Kaliqnazarova Gulayim Kaniyazovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoq xalq pedagogikasida qizlarni hunarmandchilikka o‘rgatish anʼanalari”, 13.00.01. – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Ped708.  
Ilmiy rahbar: Aleuov Userbay pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01. 
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmanovich pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpoq xalq pedagogikasidagi qizlarni hunarmandchilikka o‘rgatish an’analarini tahlil etish va ta’lim amaliyotiga tatbiq etishning pedagogik imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talaba-qizlarni hunarmandchilikka o‘rgatish jarayonlari milliy-badiiy an’analar va naqsh semantikasiga muvofiq talaba-qizlarda badiiy didni o‘stirish, ob’ektlarni estetik baholash bilan bog‘liq ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishda determinant ekanligi asoslangan;
talaba-qizlarni hunarmandchilikka o‘rgatish mazmuni quroq qurash hunariga doir bilim, ko‘nikma va malakalarning aniq doirasini maqsadli belgilash, amaliy kompetensiyalarga doir ob’ektlar maydonini loyihalash jarayonining natijaviylik darajasi kafolatlanishiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
qoraqalpoq  xalqining milliy kashtachilik (qora uyni bezash) an’analari asosida talaba-qizlarni hunar o‘rganishga maqsadli yo‘naltirishning pedagogik modeli motivatsion, kognitiv, amaliy-faoliyatli, refleksiv jarayonlarni “faol o‘qish va o‘rganish” tamoyili bilan identiklik darajasini kengaytirib borish orqali takomillashtirilgan;
talaba-qizlarni hunarmandchilikka o‘rgatishning pedagogik mexanizmi to‘garak mashg‘ulotlarida ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish jarayonini individuallashtirish, oddiydan murakkabga, osondan qiyinga tamoyili asosida milliy hunarlarni ikki bosqichda (sodda va murakkab naqsh elementlarini o‘rganish) o‘zlashtirish algoritmining produktivlik darajasi barqarorligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq xalq pedagogikasida qizlarni hunarmandchilikka o‘rgatish anʼanalaridan foydalanishga doir tadqiqot natijalari asosida:
talaba-qizlarni hunarmandchilikka o‘rgatish jarayonlarini milliy-badiiy an’analar va naqsh semantikasiga muvofiq talaba-qizlarda badiiy didni o‘stirish, ob’ektlarni estetik baholash bilan bog‘liq ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishda determinant ekanligini asoslash, talaba-qizlarni hunarmandchilikka o‘rgatish mazmunini quroq qurash hunariga doir bilim, ko‘nikma va malakalarning aniq doirasini maqsadli belgilash, amaliy kompetensiyalarga doir ob’ektlar maydonini loyihalash jarayonining natijaviylik darajasi kafolatlanishiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga doir  amaliy taklif va tavsiyalardan “Pedagogikaliq pikirler tariyxi” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil                17-martdagi 106-son buyrugʻi, 106-170 raqamli guvohnoma). Natijada, xalq pedagogikasidagi qizlarni hunarmandchilikka o‘rgatishga doir an’analar bilan bog‘liq o‘quv materiallarini tizimli strukturalashtirishga xizmat qilgan; 
qoraqalpoq  xalqining milliy kashtachilik an’analari asosida talaba-qizlarni hunar o‘rganishga maqsadli yo‘naltirishning pedagogik modelini motivatsion, kognitiv, amaliy-faoliyatli, refleksiv jarayonlarni “faol o‘qish va o‘rganish” tamoyili bilan identiklik darajasini kengaytirib borish orqali takomillashtiririshga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 “Yoshlarni  umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar  o‘yg‘unligi asosida  ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” (2012-2014-yy.) amaliy loyihasining milliy an’analar asosida o‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 2-apreldagi 11-05-1499/04-son dalolatnomasi). Natijada, talaba-qizlarni milliy hunarmandchilik bilan tanishtirib borish jarayonlarining samaradorligini oshirishga erishilgan;
talaba-qizlarning hunarmandchilikka o‘rgatishning pedagogik mexanizmini to‘garak mashg‘ulotlarida ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish jarayonini individuallashtirish, oddiydan murakkabga, osondan qiyinga tamoyili asosida milliy hunarlarni ikki bosqichda o‘zlashtirish algoritmining produktivlik darajasi barqarorligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan I1-XT-0-17222 “Qoraqalpoq milliy  mentalitetini o‘quvchi yoshlarga  singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan  foydalanish” (2013-2014-yy.) innovatsion loyihaning xalq pedagogikasidagi hunarmandchilik an’analarini retroinnovatsion jihatlari qismini  tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 2-apreldagi 11-05-1499/04-son dalolatnomasi). Natijada, xalq pedagogikasi asosida talabala-qizlarni hunarmandchilikka o‘rgatish usullarini to‘garak mashg‘ulotlarida qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish