllar va janrlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
istiqlol davri o‘zbek she’riyatida lirik janrlarning yangilanish tamoyillari va tadrijiy takomili, g‘arb adabiyotidan kirib kelgan janrlarning o‘zbek lirikasidagi yangicha ifodasi, davr she’riyatida modifikatsiya jarayonining yuzaga kelish omillari, fan-texnika taraqqiyotining inson tafakkuri, xususan, badiiy adabiyotga ta’siri masalalari ko‘rsatilgan;
istiqlol davri o‘zbek she’riyatida yaratilgan mumtoz janrlar  va ularning zamonaviy she’riy shakllar bilan uyg‘unlashuvi, tasavvufiy mazmundagi she’rlarning barmoq vazni yoki modern shakllari ko‘rinishida ijod etilishi, mumtoz adabiyotdan oziqlanish, an’ananing yangilanishi, she’rda tuyg‘ularning qorishiq tarzda berilishi (paralelaks) natijasida badiiy modifikatsiya hodisasining namoyon bo‘lishi masalalari asoslangan;
zamonaviy o‘zbek she’riyatida ijodkorning ijtimoiy, madaniy hayotga munosabati, tabiat hodisalari va unda insonning o‘rni masalasi, umuman, badiiy tafakkurdagi evrilishlar natijasida shaklning mazmunga bo‘ysunishi yoki shakl talabi bilan mazmunning tig‘izlashib borishi; folklorizmning davr  she’riyatiga ta’siri, janrlar stilizatsiyasi  oqibatida maydonga kelgan yangi she’riy shakllarning nazariy asoslari  ochib berilgan;
istiqlol davri o‘zbek lirikasida ignabarg, uchchanoq, qayirma, fiqra, eshsonet, qo‘shsatr, uchshoda, shashqator, beshnavo singari maxsus janrlarning  paydo  bo‘lishi, ularning  nazariy  qonun-qoidalari; internet  adabiyotining yuzaga  kelishi va rivojlanishi, turfa kayfiyat, tuyg‘ular, obrazlarning  aralashuvi  natijasida qorishiq janrlarning  vujudga  kelishi aniqlangan.   
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Istiqlol davri o‘zbek she’riyatida janrlar modifikatsiyasi mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
istiqlol davri o‘zbek she’riyatida lirik janrlarning yangilanish tamoyillari va tadrijiy takomili; g‘arb adabiyotidan kirib kelgan janrlarning o‘zbek lirikasidagi yangicha ifodasi; davr she’riyatida modifikatsiya jarayonining yuzaga kelish omillari; fan-texnika taraqqiyotining inson tafakkuri, xususan, badiiy adabiyotga ta’siri masalalariga oid xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish” (2017 – 2020-yy.) fundamental loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 19-dekabrdagi 01/4-2741-son ma’lumotnomasi). Natijada istiqlol davri o‘zbek she’riyatiga doir adabiyotshunoslikdagi mavjud ilmiy mulohazalar, mumtoz adabiy janrlarning davr she’riyatidagi “yangi hayoti” haqidagi nazariy qarashlar yana-da boyitilgan;
mustaqillik davri o‘zbek  lirikasida mumtoz adabiy janrlar va ularni zamonaviy she’riy shakllar bilan uyg‘unligi,  tasavvufiy ohangdagi she’rlarning barmoq vaznida yoki modern shakllari ko‘rinishida istefoda  etilishi, mumtoz adabiyotga yaqinlik, bir she’rda bir nechta tuyg‘ularning qorishiq holda kelishi (paralelaks) natijasida badiiy modifikatsiya hodisasining namoyon bo‘lishi kabi nazariy masalalar dalillanganligi  haqidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan IL-402104474 “Bolalar adabiyoti.uz multimediali elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” (2021 – 2022-yy.) innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 04/1-2543-son  ma’lumotnomasi). Natijada bolalar adabiyoti va folklor janrlarining badiiy adabiyotga ta’siri yangi she’riy shakl hamda janrlarning  paydo bo‘lishiga zamin yaratganligi borasidagi mulohazalar bilan xulosalar chiqarish imkonini bergan; 
zamonaviy o‘zbek she’riyatida ijodkorning ijtimoiy, madaniy  hamda tabiat hodisalariga munosabati, badiiy tafakkurdagi evrilishlar natijasida shakl va mazmundagi tafovutlar yoki o‘zaro mutanosibligi; folklorizmning davr  she’riyatiga ta’siri, janr stilizatsiyasi hodisasi oqibatida maydonga kelgan yangi she’riy shakllarning adabiy-nazariy jihatlari  ochib berilgani bilan   bog‘liq  xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi  “O‘zbekiston” telekanalining  “Assalom, O‘zbekiston!”, “Ko‘ngil obodligi” ko‘rsatuvlarida  hamda “Munosabat” tok-shousida foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokanalining 2023-yil 25-oktyabrdagi 02-13-1586-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning davr she’riyati mavzu ko‘lami, shakliy va mazmuniy o‘zgarishlari, janriy rang-barangligi yuzasidan bilimlari boyishiga, tasavvurlari kengayishiga erishilgan;
istiqlol davri o‘zbek lirikasida ignabarg, uchchanoq, qayirma, fiqra, eshsonet, qo‘shsatr, uchshoda, shashqator, beshnavo singari maxsus janrlarning  paydo  bo‘lishi, ularning  nazariy  qonun-qoidalari; internet adabiyotining yuzaga  kelishi va rivojlanishi, instashe’riyat (instapoetry)ning  ommalashuvi (asosan, yoshlar  ijodi  misolida), turfa kayfiyat, tuyg‘ular,  obrazlarning  aralashuvi  natijasida qorishiq janrlarning  vujudga  kelishi haqidagi xulosalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar  uyushmasi  tomonidan o‘tkazilgan turli adabiy-ma’rifiy tadbirlarda, jumladan, yosh  ijodkorlar faoliyat olib  boradigan “Onajonim – she’riyat”, “Umid” to‘garagi mashg‘ulotlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyshmasining 2023-yil 30-oktyabrdagi 01-03-3014-son ma’lumotnomasi). Natijada bugungi adabiy jarayonda  yuz berayotgan adabiy-nazariy o‘zgarishlar, zamonaviy she’riyatda an’ana va yangilanishlar ta’sirida she’riy janrlarning modifikatsiyaga uchragani ochib  berilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish